Agromarketingda reklama


Chet elda reklama materiallarini barpo qilish asosida yotadigan asosiy tamoyillar quyidagicha



Yüklə 78,9 Kb.
səhifə2/7
tarix16.05.2023
ölçüsü78,9 Kb.
#114403
1   2   3   4   5   6   7
Agromarketingda reklama

Chet elda reklama materiallarini barpo qilish asosida yotadigan asosiy tamoyillar quyidagicha:

har qanday reklama toza, to‘g‘ri va haqiqiy bo‘lishi kerak;

– har qanday reklama jamiyat oldida javobgarlik hissi bilan tashkil qilinishi va sof raqobat tamoyillariga javob berishi kerak;

– hech qaysi reklama reklamaga bo‘lgan iste’molchilar ishonchiga putur yetkazishi mumkin emas.

Reklamani yorituvchilar shuni esda tutishlari kerakki, “Reklama o‘zo‘- o’zidan tovarlarni past sifatini kompensatsiya qila olmaydi. Bundan tashqari bunday reklama sifatsiz tovarlarga bo‘lgan salbiy qarashni kuchaytirishi mumkin, chunki ko‘pchilik xaridorlar reklama ta’sirida uni sotib oladilar va yomon taassurot aholi o‘rtasida tarqalishi mumkin”.

2. Reklama turlari va qo’llanilish usullari.

Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • – ko‘rgazma reklamalari;
  • matbuotdagi reklama;
  • – bosma reklamalar;
  • plakat-grafika reklamalari;
  • – kino reklamalari;
  • radio-reklamalari;
  • – yoritish reklamalari.
  • Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar assortimentini iste’molchilarga tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir.

Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi:

1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak.


Yüklə 78,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin