Agromarketingda reklama


• dalirect mail – reklama materiallarini pochta, telegraf, teleks orqali tarqatish



Yüklə 78,9 Kb.
səhifə5/7
tarix16.05.2023
ölçüsü78,9 Kb.
#114403
1   2   3   4   5   6   7
Agromarketingda reklama

• dalirect mail – reklama materiallarini pochta, telegraf, teleks orqali tarqatish;

• rolikli reklama – kino, televideniye, slayd-proeksiya;

• TV – marketing televideniyesi kanali bo‘yicha reklama;

• radio bo‘yicha reklama berishni ko‘zda tutuvchi radio-reklama;

Reklamalarning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib ular – esdaliklar ishlab chiqarish, tabriknomalar va taklifnomalar taqdim qilish, turli xil o‘yinlar o‘tishi davrida esdaliklarni sovg‘a qilish.

Tovarlar va xizmat ko‘rsatishni reklama qilishda har bir reklama beruvchi shaxs, avvalambor, zarur reklama vositalarini tanlaydi, ya’ni gazeta, jurnallar, radio, televideniye, tashqi reklama vositalari, transportdagi reklama, to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta orqali reklama va hokazolar orasidan to‘g‘ri kelganini ajratib oladi. Bu yerda qandaydir umumiy qonuniyatlar deyarli bo‘lmaydi, chunki reklama vositalarining har bir turining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida boshqasidan farq qiladi.

Reklama vositalarini tanlashda 4 ta savolga javob berish lozim:

1. Kimni qamrab olmoqchimiz?

2. Ular qayerda joylashgan?

3. Murojaat qanday ahamiyat kasb etadi?

4. E’lonni qachon berish kerak?

Reklama bilan kimni qamrab olmoqchimiz, degan savolga javob berish uchun potensial xaridorlarni aniq bilishimiz kerak. Hech bir tovar, hech bir xizmat ko‘rsatish birvarakayiga hamma tomondan, bir xil me’yorda foydalanilmaydi. Ba’zi odamlar boshqalarga qaraganda aniq potensial xaridor hisoblanadi. Shuning uchun reklama beruvchining o‘zi yoki reklama agenti xodimi bozorni segmentlaydi, ya’ni demografiya, sotsial holati, hayot tarzi, mahsulotdan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan eng aniq potensial xaridorlarni ta’riflaydi. So‘ngra bozor xarakteristikasiga to‘liq javob beruvchi va eng ko‘p potensial xaridorlarni jalb qilishni ta’minlovchi reklama vositalarini ta’minlaydi.

4. Reklama faoliyatini rejalashtirish

  • Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra reklama sohasida asosiy qarorlarni birinchi bosqichda shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Quyida ushbu qarorlarning konsepsiyasi keltirilgan:
  • 1. Vazifalarning qo‘yilishi maqsadli bozor, marketing strategiyasi haqidagi avval qabul qilingan qarorlardan kelib chiqadi.
  • 2. Firma o‘z reklamasi vazifalarini belgilab turib, har bir alohida to varga budjetni ishlab chiqadi. Reklamaning o‘rni ularning talabini ko‘tarishdan iborat.
  • 3. Budjet belgilangandan so‘ng tadbirkor reklamani tashkil qilish va tarqatish vositalari haqida qaror ishlab chiqadi.
  • 4. Reklama tadbirlarini o‘tkazishni narxlash uning kommunikativ va savdo samaradorligini o‘lchash uchun amalga oshiriladi.
  • Kommunikativ samaradorligini o‘lchashda samarali kommunikatsiyani ta’minlashi haqida fikr yuritiladi. Savdo samaradorligini o‘lchash “sotishning” qanday hajmi e’lon tomonidan, ya’ni tovar haqidagi xabardorligini 90 foizga va takliflarni 10 foiz o‘lchoviga oshirish natijasini beradi, degan savolga javob berishga imkon beradi.

Yüklə 78,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin