Amaliyotda reklama xarajatlari doirasini aniqlashning turli xil usullaridan foydalaniladi. Oldingi yil xarajatlaridan kelib chiqqan holda, ular maqsadlar va vazifalarni hisobga olgan holda oldingi yildagi sotish hajmida 3 foiz tashkil qiladi.
Amaliyotda reklama xarajatlari doirasini aniqlashning turli xil usullaridan foydalaniladi. Oldingi yil xarajatlaridan kelib chiqqan holda, ular maqsadlar va vazifalarni hisobga olgan holda oldingi yildagi sotish hajmida 3 foiz tashkil qiladi.
Reklama faoliyatini rejalashtirishda xarajatlar qiymati ancha katta. Masalan, AQSHda, televideniyeda 30 daqiqalik reklama vaqti – 100 ming dollar atrofida bo‘ladi. Ispaniyada 50 ming dollardan iborat. Ta’kidlash kerakki, ko‘pgina mamlakatlarda telereklamaga cheklashlar mavjud. Masalan, Avstriyada reklama uchun eng ko‘p vaqt 20 daqiqa ajratilgan; Germaniyada eng ko‘p vaqt bir kunlik ko‘rsatuvning 20 foizni, Ispaniyada 10 foizni tashkil qiladi.
Kommunikatsiya xarajatlarini hisobga olish qiyin hisoblanadi. Bu masalaga oid ma’lumotlar tarqoq bo‘lib, xarajat miqdorlari turli sohalarda keng doiralarda katta farq qiladi. Umuman olganda, shuni aytish mumkinki, shaxsiy kommunikatsiya xarajatlari reklama xarajatlaridan ko‘p bo‘ladi, buning ustiga ular sanoat tovarlari bozorlarida, ayniqsa, katta bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatida to‘g‘ri keladigan xarajatlar, ayniqsa, sanoat tovarlari bozorlarida tinimsiz ortib boradi. Reklama aloqasining qiymati, aksincha bo‘lishi mumkin, ya’ni axborot vositalarining o‘sib borayotgan davrda tanlash natijasida pasayib borishi mumkin.
Kommunikatsiya xarajatlarining taraqqiy etishi va ayniqsa, yangi kommunikatsiya vositalarining tez rivojlanishi reklama kanallari va bevosita savdoning nisbiy rolini qayta baholashni talab qiladi.
Shaxsiy muloqot. Bevosita tadbirkor – xarid jarayonining ma’lum bir bosqichlarida, ayniqsa, xaridorning o‘zi sotayotgan tovarni afzal ko‘rishiga erishish va uni sotib olishga undash kerak bo‘lganda eng samarali kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. Shuning uchun, soddaroq vazifalar kommunikatsiyaning arzonroq texnik vositalari orqali uzatilgan sari, tadbirkorlik faoliyatining strategik marketingdagi roli kuchayib boradi.