Agrokimyo kirish


Marganesli mikroo’g’itlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə63/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Marganesli mikroo’g’itlar
(8.4.4-jadval)


O’g’it

Ta’sir etuvchi
modda

Ta’sir etuvchi


modda miqdori, %


Marganes sulfat


MnSO4


70

Mn li superfosfat

P2O5


Mn

20
1-2


Mn li ruda chiqindisi


Mn

17-18




  1. Ruxli o’g’itlar. Ruxli o’g’it sifatida ba’zi sanoat chiqindilari, rux sulfat (ruxning miqdori 22%) va polimikroo’g’it (PMO’—7), ruxli oq bo’yoq ishlab chiqaruvchi zavodlarning chiqindilari ishlatiladi (8.4.5- jadval).


8.4.5-judval

Ruxli mikroo’g’itlar

O’g’it

Ta’sir etuvchi
modda

Ta’sir etuvchi modda


miqdori, %


Rux sulfat


Zn

21,8 - 22,8

Polimikroo’g’it (PMO’-7)


Zn

2 – 5


  1. Ularning tarkibida 19,6% rux oksidi, 17,4% rux silikati, 21,1% aluminiy oksidi hamda bir oz miqdorda aluminiy, mis va marganes bo’ladi. Makkajo’xoriga PMO’-7 ekish vaqtida qator orasiga (1 ga ga 20 kg dan) solinadi. Tldizdan tashqari oziqlantirishda rux sulfat (1 ga ekin maydoniga 150—200 kg) ishlatiladi. Oziqlantirish ko’p ekinlar uchun shonalash paytida yoki o’simlik gullashining boshlanish fazalarida amalga oshiriladi. Mevali daraxtlarni oziqlantirish uchun bahorda hosil bo’lgan barglarga o’g’it (100 1 suvga 200—500 g rux sulfat solinadi, unga 0,2— 0,5% so’ndirilgan ohak qo’shib, barglar kuyib qolmasligi uchun neytrallanadi) purkaladi. 1 s donga ishlov berish uchun 4 litr suvda 4 g rux sulfat eritiladi. Makkajo’xori urug’ining 1 sentnerini polimikroo’g’it (PMO’-7) ning 400 grami bilan kukunlashtirib, ishlov beriladi. Shuningdek, ammofos 0,3—0,5% gacha rux bilan boyitilib, uni ekin dalalariga ekishdan oldin shudgor ostiga, gektariga 3—4 kg dan sepish mumkin, yoki mikroo’g’itlarga aralashtirib, gektariga 1—2 kg me’yorda paxtaning shonalash davrida berish tavsiya etiladi. Urug’ni ekishdan oldin rux sulfatning konsentrlangan (0,03—0,04% li) eritmasi bilan 10—12 soat davomida, 2:1 nisbatda namlash ham ijobiy natija beradi. Rux yengil (qumli), neytral, kuchsiz ishqoriy, karbonatli past unumdor tuproqlarda va shuningdek, bo’z tuproqlarda ijobiy natijalar beradi. Kuchsiz kislotali muhitga ega bo’lgan podzol, torfli va chimli— podzol, chimli—gleyli tuproqlar ruxli mikroo’g’itlarga nisbatan unchali tanqislik sezmaydi. O’rta Osiyo hududidagi bo’z tuproqlarda ruxli mikroo’g’itlarni qo’llab, har gektaridan paxtadan 2—4, makkajo’xoridan 5—7 va bug’doydan 1,5—2 s gacha qo’shimcha hosil olish mumkin.





  2. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin