Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади


KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI TERISH, TASHISH VA



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#43700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
qx max saq qayta

KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI TERISH, TASHISH VA 

SAQLASHNING UMUMIY TA’RIFI. 

 

Meva-uzum va sabzavotlar inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Ularda 

yengil hazm bo’ladigan qand, organik kislotalar, pektin moddalari, vitaminlar va min-

eral  moddalarning  ko’pligi  oziqlik  ahamiyatini  yanada  oshiradi.  Meva-uzumlarning 

pishib  yetilishi  bilan  oshlovchi  moddalar  miqdori kamayadi, bu esa taxirligining pa-

sayishiga  olib  keladi.  Meva-uzumlar  tarkibida  yetilish  paytida  bir  qator  o’zgarishlar 

ro’y beradi. Ayniqsa ularda qand miqdori ko’payib, kislota kamayib boradi. Lekin bu 



 

 

 



10 

o’zgarishlar  hamma  mevalarda  har  xil  kechadi.  Masalan,  ayrim  mevalarda  -  olcha, 

gilos  va  tog’olchada  kislota  miq-dori  aksincha  ortadi.  Mevalar  pishganda  ular  tar-

kibidagi  pektin  va  oshlovchi  moddalar  kamayadi.  Vitaminlar  pishish  davrida 

ko’payadi. 

Mevalar  pishishi  bilan  ularning  urug’lari  tarkibidagi  suv  kamayadi  va  po’stlog’i 

qalinlashib qo’ng’ir yoki jigarrang tusga kiradi. Meva pishganda kimyoviy tarkibining 

o’zgarishi morfologik va anatomik belgilarining o’zgarishiga ham olib keladi. 

YOzgi, kuzgi va qishki meva navlari kimyoviy tarkibi bo’yicha bir-biridan farq qi-

ladi.  Meva-uzumning  sifati  hamda  yetilishi  asosan  degustatsiya  -  tatib  ko’rish  yo’li 

bilan  aniqlanadi,  bunda  ularning  tashqi  ko’rinishi,  katta-kichikligi,  rangi,  hidi, etin-

ing zichligi, nordonligi, qand miqdori va ta’mi kabi sifat ko’rsatkichlari ham inobatga 

olinishi  lozim.  Meva-uzum  va  sabzavotlarning  sifati  va  saqlanishiga  ularni  yig’ib-

terib olish muddatlari katta ta’sir ko’rsatadi. 

To’la  pishmasdan  terib  olingan  meva-uzumlarning  shirasi  kam  va  rangi  xunuk 

bo’ladi. Ular biroz vaqt saqlangandan keyin burishib qoladi. 

Meva-uzumlarni  ishlatilish  maqsadlariga  qarab  ularni  terish  va  uzish  muddatlari 

belgilanadi.  SHunga  ko’ra  mevalarning  pishib  yetilishi  quyidagilarga  bo’linadi:  1. 

Iste’mol  qilish  darajada yetilish. 2.  Terimbop-transportbop bo’lib yetilish. 3.  Texnik 

yetilish.  4.  Fiziologik  yetilish.  Meva-uzumlarni  biologik  xususiyatlari  ularni  qisqa 

muddatda  yig’ib-terib  olishni  taqozo  etadi.  Ularni  o’z  vaqtida  sifatini  tushirmasdan 

yig’ib-terib  olishni  tashkil  qilish  uchun  xo’jalikda  bir  qator  tayyorgarlik  ishlarini 

amalga oshirishni rejalashtirib qo’yish kerak. 

Mahsulotlar  yig’ib-terib  olinganidan  keyin  tashish,  qayta  ishlash  va  saqlashdan 

oldin  ularga  tovar  ishlov  berish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Tovar  ishlov  berishdan 

ko’zlangan  asosiy  maqsad  ularning  sifatini  oshirishdir.  Tovar  ishlov  berishga 

mahsulotlarni saralash, kalibrlash va idishlarga joylash kabi ishlar ko’zda tutilgan. 

Terilgan sabzavot va mevalarni saralash joyiga tashish, ularni qayta ishlash korx-

onalariga  yoki  temir  yo’l  stantsiyasiga  jo’natish uchun xo’jalik ixtiyorida yetarli mi-

qdorda avtomashina va aravalar bo’lish kerak1000-1500 gektar va undan ortiq bog’ 

va tokzori bo’lgan yirik xo’jaliklarga tor izli temir yo’l qurilgani ma’qul. Bu holatda 

vagonchalar mexanizmlar yoki ot arava qo’shib yurgaziladi. Bog’ va tokzorlar kengli-

giga qarab bir yoki bir necha yo’l quriladi. Yig’ib olingan hosil tor izli temir yo’ldan 

ma’lum joygacha tashilgandan so’ng, vagonchalarga ortiladi va meva joylash bostir-

masiga  olib  boriladi.  Vagonchalar  qaytayotganda  to’xtash  joylariga  bo’sh  idishlarni 

tashlab ketadi. SHu tashish usulida mahsulot kam shikastlanadi. Undan nafaqat meva 

tashishda,  balki  bog’  va  tokzorlarga  go’ng  chiqarish,  ishchilarni  keltirish  va  shunga 

o’x-shash  boshqa  maqsadlarda  ham  foydalanish  mumkin.  Unga  ega  bo’lgan 

xo’jaliklarda ot-ulov va avtomashinalardan kam foydalaniladi. 

Meva  uzumlarni  uzoq  manzillarga  tashishda  shuningdek,  maxsus  sovutgichli 

avtomashina va aviatsiyadan ham foydalaniladi. 

Mevalarning joylash usuli ham saqlanuvchanlikka ta’sir ko’rsatadi. To’kma holda 

joylangan  mevalar  qatorlab  terib  joylanganlariga  qaraganda  yomon  saqlanadi. 

Qog’ozga  o’ralgan  mevalar  qirindiga  qaraganda  yaxshi  saqlanadi,  chunki  qog’ozda 

maxsus mikroiqlim hosil bo’lib, u saqlash uchun birmuncha qulaydir. Somonga joy-



 

 

 



11 

langan  mevalar  tez  buziladi,  chunki  u  sorbent  bo’lganligidan  tez  namiqib  qoladi. 

CHirigandan  keyin  hidi  mevalarga  o’tadi.  Po’kak  qipig’iga  joylangan  hosil  yaxshi 

saqlanadi.  Meva-sabzavot  saqlanadigan omborlarning bir necha xili bor. Ayrimlarini 

qurish  arzonga  tushadi,  ammo  ular  takomillashgan va sovutgichsiz bo’ladi, boshqal-

arda sun’iy sovutgichi bo’ladi. Lekin har qanday ombor izotermik bo’lishi kerak. 

Birinchi  xilga  meva  saqlanadigan  yerto’la  omborlar  kiradi.  Mevalar  sovutgichli 

omborlarda yaxshi saqlanadi. Omborning harorati termometr va havoning nisbiy nam-

ligi  psixrometr  yordamida  kuzatiladi.  To’plangan  ma’lumotlar  yozuv  kitobiga  qayd 

etilib  boriladi.  Undan  tashqari  bino  ichi  meva  qo’yish  uchun  so’kchak  va  qutilar 

uchun tagliklar bilan jihozlanadi, shamollatish quvurlari tayyorlab qo’yiladi.  

Ombor  maydoni  mevalarni  saqlash  usuliga  qarab  aniq-lanadi.  Mevalar  piramida 

shaklida  to’kma  qilib  saqlanadigan  bo’lsa,  uch  qavatli  maxsus  so’kchaklar  quriladi. 

Bu qavatlar orasida 70 sm, so’kchaklar orasidagi yo’l 1 metr. 

Agar hosil qutilarda saqlansa ular taxlab qo’yiladi. Quti-larni taxlab qo’yish usuli 

juda  ko’p:  ular  to’g’ri  to’rt  burchakli,  shaxmat  usulida,  ikkitadan,  uchtadan, 

to’rttadan, beshtadan qilib taxlanadi. Kartoshka va boshqa sabzavotlar doimiy va vaq-

tinchalik omborlarda saqlanadi. 

Aholini yil davomida ho’l sabzavot va mevalar bilan muntazam ta’minlash uchun 

xo’jaliklarda  omborlar  qurishni  keng  joriy  qilish  kerak.  Kartoshka,  sabzavot  va 

mevalar  saqlashga  mo’ljallangan  omborlar  ko’plab  ta’riflari  bo’yicha  farq  qilib, 

ulardan eng muhimlari quyidagilar: maqsadli mo’ljallash, rejalash va hajmi, qurilish-

konstruktiv  xususiyatlari,  saqlash  sharoitini  tartibga  solish  yo’llari,  mahsulotni  joy-

lashtirish usullari, ortish-tushurishni mexanizatsiyalashtirish, iqtisodiy ko’rsatkichlar. 

Meva-sabzavotlarni  tabiiy  shamolatiladigan  oddiy  omborlar  bilan  bir  qatorda 

sun’iy  shamollatiladigan  omborlardan  foydalanish  keng  joriy  qilinmoqda.  Ularda 

saqlash  tartibining  barqa-rorligi  ta’minlanadi  va  shunga  qarab  meva-sabzavotlarni 

uzoq  muddat  davomida  sifatli  saqlashga  erishiladi.  Sovutgichlar  nafaqat  yirik  aholi 

manzillariga, balki meva-sabzavot yetishtiradigan xo’jaliklarda ham qurilgan. 

Sovutgichlarda  meva-sabzavotlarni  faqat  idishlarda  joylashtirish  zarur.  Buning 

uchun  quyidagi  idishlardan  foydalaniladi:  1)  kichik  hajmli  yashiklar  ular  bo’sh 

saqlanadigan  mahsulotlar:  uzum,  danakli  mevalar,  pomidorlarni  saqlash  va  tashish 

uchun foydalaniladi; 2) o’rta hajmdagi yashiklar-urug’li va tsitrus mevalar uchun; 3) 

yirik  hajmli  konteynerlar,  mexanik  ta’sirlarga  chidamli  bo’lgan  meva-sabzavotlarni 

saqlash va tashish uchun ishlatiladi.  

Sovutgichlarda meva-sabzavotlarni saqlash uchun joylashtirish va ortish-tushurish 

ishlarni amalga oshirishda mexanizatsiyalarni keng qo’llash saqlash paytida tashishda 

qo’l  mehnatini  keskin  kamay-tiradi  va  yaxshi  iqtisodiy  samaradorlikka  erishish  im-

konini beradi. 

Sabzavot  kartoshka  hamda  boshqa  ildiz  mevaliklarni saqlashda vaqtinchalik om-

borlar-xandak va uyumlardan foydalaniladi. 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin