2
ANNOTASIYA
Mazkur qo’llanma Yevropa Ittifoqi TEMPUS dasturi bo’yicha Farg’ona davlat
universiteti va Farg’ona politexnika institutida 2010-2013 yillarda amalga
oshirilayotgan “UnIvEnt” loyihasi doirasida tayyorlangan “Qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va tashish jarayonida innovasiyalardan
foydalanish” nomli kursning mazmunini aks ettiradi.
Qo’llanma dehqon va fermerlarga mo’ljallangan bo’lib, ularga qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini hamda yetishtirilayotgan meva-sabzavot xom-ashyosini dastlabki
qayta ishlash boýicha amaliy yordam beradi.
Mazkur qo’llanma Yevropa komissiyasi ko’magida TEMPUS dasturi “UnIvEnt”
loyihasi doirasida moliyalashtirilgan. Qo’llanmada berilgan materialning mazmuniga
muallif mas’ul bo’lib, Yevropa komissiyasining nuqtai nazarini aks ettirmaydi.