Agromarketingda reklama


Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur



Yüklə 78,9 Kb.
səhifə3/7
tarix16.05.2023
ölçüsü78,9 Kb.
#114403
1   2   3   4   5   6   7
Agromarketingda reklama

3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur.

4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak.

Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: – nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining hajmi 1 metrdan 2 metrgacha tavsiya etiladi;

yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo markazlarida 3 metr va undan ortiq;

– kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1 metrgacha;

– oyna ko‘rgazma maydonlarining balandligi binoning asosiy bo‘yiga hisoblaganda 0.80 metrdan 1 metrgacha bo‘lishi tavsiya etiladi.

Tovarlarni namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalarning turlariga quyidagilar bog‘liq bo‘ladi:

• harakatlanuvchi ko‘rgazmalar, qo‘yilgan jihozlarda o‘rnatilgan tovarlarning asosiy qismi doimiy ravishda aylanib, harakatlanib turadi;

• qo‘zg‘almaydigan ko‘rgazmalar, bunda tovarlarni ko‘rsatish, namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan maxsus moslama va jihozlar ishlatiladi;

• ovoz tarqatuvchi ko‘rgazmalarga turli qurilma va moslamalar tanlab olinadi, ular mavzular orqali ifodalab berishga qaratiladi.

Tovarlarni ko‘rgazma reklama qilishda qo‘llanilish joyiga, bezatish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1. Tor ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.

2. Ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.

3. Umumlashtirilgan ko‘rgazmalar.

4. Aralash ko‘rgazmalar.

Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga oladi

3. Reklama faoliyatini tashkil etish

Xorijiy va mamlakatimiz tajribasiga muvofiq reklamani quyidagicha tasniflash

mumkin:

1. Obyektlar bo‘yicha reklama qilish:

• nufuzli tadbirkorlik reklamasi. Bu reklamaning asosiy maqsadi tadbirkorni uning raqiblaridan farq qilishining reklamasidir;


Yüklə 78,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin