Agrokimyo kirish


Kimyoviy singdirish qobilyati



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə23/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Kimyoviy singdirish qobilyati. Kimyoviy singdirish deganda, tuproqning ayrim ionlarini suvda qiyin eridigan yoki umuman erimaydigan birikmalar hosil qilish yo’li bilan tutib qolishi tushiniladi. Masalan, suvda oson eriydigan ammoniy fosfatni kalsiy bikarbonat bilan reaksiyasi natijasida kam eriydigan kalsiy difosfat hosil bo’ladi.
  • Fosfat kislotaning Ca, Mg, Al va Fe bilan qiyin eriydigan va erimaydigan birikmalar hosil qilishi suvda eruvchan fosforli o’g’itlarni tuproqda o’zgarishga uchrashida muhim roi o’ynaydi.


  • Tuproq eritmasida almashinib yutilgan kalsiy tutgan, mo’tadil yoki kuchsiz ishqoriy muhitga ega tuproqlarda (bo’z va qora tuproqlar) fosfat kislota va birikmalarining singdirilishi kalsiy va magniyning suvda kam eriydigan fosfatlarining hosil bo’lishi bilan boradi.


  • Yangi hosil bo’lgan aluminiy va temir fosfatlar o’simliklar tomonidan qisnian o’zlashtirilishi mumkin, lekin vaqt o’tishi bilan ularda kristallanish sodir bo’ladi, qiyin eriydigan holatga o’tadi va o’simliklar tomonidan juda kam o’zlashtiriladi. Shu sababli ham chimli podzol va qizil tuproqlarda fosfat kislota bo’z tuproqlardagiga nisbatan ancha barqaror birikmalar hosil qiladi.


  • Tuproqdagi almashinadigan kationlarni singdirishda qatnashadigan organik (gumus tarkibida) va mineral (asosan gilli minerallar tarkibida) holatdagi mayda dispers zarrachalar yig’indisini K.K. Gedroys tuproqning singdirish kompleksi — TSK deb nomlagan.


  • Kationlarning almashinish reaksiyasi juda tez sodir bo’ladi. Tuproqga KCl, NH4C1, NH4NO3 va shu kabi suvda oson eriydigan o’g’itlar kiritilganda, ular tezda tuproqning singdirish kompleksi bilan reaksiyaga kirishadi, tarkibidagi kationlarni tuproq eritmasida ilgaridan mavjud bo’lgan kationlarga almashtiradi.


  • Tuproqqa KC1 kabi suvda oson eriydigan mineral o’g’itlar kiritilganda, tuproq eritmasining konsentratsiyasi oshadi, o’g’it tarkibidagi kationlar tuproqning singdirish kompleksidagi kationlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi, bir qismi tuproqqa singadi.


  • Kaliy va ammoniy kationlarining almashinmasdan yutilishida faqat loyli minerallar emas, balki gumus ham faol ishtirok etadi. Almashinmasdan yutilgan kationlar almashinib yutilgan kationlarga nisbatan o’simliklar o’zlashtiriladigan shaklga ancha qiyin o’tadi. Shu sababdan ham almashinmasdan yutilish kuchli ketadigan tuproqlarda qo’llanilgan azotli va kaliyli o’g’itlar tarkibidagi azot va kaliyni o’s imliklar ancha sust o’zlashtiradi. Muntazam ravishda azotli, kaliyli va mahalliy o’g’itlar kiritilgan tuproqlarda kaliy va ammoniy kationlarining almashinmasidan yutilishi sezilarli darajada kamayadi. Azotli va kaliyli o’g’itlarni goh quriq, gohida namlanadigan tuproqlarga kiritishda ular tarkibidagi kationlarning almashinmasdan vutilishga alohida e’tibor berish lozim.






    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin