KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI SAQLASHNING NAZARIY
ASOSLARI
Meva-sabzavotlar sifati o’simlikning o’sishi va rivojlanishi hamda hosilning
hajmi, kimyoviy tarkibi, tovarligi va saqlanishi asosan yetishtiradigan sharoitga
bog’liqdir.
Uzoq muddatga saqlashga va turli konservalash maqsadlariga mo’ljallangan,
sifatli mahsulot olish muammolari har bir yetishtirish mintaqasiga mos keladigan tur,
navning tanlashga va shunga yarasha
agrotexnik tadbirlar ishlab chiqilgan
bo’lib,
uning
biologik
xususiyatlariga to’g’ri kelishi kerak.
Bizning mamlakatimizda 30 ga
yaqin
meva-sabzavotlar
yetishtiriladigan mintaqalar mavjud
bo’lib, ularning ob-havo va tuproq
sharoitlari bir-biridan keskin farq
qiladi.
Boshqa
tomondan
mintaqalarni
o’zlariga
mos
keladigan o’simlik tur va navlari
yetishtirishga
ixtisoslashtirilgan
7
bo’lishi kerak. Masalan: Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qovun, Farg’onada
o’rik, Samarqand viloyatida uzumning kishmish navlarini yetishtirish va quritish,
Toshkent viloyatida sabzavotlar yetishtirish va boshqalar. Bunday misollarni ko’plab
keltirish mumkin.
Sifatli meva-sabzavotlar, ayniqsa kartoshka va ild-
iz mevaliklarni yetishtirishda tuproq xususiyatlari, bi-
rinchi navbatda uning mexanik tarkibi yengil
tuproqlarda (qum va qumloq) yetarli oziqa modda-
lariga va namga ega bo’lsa, yuqori oziq-ovqat si-
fatlariga ega bo’lgan kartoshkaning mo’l hosili oli-
nadi. Mevalar yaxshi yetilib, ularda qalin po’stloq
yuzaga kelib, shakllansa ularda tinim davri o’z
vaqtida
boshlanadi
va
turli
fitopatogen
mikroorganizmlarga
nisbatan
qarshiligi
oshadi,
mevalar yaxshi saqlanadi.
Tuproq turlari ayniqsa ko’p darajada uzum
hosilining hajmi va sifatiga ta’sir etadi. Bu o’simlik
drenaj qilingan, tezda qiziydigan va karbonatlarga
boy bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi va hosil beradi.
Hozircha
ob-havo
sharoitlariga
agronomik
o’zgarishlarga
erishilayotgani
yo’q
(do’l
yog’diriladigan bulutlarni artileriya moslamalari
yordamida tarqatish bundan mustasnodir).
Namlikning ortiqchaligi o’sish davrini uzaytiradi va meva-sabzavotlarni yetilish
muddatlarini orqaga suradi hamda ularning kimyoviy tarkibidagi komponentlari
miqdorining yig’ilishiga ta’sir ko’rsatadi.
SHunday qilib, o’stirish mavsumidagi ob-havo sharoitida yetishtirilgan
mahsulotlarni saqlashda ularning holatini va muhitini muntazam ravishda kuzatib
borish zarur.
Sug’orish va o’g’itlash hosil hajmini
oshirishda va uning sifatini yaxshilashda
xizmat qiladi. Ammo sug’orish va
o’g’itni noaniq miqdorda qo’llash salbiy
natijaga, ya’ni sifat ko’rsatkichlarini
pasayishiga, ayniqsa meva-sabzavotlarni
yomon
saqlanishiga
olib
keladi.
Sug’orish va o’g’itlashdan tashqari,
meva-sabzavotlarni
sifatiga
va
saqlanishiga agrotexnik tadbirlarning
boshqa usullari ham muhim ta’sir
ko’rsatishi mumkin (qirqish, xomtok, o’sishini susaytiruvchi moddalar qo’llash va
nihoyat hosilni yig’ishni to’g’ri tashkil etish kiradi).
8
Meva-sabzavotlarni saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy
tarkibini, ya’ni tashqi ko’rinishi rangi, ta’mi, hamda oziq-ovqat qiymati va boshqa
xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat.
Meva-sabzavotlarni oz miqdorda yo’qotib saqlanish xususiyati ularni saqlashga
chidamliligini belgilaydi. Meva-sabzavotlarni mikroorganizmlar bilan ta’sirlanishiga
qarshilik ko’rsatish xususiyati ularning immunitetligi deb yuritiladi. Mahsulotlarning
saqlashga chidamligi ularni qulay sharoitda saqlash muddati bilan aniqlanadi. Meva-
sabzavotlarni saqlash chidamliligi ma’lum mintaqa va fasl, agrotexnik va texnologik
rejimda namoyon bo’lishi saqlanuvchanlik deb ataladi. Saqlanuvchanlik odatda
saqlash davrida mahsulotlarni yo’qotish og’irligini foizlarda hisoblangan miqdori bi-
lan belgilanadi. Umuman olganda meva-sabzavotlarning saqlashga bo’lgan chidam-
lili-gini o’zi tabiiy xususiyatdir. Shuningdek bir navning o’zi har xil sharoitda yet-
ishtirilishiga qarab turlicha saqlanishi mumkin.
Meva-sabzavotlarni saqlashga bo’lgan chidamliligi ko’p omillarga bog’liq.
Mevalarning katta-kichikligi, zichligi, po’stining qalinligi, shakli va po’stining butun-
ligi, rangi hamda boshqa ko’rsatkichlari ma’lum nav uchun xos bo’lsa bunday
mevalar yaxshi saqlanadi. Mevalarning o’ziga xos xususiyatlaridan cheklanishi ularn-
ing saqlanuvchanligini susaytiradi.
Meva-sabzavotlar hosilini yig’ib olingandan keyingi biologik xossalariga ko’ra
uch guruhga bo’linadi: kartoshka va ikki yillik sabzavotlar; mevalar va mevali sab-
zavotlar, ko’katlar, rezavor mevalar va danakli mevalarning ko’pchiligi.
Kartoshka va ikki yillik sabzavotlarning saqlashga chidamliligi ularda kechi-
ladigan fiziologik tinim davriga bog’liq. Bu mexanizm xujayralarning o’ziga xos
o’zgarishi va moddalar almashinuviga bog’liq bo’ladi. Masalan: kartoshka va piyo-
zlarda fiziologik tinim davri ancha uzoq bo’lib, unda o’suv nuqtalari hatto qulay sha-
roitda ham uyg’onmaydi. Fiziologik tinim davrida mahsulotlarning tabiiy yo’qotilishi
juda kam bo’lib, sifati esa deyarli o’zgarmaydi.
Meva-sabzavotlarning saqlashga chidamliligini ularni yig’ilgandan keyingi
yetilish davrining davomiyligiga qarab baholanadi. Mevalar yig’ilgandan so’ng ularda
bo’ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida urug’i, kurtagi va meva
mag’zining to’la shakllanishi yig’ishtiriladigan keyingi yetilish davrining davomiyligi
bilan mevalarning saqlanish muddati ham aniqlanadi. yetilish davri qancha davom
etsa, uni saqlash muddati ham shuncha uzoq bo’ladi.
Meva-sabzavotlarni saqlash jarayonida ularning fizik xususiyatlarini bilish,
saqlashda bu xossalardan ilmiy asosda foydalanish muhim hisoblanadi. Ularning fizik
xossalari mahsulotni yig’ib-terib olishda, tashishda hamda saqlashda katta ahamiyatga
ega. Meva-sabzavotlarning fizik xossalariga ularning suv bug’latishi, terlashi, issiqlik
almashinuvi, mexanik pishiqligi, sochiluvchanligi, o’z-o’zidan navlarga ajralishi,
g’ovakligi va boshqalar kiradi. Mevalar saqlashning dastlabki kunlarida suvni juda
tez bug’latadi, ya’ni mevalar o’z tarkibidagi erkin suvdan xalos bo’ladi.
Meva-sabzavotlar idishga to’kma holda qalin qilib va ustidan havo o’tishi uchun
ochiq joy qoldirmay joylanganda ular terlay boshlaydi. YAshik yoki uyum o’rtasidagi
harorat odatda ombor haroratidan yuqori bo’ladi. SHu sababli ular tez buziladi,
9
chunki sirtidagi namlik turli mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay sharoit
tug’diradi.
Fizik xossalaridan yana biri sochiluvchanlik xususiyati ham meva-sabzavotlarni
saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Ular turli xil shakl va o’lchamda bo’lganligi
uchun ularning to’kiluvchanligi past bo’ladi. Mahsulotlarning o’z-o’zidan sara-
lanishini oldini olish uchun ularning o’lchamlariga qarab navlarga ajratish va katta-
kichikligiga qarab kalibrovka o’tkazish muhim hisoblanadi. Bunda mahsulot-larni
tuproq, qum va boshqa chiqitlardan ham tozalash mumkin.
Saqlash davomida mahsulotlar orasidagi havoning almashinuvi ularning
g’ovakligiga bog’liq. Meva-sabzavotlarning 1 metr kub uyumidagi bo’shlik hajmi
ularning g’ovakligi deb yuritiladi. Odatda g’ovaklik 30-50% gacha bo’ladi.
Meva-sabzavotlarni saqlashda asosiy saqlash sharoiti- harorat, havoning nisbiy
namligi va gaz muhitining tarkibiga bog’liq. Haroratni pasaytirish mahsulotlarni
saqlash davrida biokimyoviy jarayonlarni sekinlashtiradi, shuningdek, fitopatogen
mikroorganizmlarning rivojlanishini cheklaydi. SHuning uchun sun’iy sovutiladigan
omborlarning bunyod etilishi sabzavot va mevalarni uzoq muddat saqlashga erishi-
ladigan yo’llardan biridir.
Meva-sabzavotlarni saqlash uchun sun’iy usulda - sovutgichlarda va tabiiy usulda
shamollatish tashqi havo yordamida sovutiladi. Meva-sabzavotlarni muzlashi -0,5 dan
-3
0
gacha ro’y beradi. Mevalarning muzlash harorati ular tarkibidagi suvning mi-
qdoriga bog’liq. Meva-sabzavotlarni haroratga nisbatan munosabati bir-biridan tub-
dan farq qiladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 0
0
dan biroz past va bi-
roz yuqori haroratda yaxshi saqla-nadigan - piyoz, sarimsoq, karam; olma, olxo’ri va
uzumning ba’zi navlari; ammo bunday harorat urug’lik sabzavotlarga to’g’ri
kelmaydi; 0
0
ga yaqin va undan biroz yuqori haroratda yaxshi saqlanadigan - bu
guruhga meva-sabzavotlarning ko’pchilik tur va navlari to’g’ri keladi.
2-asosiy sharoit bu sabzavot va mevalarni saqlashdagi havoning nisbiy namligi.
Ko’pchilik sabzavot va mevalar uchun havoning nisbiy namligi 90-95 %, piyoz va
sarimsoq uchun esa eng past ya’ni 75 % bo’ladi. CHunki ularni bundan yuqori nam-
likda saqlansa bo’g’in kasalligiga duchor bo’lishi aniq. Ombordagi havoning
solishtirma birligi va tarkibi- saqlanadigan mahsulotda kechadigan biokimyoviy ja-
rayonlarga, shuningdek, tovar holatiga va isrofiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |