Agrokimyo kirish


O’SIMLIKLARNING RIVOJLANISH DAVRLARI VA OZIQLANISH SHAROITLARI O’RTASIDAGI MUNOSABAT



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə16/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

O’SIMLIKLARNING RIVOJLANISH DAVRLARI VA OZIQLANISH SHAROITLARI O’RTASIDAGI MUNOSABAT

  1. Rivojlanishning ilk davrlarida o’simliklar oziq moddalarni kam miqdorda talab qiladi. Lekin ularning tuproqda kam yoki serob bo’lishi nihollarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu davrdagi fosfor tanqisligi o’simliklarning butun vegetatsiya davridagi rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Keyingi davrlarda fosfor bilan mo’l─kol oziqlantirish ham rejadagi hosilni olishga yordarn bermaydi. Rivojlanishning dastlabki davrlarida tuproqda fosforning me’yorida bolishi o’simliklarning yaxshi ildiz otishiga yordam beradi. Boshoqli don ekinlar dastlabki uch─to’rtta barg yozish davridanoq reproduktiv organlar─boshoq va ruvakka asos solinadi. Bu davrda azot yetishmasligi keyinchalik tupdagi boshoqlar sonining kam bo’lishi va hosilning kamayishiga olib keladi.


  2. O’simliklaming yer ustki organlari─poya va barglari jadal rivojlanadigan davrlarida oziq moddalarga talabi ham kuchayadi. Azot bilan yetarli oziqlantirish vegetativ organlarining jadal o’sishi va assimilyatsiya apparatining shakllanishiga yordam beradi. Gullash va meva tugish davriga kelib aksariyat O’simliklarning azotga bo’lgan talabi kamayadi. Lekin fosfor va kaliyga ehtiyoji ortadi. Bu bevosita ayni elementlarni reproduktiv organlarining shakllanishi, hosilning tovar qismida zaxiraviy modda sifatida to’planishi va ayniqsa, organik moddalarning sintezlanishi va harakatlanishida ishtirok etishi bilan bog’liq. O’sish organlari rivojlanishdan to’xtagan paytda o’simliklar tomonidan oziqa moddalarni o’zlashtirishi ham asta─sekin susayadi va to’xtaydi. Bu davrda organik moddalarning to’planishi va boshqa hayotiyjarayonlaro’simlikda ilgari to’plangan oziq moddalardan takror foydalanish (reutilizatsiya) hisobiga t a’minlanadi.


  3. Qishloq xo’jalik ekinlarini vegetatsiya davrida oziq moddalarni yutish miqdori va tezligi jihatidan bir─biridan farq qiladi. Barcha boshoqli don ekinlari, zig’ir, kanop, ertaki kartoshkajadal oziqlanadigan davrning qisqaligi bilan ajralib turadi. Masalan, kuzgi javdar kuz faslining o’zidayoq barcha oziqmod dalarning 25—30% ini yutadi, bu davrda o’simliklarning quruq massasi oxirgi massasining 10% iga yetadi xolos. Bahorgi bug’doy nisbatan qisqa muddatda naychalashdan boshoqlashgacha —oziq moddalar yalpi miqdorining 2—3 qismini iste’mol qiladi. Kartoshkaning o’rta vakech pishar navlari oziqa moddalarni asosan iyul oyida o’zlashtiradi. Shu muddatda azotning 40, fosforning 50 va kaliyning 60% ini o’zlashtiriladi. Kartoshkaning ertaki navlarida oziq moddalarni jadal o’zlashtirish yanada qisqa muddatlarda sodir bo’ladi. Zig’irda oziq elementlarni eng ko’p iste’mol qilish g’unchalashdan gullash davrigacha, g’o’zada esa shonalashdan hosil elementlari shakllanib bo’lguncha davom etadi.


  4. Ayrim ekinlar — makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi va bosliqalar oziq moddalarni bir me’yorda hamd a uzoq muddat o’zlashtirishi bilan ajralib turadi. Barcha oziq elementlar o’simliklar tomonidan bir xil tezlikda yutilmaydi. Masalan, makkajo’xorida kaliy tez, azot o’rtacha va fosfor ancha sekin yutiladi. Kaliyning yutilishi ruvak chiqarish davrida tugasa, fosforning yutilishi deyarli vegetatsiya davrining oxirigacha davom etadi. Kanop tomonidan azot va kaliyning o’zlashtirilishi maysalar unib chiqqandan keyin mos ravishda 3 va 5 hafta o’tgach yakunlanadi. Fosforning jadal yutilishi vegetatsiya davrining oxirigacha davom etadi. Qand lavlagining ham oziq moddalarni o’zlashtirishi bir tekis emas. Nihollar paydo bo’lganidan keyingi birinchi o’n kunlikda fosfor va kaliy azotga nisbatan 1,5 barobar, barglar jadal shakllanadigan davrda 2,5—3 baravar ko’proq o’zlashtiriladi. lldizmeva hosil bo’lish va unda shakar to’planish davrida mo’l oziqlantirilsa, to’p barg o’sib ketadi, ildizmeva kattalashib, shakar miqdori kamayadi.


  5. O’simliklarning oziqlanish sharoitlarini o’suv davrlariga mos ravishda o’g’it kiritish yo’li bilan boshqarish va shu yo’1 bilan hosil miqdori hamda uning sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatish mumkin.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin