Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#43700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
qx max saq qayta

 

 

 

 


 

 

 



12 

 

KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI BIRLAMCHI QAYTA 

ISHLASH.

 

 

Kartoshka  oziq-ovqat,  yem  va  texnik  maqsadda  keng  foydalaniladi.  Uning  xalq 

xo’jaligidagi ahamiyati katta bo’lib, xalqda «ikkinchi non» so’zlari bilan ifodalanadi. 

U yuqori darajada saqlash bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi. Mamlakatimiz-

da  yil  bo’yi  turli  maqsadni  ko’zlab  mllionlab  tonna  kartoshka  saqlanadi.  Saqlash 

usullarini takomillashtirish va isrofni kamaytirish katta iqtisodiy samara beradi. 

Kartoshkani  saqlash  muddati  va  isrof miqdori asosiy ko’rsatkichlari bo’lib, hosil 

yig’ib olingandan keyin chuqur tinchlik davridagi biologik xususiyatlarini anglatadi. 

U 1-3 oy davom etadi va navga, yetishtirish hamda saqlash sharoitlariga bog’liqdir. 

Kartoshkani saqlash sharoitini belgilashda nav, saqlash davridagi fiziologik hola-

tiga  va  xo’jalikda  foydalanishi  inobatga  olinadi.  Oziq-ovqat  maqsadida  foydala-

niladigan  kartoshkani  saqlashda  quyidagi  davrlar  belgilanadi:  hosilni  yig’ib  olin-

gandan keyingi davolash-etilishi, chuqur va majburiy qismlarni o’z ichiga olgan aso-

siy davr va bahorgi unish davriga bo’linadi. 

Davolash-etilish  davri  yetilishi  va  mexanik  shikastlarni bitishiga qarab bir necha 

kundan  2-3  xaftagacha  davom  etadi.  Davolanish  -  yetilish  davrida  bu  jarayonlarni 

o’tishi  uchun  sharoit  yaratish  kerak.  Bunda  harorat  Q15  Q20

0

  va  havoning  nisbiy 



namligi  85-95  foizligi  ma’qul.  Davrning  oxirida  harorat  Q10

0

  gacha  tushirilib, 



mevalarni  sovutishga  o’tiladi.  Davolash  davridan  so’ng  harorat  taxminan  Q2  Q4

0



navga  qarab  belgilanadi,  chunki  xuddi  shu  sharoitda  mevalarda  moddalar  al-

mashinishi balans holga kelib, sekinlashishi kuzatiladi. 

Kartoshka  sovutish,  ya’ni  davolanish  davridan  asosiyga  tezda  o’tkaziladi  va 

mevalarni uzoq saqlashga, unmaslikka, hamda mikrobiologik buzilishni oldini olishga 

erishiladi.  Odatda,  tabiiy  shamollatilatiladigan  omborlarda  bu  40-60  kun,  faol  sha-

mollatilatiladigan  omborlarda  esa  20-30  kun  davom  etadi,  ya’ni  harorat  bir  kecha-

kunduzda 0,5-1

0

ga pasaytirilib boriladi. Asosiy saqlash davrida havoning nisbiy nam-



ligi 90-95 foiz bo’lishi kerak. 

Bahorgi davr ma’suliyatli hisoblanadi, chunki fevralning oxiri martning boshlari-

da  mevalarda  kurtaklar  o’sa  boshlaydi.  Kurtaklarni  o’sishini  to’xtatish  uchun  bu 

davrda asosiy davrga nisbatan 1-3

0

 pasaytiriladi. SHunday qilib, mevalardagi kurtak-



larni o’stirmasdan aprelning oxiri mayning boshlarigacha saqlashga erishish mumkin. 

YAna  ham  uzoq  muddatga  kartoshkani  saqlash  uchun  sovutgichlarda,  o’sishni 

to’xtatadigan  kimyoviy  preparatlardan  va  radioaktiv nurlanishdan foydalanish mum-

kin. 


Kartoshka urug’lik maqsadida Q2 Q4

0

 S haroratda saqlanadi. Qovuriladigan kar-



toshka  tayyorlash  uchun  mo’ljallangan  mevalar  uchun  alohida  sharoit  yaratiladi. 

Qandlar  miqdorini  ko’payishiga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  harorat  Q8Q10

0

S  atrofida 



bo’ladi. Agar qayta ishlash muddati kechiktirilsa avval odatdagi haroratda, ya’ni 4

0

S, 



qayta ishlashga 1-2 hafta qolganda esa Q10 Q15

0

S gacha oshiriladi. 



Mevalarda  mexanik  ta’sirlar  va  ortiqcha  narsalar  (tuproq)  miqdori  bo’lmasligi 

uchun  yig’im  -  terimni  to’g’ri  tashkil  etish  kerak.  Kartoshkani  navlarga  ajratib,  shi-




 

 

 



13 

kastlangan va kasallanganlari olib tashlanadi, sog’lomlari esa katta-kichikligiga qarab 

kalibrovka  qilinadi.  Bu  ishlarni  ommaviy  terim  paytida  dalada  yoki  shu  maqsad 

uchun ajratilgan joylarda, ya’ni moslama-uskunalar yordamida amalga oshiriladi. 

 Qishloq xo’jalik korxonalarida kartoshkani saqlash uchun vaqtinchalik omborlar-

xandak  va  uyumlardan  foydalanish  mumkin.  Bu  usulda  ba’zi  xo’jaliklarda  60-70 

foizgacha urug’lik kartoshka saqlanadi. 

Faol shamollatiladigan omborlarda kartoshka devorli xirmonlarda 3,5-5m baland-

likda saqlanadi, ularda har xil navlar uchun turli rejimlar belgilash mumkin. Qatlam-

lardagi  harorat  bir  tekis  bo’lishi  uchun  vaqti-vaqti  bilan  shamollatib  turiladi.  Agar 

ombor yaxshi yopilgan bo’lsa, terlash bo’lmaydi. Kartoshka idishlarda-yashik va kon-

teynerlarda  joylanib  saqlanadi.  Bunda  harorat  Q1Q2

0

S  atrofida  bo’lishi  sababli  kur-



taklarning  jonlanishiga  yo’l  qo’yilmaydi  va  kartoshka  iyunning  oxirigacha,  ba’zida 

undan ham uzoq muddatgacha ham saqlash mumkin. 

Karam  uyumlarda,  xandaklarda  va  turli  doimiy  omborlarda  saqlanadi. 

O’zbekistonda yaxshi, sifatli saqlanadigan karam navlari yo’q, shuning uchun bu yer-

da yetishtirilgan karam navlarini saqlash muddati cheklangan. Erta pishar navlar 3-4 

xafta, kechki navlar 2-3 oydan ortiq  saqlanmaydi. 

Uyum  va  xandaklarga faqat sog’lom, barcha yashil barglariga ega bo’lgan karam 

boshlari  saqlashga  joylanadi.  Xandakning  ostiga  karamning  to’kilgan  barglarini 

yozish ma’qul. Ularga karam ildizlari yuqoriga qaratib, shaxmat shaklida joylashtiri-

ladi. Har bir qatorni nam tuproq bilan to’ldirib boriladi. Uyum va xandaklarning usti 

0,3-0,4 metr qalinlikda tuproq bilan ko’miladi. 

Uyum  va  xandaklarning  har  biridagi  haroratni  uyum  termometri  orqali  kundalik 

nazorat  qilib  boriladi.  Haroratdan  qat’iy  nazar  har  oyda  ikki  marotaba  vaqtinchalik 

omborlarni 1-2 yeridan ochib, karam boshlari tekshirib boriladi. 

Karamni doimiy omborlarda saqlashda ko’pincha uni tokchalarga ildizini yuqori-

ga  qaratib  taxlanadi.  Qavatlar  qanchalik enli va baland bo’lsa, karamning saqlanishi 

shunchalik yomon bo’ladi. SHuning uchun 1 m eni bo’lgan tokchalarga bir qator kar-

amni joylab saqlansa u yaxshi natija beradi. Mahsulot tokcha-ning yuqori qavatlarida 

yaxshi  saqlanmaydi,  chunki  u  yerda harorat yuqori bo’ladi. Agar tokchalar eni keng 

bo’lsa, uni butun bo’ylab balandligi 0,6-0,8 m, ya’ni 3-5 qavat karam boshlari taxla-

nadi. 

Ba’zi  karam  boshlarni  ildizlardan  bog’lab,  qoziqlarda  saqlanadi.  Keyingi  pay-



tlarda karamni saqlashda yashiklar bilan bir qatorda 0,3-0,7 tonnali konteynerlar ham 

keng qo’llanil-moqda. Karam boshlarni saqlash uchun qulay harorat -1-0

0

 S, lekin -2 



dan kam emas, havoning nisbiy namligi 90-95 foiz. 

Uyumlarda karam urug’lik maqsadida faqat yaxshi saqlanadigan navlar joylanadi. 

Karam boshlarni joylashda ildizlar ichkariga qarab joylanadi. Urug’lik karam boshla-

rini  saqlanayotganda  harorat  0  dan  Q1  gacha,  havoning  nisbiy  namligi  90-95  foiz 

bo’ladi. 

Oziq-ovqat maqsadida  saqlanadigan ildiz mevaliklar uchun yaxshi harorat 0Q1

0

 

farqi  Q0,5  dan  oshmasligi  kerak.  Havoning  nisbiy  namligi  95  foiz  atrofida.  Sabzini 



saqlashda  SO

2

  miqdorini  ortishi  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi,  uning  miqdorini  3-5  foiz 




 

 

 



14 

bo’lgan ma’qul, namli qum yoki tuproq bilan aralashtirib ko’milganda yaxshi saqla-

nadi. 

Sabzi,  nozik  ildiz  mevaliklar-sholg’om,  selderey  asosan  xandaklarda  toza  nam 



qum bilan, dagal ildiz mevaliklar-lavlagi, turplar uyum va xandaklarda kartoshka sin-

gari  saqlanadi.  Doimiy  omborlarda  lavlagi  va  turpni  hech  narsa  bilan  aralashtir-

masdan  tor,  2  m  xirmonlarda  saqlanadi.  Xirmon  balandligi  lavlagi  uchun  1,6-2m, 

sholg’om  va  turpni  0,7-1  m  balandlikda,  faol  shamollatiladigan  doimiy  omborlarda 

ularni qatlam balandligi 2,5-3,5 metrgacha yetkazish mumkin. 

Piyoz va sarimsoqni oziq-ovqat maqsadida alohida piyoz saqlash omborlariga tok-

chalarda,  16-20  kg  yashiklarda  taxlab  yoki  1,5  m  balandlikdagi  xirmonlarda  saqla-

nadi. Piyoz va sarimsoq ikki usulda-birinchisi issiq usulda harorat Q18-20

0

 gacha va 



sovuq usulda -3Q1

0

 gacha saqlanadi, havoning nisbiy namligi 60-70 foiz. 



Etilgan,  qizil  pomildorilarni  sovutgichlarda  taxminan  bir  oy  davomida  havoning 

harorati  Q1  va  nisbiy  namligi  90-95  foiz  atrofida  bo’lgan  muhitda  saqlash mumkin. 

Nimrang va yashil pomildorilarni Q20-22

0

da 1,5-2 oy saqlash mumkin, sovutgichlar-



da ikki xaftagacha saqlash mumkin. 

Tarvuzlarni  saqlash  uchun  harorat  Q3

0

S  atrofida,  havoning  nisbiy  namligi  80-



90% tavsiya etiladi. Ularni yerga qator, quruq don, xashak va kepakka joylab 4 oyga 

yaqin saqlash mumkin. 

Qovunlarni  to’la  yetilganda  bandi  bilan  teriladi.  Ba’zida  biroz  yetilmagan 

mevalarni  terib,  dalada  10-12  kun  davomida  so’litib,  yerga  yondoshib  yotgan  joyini 

oftobga qaratib qo’yiladi. Saqlash uchun qulay harorat 0Q2

0

S havoning nisbiy namli-



gi  90%  atrofida.  Mevalar  tokchalar,  yashiklar, yer, quruq qum va qamish yoki chip-

talarga bog’lab ilib qo’yib saqlanadi. 

Olma  va  nok  asosan  yashiklarda,  ostiga  qog’oz  yozib  (noklarni  o’rab)  mevalar 

joylanadi, keyin qog’oz bilan yopiladi, qog’oz ustidan qirindi to’ldiriladi va yog’och 

bilan mahkamlab mixlanadi. Olmani saqlashdagi harorat 0Q1

0

S havoning nisbiy nam-



ligi 90-95%. Noklar ham shunday saqlanadi. TSitrus mevalar 6Q7

0

S, havoning nisbiy 



namligi 75-80%. Uzum bir xil yetilganda va tarkibida yetarli qand to’planganda teri-

ladi.  Saqlash  harorati  0-1

0

S  va  havoning  nisbiy  namligi  90-95%.  Uzumni  saqlashga 



qo’yishdan  oldin  1-2  kun so’litiladi.  Uzum yashik  va tokchalarda hamda ilib saqla-

nadi. 


Danakli mevalarni sovutgichlarda 0

0

S atrofida, havoning nisbiy namligi 90-95%. 



SHaftoli,  olxo’ri  va  o’rikning  ba’zi  navlarini  2-3  xaftadan  1,5-2  oygacha  saqlash 

mumkin.  Gilos,  olcha  va  rezavor  mevalarni  bir  necha  kungacha,  agar  yaxshi  sharoit 

yaratilsa  bir  haftagacha  saqlasa  bo’ladi.  Ularni  uzoq  saqlab  bo’lmaslik  sababi  faqat 

muzlatib va konservalash yo’li bilan aholi ta’minlanadi. 

Sabzavot  va  qovunni  saqlash  O’zbekistonda  qadim  zamonlardan  rasm  bo’lib ke-

ladi. Bu mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash borasida ko’p tajriba to’plangan. 

Aholini yangi sabzavot, poliz mahsulotlari va kartoshka bilan yil bo’yi muntazam 

ta’minlashda sabzavotkor xo’jaliklarda shunday mahsulotlarni uzoq saqlashning katta 

ahamiyati bor. 



 

 

 



15 

Xorazm,  Sirdaryo,  Buxoro  va  boshqa  viloyatlarning  polizchilari  qovunni  oddiy 

binolarda  kelgusi  yil  aprel-may  oylarigacha  yetkazib  saqlash  texnologiyasini  ishlab 

chiqishgan. 

Farg’ona  viloyatining  Oltiariq  tumanidagi  sabzavotkorlar-ning  piyoz  ekinlari 

mahsuloti,  bodring,  turp  va  sholg’om  yetishtirish-ning  haqiqiy  ustalari  bo’libgina 

qolmay, balki shu mahsulotlarni barraligicha uzoq saqlash usullarini ham chuqur bili-

shadi. 


Samarqand  dehqonlarida  keng  rasm  bo’lib  kelayotgan  bahorgi  navro’z  bayrami 

ham  katta  e’tiborga  sazovor.  SHu  bayram  kunlari  mehnatkashlarning  dasturxoniga 

qovun, tarvuz, olma, nok, behi va anordan iborat yetti xil meva va sabzavot muhayyo 

bo’lishi lozim. SHu boisdan dehqonlar mazkur mahsulotlarni mart oyining oxirigacha 

yetkazib berishga harakat qilishadi.  

O’zbekiston aholisi qovun saqlash bilan azaldan shug’ullanib keladi.Turli tuproq-

iqlim  mintaqalarida  xalq  qovunni  uzoq muddatga saqlashga imkon beradigan o’ziga 

xos usullarni bunyod etgan. yer yuzidagi har xil bino va yerto’lalar qovunlar asrashga 

moslashtiriladi yoki harorat va havo namligini rostlab turadigan maxsus qovunxonalar 

quriladi.  CHunonchi,  Xorazm  viloyatida,  Far-g’ona  viloyatining  Beshariq  tumanida, 

Buxoro  viloyatining  Qizil  tepa  tumanida  qovunlar  maxsus  qurilgan  qovunxonalarda 

saqlanadi.  Qovun  saqlashga  mo’ljallagan  binolarda  harorat  va  havo  namligini 

to’g’rilab  turish  uchun  deraza  va  eshiklar  bo’lish  kerak.  Qovun  bino  ichidagi  3-4 

qator  ustunlarga  osilib,  saxnda  esa  pahol,  qamish,  quruq  va  boshqa  narsalar  ustida 

saqlanadi. 

O’zbekistonda  piyoz  turli  usullarda  saqlanadi.  Farg’ona  viloyatining  Oltiariq, 

Beshariq  va  Oxunboboyev  tumanlaridagi  mohir  sabzavotkorlar  piyoz  bog’lamlarini 

so’kchaklarda,  shuningdek,  taxlamlarda  saqlashadi.  Respublikaning  boshqa  tuman-

larida piyoz odatdagi usulda: yerda yoki so’kchaklarda yoyib saqlanadi. Sabzavotkor-

lar  derazalari  yopiq  har  xil  binolarni  piyoz  saqlashga  moslashtirishadi,  shuningdek 

bostirma  yoki  saroylardan  ham  foydalaniladi.  Mutaxassislarning  fikricha  shamollati-

ladigan deraza va eshikli binolar eng yaxshi piyozxona bo’la oladi. Bunday binolarda 

piyoz yaxshi saqlanadi, muzlamaydi va o’z ta’mini o’zgartirmaydi. Bu usulda deyarli 

isrof bo’lmaydi. 

 

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin