Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади


MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI XALQ



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#43700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
qx max saq qayta

MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI XALQ 

XO’JALIGIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI. 

 

Qishloq xo’jalik mahsulotlari, jumladan meva-sabza-votlarni saqlash va qayta ish-

lash  texnologiyasi  -  xom  ashyoni  saqlash  va  dastlabki  qayta  ishlov  berishni 

o’rgatuvchi fandir. 

Ushbu  fan  agronomiya  ixtisosliklari  uchun  o’qilishidan  avval  dasturda  o’tilgan 

fanlarga:  o’simliklar  fiziologiyasi  va  biokimyosi,  agrokimyo,  umumiy  dehqonchilik, 

mikrobiologiya,  entomologiya,  fitopatologiya,  qishloq  xo’jalik  mashinalari,  meteor-

ologiya,  o’simlikshunoslik,  mevachilik,  uzumchilik,  sabzavotchilik  va  boshqalarga 

asoslangan. Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlov berish fanining asosiy va-

zifasi  xom  ashyoni  kamayishini  ogohlantirish  va  to’xtatish  hamda  ulardan  sifatli  va 

ko’p  miqdorda  mahsulot  olish  hisoblanadi.  Texnologiya  xom  ashyodan  unumliroq 

foydalanishni,  shuningdek,  uni  qayta  ishlagandan  keyin  chiqqan  chiqitlardan 

o’simlikshunoslik  va  chorvachilikni  rivojlantirishda  foydalanishni  o’rgatadi.  Hosilot 

o’zi  yetishtirgan  mahsulotni  nima  maqsadda  ishlatilishini  bilishi  shart.  Bu  fanni 

bilish yuqori va sifatli hosil olishda xizmat qiladi. 

Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun qishloq xo’jaligidagi barcha yo’nalishlar 

qishloq  xo’jalik  fani  bilan  ishlab  chiqarish  o’rtasida  aloqani  kuchaytirish, 

xo’jaliklarning qayta ishlash korxonalari, savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan 

to’g’ridan-to’g’ri  aloqalarni  rivojlantirish,  tayyorlov  tashkilotlari  va  xo’jaliklar 

o’rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o’zaro ma’suliyatni oshirishdan iborat. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlari  va  realizatsiya  paytida  mahsulot  sifatini  yaxshilash 

hamda  kamayishiga  yo’l  qo’ymaslik,  qayta  ishlash  korxonalarini  joylashtirishni 

takomillashtirish,  ularni  xom  ashyo  bazasiga  yaqinlashtirish,  yangi  sovutgichlar 

texnikasini  qo’llash  va  rivojlantirish,  mahsulotlarni  tashish  va  saqlash  uchun  soha 

tarmoqlarini refrijerator transporti hamda konteynerlar bilan to’liq ta’minlash zarur. 

Respublika  xo’jaliklarida  keng  ko’lamda sabzavotlarni tuzlash punktlari, kompot 

va sharbat tayyorlaydigan korxonalar, meva-uzumlarni quritish maydonchalarini tash-

kil etish lozim. 

Meva-sabzavotlarni sifatli saqlash va qayta ishlash ko’p jihatdan hosilot, iqtisod-

chi  va  zoomuxandislarga  bog’liq.  Ular  va  boshqa  qishloq  xo’jalik  xodimlariga 

mahsulotlarni saqlashda quyidagi talablar qo’yiladi: 

1. mahsulotlarni  va  urug’lik  fondini  imkoniyati  boricha  yo’qotmasdan  hamda  si-

fatini tushurmasdan saqlash; 

2. mahsulotlarni  saqlayotgan paytda tegishli texnologik usullar va rejimlar qo’llab 

ularning sifatini yanada oshirish; 

3. oz  mehnat  va  sarf  harajat  qilib,  mahsulotlarni  saqlashda  rentabellikni  oshirgan 

holda saqlash. 

Oxirgi masala juda zarur bo’lib, ba’zi mahsulotlarni saqlashda (kartoshka, karam 

va boshqalar) harajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi. 

Inson  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  iste’mol  eta  boshlagandan  buyon  uni 

saqlash  va  qayta  ishlash  bilan  shug’ullanib  keladi.  yetishtirilgan  mahsulotni  nes-

no’bud  qilmasdan  va  sifatini  pasaytirmasdan  saqlash  va  undan  unumli  foydalanish 




 

 

 



qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo’lgan. Ko’chmanchi qabilalar yig’ilgan meva va 

urug’larni  saqlash  uchun  tabiiy  omborlar  -  g’or,  daraxtlarning  g’ovaklaridan  foyda-

lanishgan, keyinchalik esa maxsus yerto’lalar qurishgan. Qabilalar o’troq bo’lib yash-

ay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunan-

dalardan asrashni o’rgana boshlagan.  

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin