Yorug’lik ta’sirida o’simliklarda mineral oziqlanish kuchayadi. Qorong’uda saqlanadigan o’simliklarda faqat fotosintez jarayoni emas, balki ildiz orqali oziqa moddalarning yutilishi ham susayadi. Uzoq muddat yorug’likdan baxramand bo’lmagan o’simliklarda mineral oziqlanish to’xtaydi, chunki fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan moddalar ildiz orqali yutiladigan ionlarning keyingi metabolik reaksiyalari uchun energetik material sifatida xizmat qiladi.
TUPROQMUHITINING REAKSIYASI
Tuproq muhitining konsentratsiyasi barcha o’simliklar uchun muhim fiziologik ahamiyatga ega. Nordon tuproqlarga ohak kiritilsa, H+ ionlari o’mini Ca++ egallaydi va pH mo’tadilga qarab siljiydi. Tuproq muhitining reaksiyasi o’simliklarga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bilvosita ta’sir to’g’ridan─to’g’ri o’simlikka emas, balki o’simlik faoliyati uchun zarursharoitlarga qaratilgan bo’ladi. Masalan, nordon muhitda o’simliklar o’zlashtirishga molik Fe, Co, Mn, Cu miqdori ortib N, P, Mo, В miqdori kamayadi. Tuproq muhitining reaksiyasi o’simliklar tomonidan oziq elementlarining yutilishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi (2.4.7─jadval).
2.4.7─jadval
Eritina pH ning o’siinliklarga yutiladigan ionlarga ta’siri.
O’simlik
Eritma
(NH4)2HPO4da yutilgan(mg/soat)
NH4+
HPO4-2
Don─dukkaklilar
6,6
0,89
0,13
7,4
1,26
0,06
Bug’doy
6,7
1,86
0,28
7,3
2,26
0,10
Ma’lumki, nordon eritmalar tarkibidagi H+ ionlari anionlarning o’zlashtirilishiga yordam bersa, ishqoriy eritmalarda — kationlar ko’proq o’zlashtiriladi. Bu hoi ayniqsa ishqoriy tuproqlarda fosforli o’g’ltlarni qo’llashda yaqqol ko’rinadi.
Tuproq mikroorganizmlarining faoliyati ham pH bilan bevosita bog’liqdir. Singdirish sig’imi va buferlik qobiliyati yuqori bo’lgan tuproqlarda muhitning noqulay reaksiyasi o’simliklarga kamroq zarar yetkazadi.