Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə19/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

3.2. TUPROQNING MINERAL QISMI
  1. Tuproqlarda K, Ca, Mg va Na larning karbonat, sulfat, nitrat, xlorit va fosfatlari kam uchraydi. Bu tuzlarning aksariyati (ayniqsa K va Na tuzlari) suvda oson eriydi, shu bois ularning tuproqdagi miqdori juda kam. Qiyin eriydigan tuzlar (Ca va Mg karbonatlari hamda kalsiy sulfat) ning miqdori tuproq qattiq fazasining asosiy qismini tashkil etadi.


  2. Ma’lumki, gumus va uning tarkibidagi azotning asosiy qismi tuproqning yuqori disperslikka ega bo’lgan yuza qatlamlariga to’planadi. Shu bois tuproqning ilsimon va kolloid funksiyalari o’simliklar oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, ayni fraksiyalar ancha faol bo’lib, tuproqdagi adsorbsiya jarayonlarini va shunga boq’liq ravishda singdirish qobiliyatini ham belgilaydi.


  3. Tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan muhim flzikaviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari o’rtasidauzviy munosabat mavjud. Temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi elementlarning miqdori tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan bog’liq. Og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlar qumli va qumloq tuproqlarga nisbatan oziq moddalarga ancha boydir.





3.3. TUPROQNING ORGANIK QISMI
  1. Gumusga aylanmagan organik moddalar deganda, tuproqda chirib ulgurmagan yoki chala chirigan o’simlik qoldiqlari hamda unda hayot kechiradigan hayvon (chuvalchang va hasharotlar) va mikroorganizmlaming qoldiqlari tushuniladi. I.V. Tyurinning aniqlashicha, bir ga maydondagi tuproqqa yil davomida 5—8 t o’simlik qoldiqlari tushib, shundan 1 — 10% i tuproq haydalma qatlamining organik moddasiga aylanadi. Tuproqning 0—20 smli qatlamida mavjud bo’lgan 0,7—2,7 t /ga (ayrim ma’lumotlarga ko’ra 5—8 t/ga) bakteriyalarning atigi 1—2% i organik moddaga aylanadi.


  2. Tuproqdagi kimyoviy o’ziga xos organik birikmalar asosan uglevodlar (selluloza, kraxmal, gemiselluloza) organik kislotalar, oqsillar, aminokislotalar, amidlar, yog’lar, qatronlar, aldegidlar, poliuron kislotalar, oshlovchi moddalar va lignin ko’rinishlarida uchraydi.


  3. Gumusga aylanmagan moddalar umumiy organik moddalar miqdorining 10—15% ini tashkil qilsada, tuproq unumdorligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu moddalar tuproqda ancha tez parchalanadi, tarkibidagi azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar osonlik bilan minerallashadi va o’simiklarning oziqlanish manbayiga aylanadi. Ularning bir qismi tuproqda parchalanib, o’ziga xos tabiatli organik moddalarga aylanishi va gumus hosil bo’lishi uchun manba bo’lib xizmat qilishini alohida ta’kidlash joiz.


  4. Gumus moddalari tuproq organik qismining 85—90% ini tashkil qiladi. Ular gumin va fulvo kislotalar hamda guminlardan tarkib topgan. Mazkur moddalar ichida gumin kislotalar yaxshi o’rganilgan. Gumin kislotalar o’z ichiga tarkibi va xossalari jihatidan o’xshash bir qator nioddalarni oladi. Gumin kislotalarning eng sodda tarkibi quyidagicha: uglevodlar — 52—62, kislorod — 31—39, vodorod — 2,8—6,6, azot —3,3 —5 ,1%.


  5. Gumus moddalarning ikkinchi guruhi fulvo kislotalar bo’lib, ular azotli yuqori molekular oksikarbon kislotalardir. Fulvo kislota gumin kislotadan o’zining och tusi (fulvo so’zining lug’aviy ma’nosi sariq, sarg’ish demakdir), suv va mineral kislotalarda eruvchanligi hamda kislotali gidrolizga oson berilishi bilan farqlanadi. Fulvo kislotalarning eng sodda kimyoviy tarkibi quyidagicha: uglerod — 45—48, vodorod — 5—6, kislorod — 43—48,5 va azot — 1,5—3,0%.


  6. Fulvo kislotalarning kalsiyli va magniyli tuzlari suvda eriydi, ularning aluminiy hamda temir bilan hosil qiladigan kompleks birikmalari ham ancha harakatchan bo’lib, faqat pH ning tor intervalida cho’kmaga tushadi. Fulvo kislota molekulalar tarkibidagi azotli moddalar nisbatan kuchsizroq bog’langan, gumin kislotalarning azotli birikmalariga nisbatan kislotali gidrolizga oson beriladi. Fulvo kislotalar tarkibidagi azot tuproq yalpi azotning 20—40% ini tashkil qiladi.


  7. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ekinlar o’g’itlanmasdan yetishtirilganda, tuproqda gumus va azot zaxirasining keskin kamayishi kuzatiladi. Bu jarayon ayniqsa toza shudgor qilib tashlab qo’yilgan maydonlarda ancha jadal ketadi. Agrokimyoviy tadbirlar tuproqdagi gumus miqdoriga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Sug’oriladigan bo’z tuproqlarda qo’riq tuproqlardan farqli o’laroq gumusning hosil bo’lishi va minerallashishi o’ziga xos tarzda kechadi. Tuproqni haydash natijasida haydalma qatlamda gumus miqdori kamayib borayotganga o’xshab ko’rinadi. Aslida esa avval 4—5 sm li yuza qatlamda mavjud bo’lgan gumus haydalma qatlam ostida to’plana boradi. Agar gumusning tuproqdagi yalpi miqdorini hisobga olsak, u sug’oriladigan bo’z tuproqlarda qo’riq tuproqdagidan 1,2—1,4 marta ko’pdir.


  8. Organik moddalar miqdori ancha kam bo’lsada, tuproqlar unumdorligini belgilash va o’simliklar oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Gumin, fulvo va boshqa organik kislotalar, shuningdek, karbonat kisiota ta’sirida silikatlar, alumosilikatlar, kalsiy va magniy karbonatlari hamda boshqa qiyin eriydigan birikmalar parchalanadi va kalsiy, magniy, kaliy, fosfor kabi oziq elementlar o’simliklar olzlashtiradigan shaklga o’tadi. Organik moddalar o’simliklar oziqlanishida asosiy manba hisoblanadi. Tuproqdagi azot zaxirasi toialigicha, fosfor va oltingugurt qisman, kaliy, kalsiy, magniy va boshqa elementlar kamroq miqdorda organik moddalarning tarkibida jamlangan bo’ladi. Organik moddalar absorbsiya jarayonida faol ishtirok etadi, tuproqning nam sig’imi, suv va havo o’tkazuvchanligi, issiqlik rejimi va strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin