Agrokimyo kirish


O’SIMLI KLARNING FOSFOR MANBALARI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə39/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

6.2. O’SIMLI KLARNING FOSFOR MANBALARI
  1. Ba’zi ekinlar borki, ular fosforni faqat uch almashingan kalsiy fosfat yoki hatto tarkib jihatidan yana ham murakkabroq va eaivchanligi yanada kamroq bo’lgan tabiiy fosforitlarning tarkibidan ham o’zlashtira olar ekan. Ular jumlasiga grechixa, lyupin (bo’rikallik), xantal (gorchisa), no’xat, qashqar beda (donnik), esparset va nasha kiradi, ular biroz kamroq bolsada, lekin har holda fosforitlar tarkibidagi fosforni o’zlashtira oladi. Bu o’simliklarning qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtirish qobiliyati boiishi ularning ildizlaridan chiqariladigan ajratmalarining nordonligidadir.


  2. Bo’rikallik (lyupin) ning ildiz tuklari yuzasiga tegib turadigan eritma pardasining pH 4—5 ga tengligi, shuningdek, bedaning ildiz atrofi zonasini pH 7—6 ga teng ekanligi oldindan ma’lum. Shu ko’rsatkichlarga asosan nima uchun bo’rikallik fosforitni eritishi, beda esa erita olmasligini tushuntirish mumkin. Lekin ildizning ichidagi hujayra shirasini reaksivasi o’simlikning fosforitni eritish qobiliyati bilan korrelyasiyada bo’lmaydi, binobarin ko’p qishloq xo’jalik ekinlari uchun hujayra shirasining pH 5—7 oralig’ida, va’ni neytral nuqtaga yaqin bo’ladi. Hujayra shirasining o’ta nordan reaksiyasi otquloq, begoniya va rovoch o’simliklariga xos. Ularda hujayra shirasining pH 1,2 — 1,5 gacha bo’ladi


  3. O’simliklarning fosforli ochiqish simpto’llarining tashqi ko’rinishi, barglar bazan oqish va to’q sarg’ish rangli dog’larga ega bo’lishi (oqsil sintezini to’xtab qolishi yoki shakarlaraing to’planishidan guvohlik beradi) bilan kuzatiladi. Odatda, fosfor yetishmasligi sharoitida burglar maydalashib yupqa bo’lib rivojlanadi, ularning chekkalari tepaga qarab buraladi (kartoshka). Ularning rangi me’yor chegarasida fosfor bilan oziqlangan o’simliklarga nisbatan to’q rangda bo’ladi. Tamakining fosforli ochiqishi sharoitida barglar poyaga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilib joylashadi, plastinkasi go’yo cho’zilganday bo’ladi, uzunroq va torroq bo’lib qoladi.


  4. Fosfor tanqisligi sharoitida ekinlarning o’sishi to’xtab qoladi, hosilning pishib yetilishi kechikadi. Shuni ham qayd etish joizki, fosforning oshiqchaligi uning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishini yomonlashtiradi, chunki bu holatda fosfatlarning ko’p qismi mineral shaklda ayniqsa vegetativ organlarda (urug’larda 90% gacha fosfatlar organik moddalar tarkibida) bo’ladi. Fosfor oshiqcha bo’lganda o’simlik yaxshi hosil hajmidagi mahsulotlarni to’plab, ulgurmay tez pishadi.


  5. Fosfor donda va umuman hosilning tovar mahsulotida somon va umuman boshqa tovar bo’lmagan massaga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Bu qonuniyatdan kartoshka mustasnodir.


  6. Fosforning o’simliklardasodirbo’ladigan hayotiy jarayonlarga ta’siri xilma-xildir. Yaxshi fosforli oziqlantirish qishloq xo’jalik ekinlarining hosilini oshiribgina qolmay balki uning sifatini ham yaxshilaydi. G’allasimonlarda umumiy hajmdagi donning miqdori oshadi, don kraxmalga, ba’zan esa oqsilga ham boy bo’lib qoladi. Meva va ildiz mevalarda karbon suvlarning miqdori oshadi. Mahsuloti yetishtirish uchun ishlatiladigan ekinlarning bo’yi uzunroq, poyasi mustahkamroq bo’Iib qoladi. Azotga qarama-qarshi fosfor, o’simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, bu narsa janubiy tumanlarda g’allasimonlarni qurg’oqchil payitigacha, shimoliy tomonlarda esa bahorgi donli o’simliklarni sovuq tushguncha (erta kuzda) yetilishini ta’minlaydi. Kuzda solinadigan fosforli o’g’itlar ta’sirida hujayra shirasida eruvchi karbon suvlarining miqdori oshadi, bu narsa o’simlikning muzlash nuqtasini pasaytiradi va demak kuzgi ekinlar, ko’p yillik dukkakli o’tlarning qishga chidamliligini oshiradi. Fosforli o’g’itlar ta’sirida somonning mustahkamligi oshadi va g’alla o’simliklari poyasining yotib qolishga nisbatan barqarorligi ortadi. P2O5 ning umumiy miqdori har gektar haydaladigan yerga 3—6 tonnagacha yetishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, tuproqning fosfatlar bilan to’yintirilishi faqat iqtisodiy nuqtayi nazardan haqqoniy bo’libgina qolmasdan, balki texnik nuqtayi nazardan ham haqqoniydir.


  7. Bundan 50 yillar muqaddam qizil tuproqlarga solinadigan fosforli o’g’itlar “o’ta barqaror” birikishi, ya’ni o’simlik tomondan o’zlashtirilmaydigan birikmaga aylanishi liaqida ochiq darajada fikrlar bildirilgan edi. Unda shu fikrga asoslanib 1 gektar yerga 3 tonnadan fosforli o’g’it solib, choy ekilgan maydonlarda o’simlik qator yillar davomida superfosfatning me’yoriy chegaradagi me’yorini oladi degan taxmin bor edi. Agrokimyogarlar o’sha davrdayoq nordon tuproqlarga superfosfat o’rniga fosfarit unini solishni taklif qilishgan edi, chunki bunda tuproqning nordonligidan fosforitni parchalashda foydalanish imkoniyati tug’iladi. Superfosfatni solganda esa uni joy-joyi bilan solish lozim, chunki bunda o’g’it tuproqning ko’p qismi bilan ta’sirlanmaydi va demak fosfat kislotani kimyoviy bog’lanishini susaytiradi. Vaqt agrokimyoning haq ekanligini isbotladi, choy ekilgan o’ta nordon tuproqli maydonlarga fosforitlarni solish superfosfat solish bilan barobar ekan. Superfosfatdan foydalanilganda uni tuproqning ko’p qismi bilan aralashishiga yo’l qo’ymay qator oralig’iga solish kerak.


  8. Ko’pincha fosforli o’g’itlarning ta’sirini kuchli bo’lmasligiga, tuproq tomonidan fosfat kislota ionlarini mustahkam ravishda biriktirib olinmasligi va kaliyning yetarli bo’lmasligi sabab bo’ladi deb tushintirish mumkin. Bu o’g’itlarni qo’llash fosfatlarning ta’sirini kuchaytiradi. Ma’lumki, fosforli o’g’itlarni muntazam ravishda uzoq vaqt yuqori (ya’ni hosil tomonidan o’zlashtirilgan fosfordan bir necha barobar ziyod) me’yorlarda solinganda tuproqda ancha miqdorda o’zlashtiriladigan fosforning to’planishi yuz beradi, shundan keyin esa yangidan sohnadigan o’g’itlarning ta’siri bo’lmay qoladi. Bunday holatda bo’lgan maydonlarda fosforli o’g’itlarni to tuproqda zaxira bo’lib qolgan oson o’zlashtiriladigan fosforning ekin tomonidan o’zlashtirilish darajasi pasaygunga qadar solmaslik talab etiladi.


  9. Shuni ta’kidlash joizki, chirindining ta’siri ko’p qirrali bo’ladi: u tuproq zarrachalari (ayniqsa polutor oksidlar) tomonidan fosfat ionlarning kimyoviy bog’lanishini susaytiradi, o’zi adsorbent bo’lganligi sababli tuproqning buferligini oshiradi, chirindi mavjud bo’lgan joyda ammiakli va kaliyli tuzlarning fiziologik zararini yumshatadi. Nihoyat chirindining o’zi uni yetarli miqdorda solinganda, o’simliklar uchun oziq elementlari (azot, fosfor, oltingugurt h.k. lar) ni manbayi bo’lib xizmat qiladi.



  1. A.N. Lebedyansev namlik o’zgarib turganda tuproqdagi fosfatlarning o’zgarish dinamikasini o’rganib, qora tuproqdan namlikning qochishi, fosfat kislota tuzlarining harakatchanligini oshiradi va bu holat o’z navbatida esa unumdorlikda ijobiy tarzda namoyon bo’lishini aniqladi. Bu jarayonni V.A. Franseson tushuntirib namligi qochgan tuproqni tez namlantirilganda tuproq agregatlarining kuchli ravishda parchalanishi yuz beradi, deb izohladi. Bunda yangi ancha tubda joylashgan yuzalarning ochilib qolishi natijasida ilgari yashiringan fosforli birikmalar eritmaga o’tadi. Tuproq agregatlarining xuddi shunday holdagi “taxini buzilishi” natijasida tuproq organik moddalarining harakatchanligi oshadi. Xo’jalik sharoitida tuproqdan namlikning qochib ketishi dehqonning o’ziga bog’liq bolmagan, balki quruq va qurg’oqchilik davrlari bilan bog’liq holda yuz beradi. Bunday sharoitlarda shu narsa ham kuzatilganki, qurg’oqchilik yilidan keyingi yilda hosildorlik oshadi. Hozircha bu narsa faqat tuproqdagi fosfat rejimini yaxshilanishi tufayli yuz beradi deb bo’lmaydi. Tuproqdan namlikning qochishi qator hollarda uning fosfatlarini harakatchanligini va fosforli tuzlarning yutilishini kuchaytiradi. Masalan, Voronej viloyatidagi kuchli qora tuproq quritishni havo sharoitidagi quruq darajasigacha yetkazilganda kalsiy monofosfatining kuchsiz eritmasidan, namlangan sharoitdagiga nisbatan 4—5 marta ko’p miqdorda fosfat kislota yutganligi aniqlandi. Bu narsa hamma tuproqlarning ancha konsentrlangan eritmalardan fosfatlarni ko’proq yutishi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Shunday bo’lib chiqsa, suyuq fosfor tutuvchi o’g’itlardan foydalanish amaliyotida tuproq tomonidan fosfat kislotani to’laroq yutilishini kutish lozim. Tuproqning mexanik tarkibi ham muhim bo’lib, 0,01 mm dan yirikroq zarrachalar fosfatlarni yutmaydi.


  2. Juda ko’plab tajribalar natijasida shu narsa isbotlandiki, o’simliklarning fosforli oziqlanishi fosforli o’g’itlarni uya-uya qilib solinganda (ayniqsa nordon tuproqlarda) ancha qulayroq bo’ladi. Uya-uya qilib solishga granullangan o’g’itlarni tasmasimon tarzda joylashtirish asosida erishiladi.


  3. Superfosfatning tuproq bilan o’zaro ta’sirlanishi davomida fosfat kislotaning barqarorlik, eruvchanlik va o’s imliklar tomonidan o’zlashtirish darajasi bo’yicha farqlanadigan 30 ga yaqin birikmalari hosil bo’ladi.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin