Agrokimyo kirish


Mexanik singdirish qobiliyati



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə22/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Mexanik singdirish qobiliyati singdirishning nisbatan soda turlaridan biri bo’lib, tuproqda mayda g’ovaklar va nozik kapillarlarning mavjudligi sababli sodir bo’ladi. Tuproq barcha g’ovak jinslar kabi o’zidan shimilib o’tadigan suv tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarni tutib qolish xususiyatiga ega. Masalan, tuproq orqali o’tkazilgan loyqa suv tiniqlashadi, bunda ilsimon zarrachalar tuproq to monidan mexanikaviy yo’l bilan singdiriladi. Mexanik singdirish tuproqda eng zarur va muhim kalloid fraksiyaning saqlanib qolishiga yordam beradi. Tuproqning mexanikaviy singdirish qobiliyati o’g’itlardan foydalanishda ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Tuproqqa kiritiladigan, suvda erimaydigan kukunsimon o’g’itlar (masalan, kukunsimon superfosfat, fosforit talqoni) mexanikaviy singdirish tufayli tuproqning yuza qatlamlarida ushlab qolinadi va pastki qatlamlarga yuvilishining oldi olinadi.


  • Fizik singdirish qobiliyati. Fizik singdirish — tuproq zarrachalari tomonidan erigan moddalarning butun-butun molekulalarini ijobiy yoki salbiy adsorbsiya qilinishidir. Fizik singdirish faolligi asosan tuproq zarrachalari yuzalarining yig’indisiga bog’liq. Ma’lumki, jism zarrachalarining o’lchami qanchalik maydalashib borsa, yuzalarining yig’indisi shuncha ortadi. Masalan, hajmi 1 sm3 bo’lgan moddaning yuzasi 6 sm2 ga teng bo’lsin. Uni tomonlarining o ichami 0,001 va 0,000001 sm bo’lgan kubchalarga ajratsak, ularning umumiy soni mos ravishda 109 va 1018 donaga, yuzalari esa 6000 va 6000000 sm2 ga yetadi. Shu sababdan tuproqda mayda dispers zarrachalar soni qancha ko’p bo’lsa, yuzalarining yig’indisi ham shuncha katta bo’ladi. Agar tuproq zarrachalari tomonidan erigan modda inolekulalari suvga qaraganda kuchliroq tortilsa, ijobiy molekular adsorbsiya sodir bo’ladi. Ijobiy fizikaviy singdirilish yo’li bilan spirt, organik kislotalar va yuqori molekular birikmalarning molekulalari singdirilishi mumkin. K.K. Gedroysning fikricha, mineral birikmalardan faqat ishqorlargina ijobiy fizik yo’l bilan singdiriladi. Agar yuqorida aytilganga teskari hoi yuz bersa, ya’ni tuproq zarrachalari tomonidan suv molekulalari erigan modda molekulalariga nisbatan kuchliroq tortilsa, salbiy fizikaviy singdirilish sodir bo’ladi. Salbiy fizik singdirilish tuproqning xlorid va nitrat eritmalar bilan o’zaro ta’sirlashishida kuzatiladi va bunda ular (nitrat va xlor ionlari) tuproqning quyi qatlamlariga yuvilib ketishi mumkin. O’g’it qo’llashda xlor ionlarining bunday yuvilishi ijobiy ahamiyatga ega, chunki xlorning ortiqcha miqdori o’simliklar uchun nihoyatda zararlidir. Shu bois tarkibida xlor tutgan mineral o’g’itlarning asosiy qismini kuzda, shudgor ostiga kiritish maqsadga muvofiq. Lekin nitrat ionlarni bu yo’l bilan yuvilishi talabga javob bermaydi, shu sababdan tarkibida nitrat shaklidagi azot tutgan o’g’itlarni kuzda qo’llash tavsiya etilmaydi.



  • Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin