1. Reklama tushunchasi va marketingda reklamaning mohiyati
Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi.
Reklama faoliyati insoniyat tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan desak noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari haqida jar solib gapirganlar.
Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi va savdogarlar tovar sifatini tekshira turib, tamg‘a qo‘yganlar.
Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi.
Hozirgi vaqtgacha reklama faoliyatining rivojlanishiga bir necha omillar ta’sir qildi, bularga:
– birinchidan, sanoat ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatidan foydalanish tugatildi, buning natijasida tovarlar bozorda ko‘payishiga olib keldi;
– ikkinchidan, suv yo‘llari, shosse va oddiy yo‘llar chorrahalarning yaratilishi natijasida tovarlar va reklama vositalarining boshqa joylarga yetkazish imkoniyati yaratildi;
– uchinchidan, mamlakat miqyosida kiritilgan majburiy boshlang‘ich ta’lim savodxonlik darajasini oshirdi, ro‘znomalar va jurnallar chiqarishning o‘sishiga yordam berdi. Radioning keyingi paytda, televideniyening kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi.
Reklama faoliyati ushbu sohaning asoslarini chuqur bilishni talab qiladi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi milliy reklamalar ko‘pincha tajribali mutaxassislarni va xodimlarni ishtirokisiz tashkil qilinayotganligi sababli boshqa xorijiy reklamalardan keskin ajralib turadi. Ushbu fikrimizni isboti sifatida, gazeta, jurnal, radio, televideniyadagi reklama e’lonlari misol bo‘la oladi.