Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
 
 


133 
 
RANGDOR navi. 
Akademik
M.Mirzaev nomli bog„dorchilik, 
uzumchilik va vinochilik ilmiy-
tadqiqot instituti-ning Qibray
“SHarob” 
ekspyerimental
korxonasida yaratilgan. 2012 yilda
Respublika bo„yicha Davlat reestriga 
kiritilgan. Tupi o„rta o„suvchi, guli
ikki jinsli, shingili o„rtacha (uzunligi
17-20 sm, kengligi 12-15 sm),
keng konussimon, o„rtacha zich.
Mevasi o„rtacha 16×15 mm, 
dumaloq. Rangi qora kuchli g„ubor
bilan qoplangan. Po„sti zich, go„shti
suvli. Sharbati qizil-olcha rang. 
Mevasida 2 yoki 3 ta urug„i bor.
Nav ekilgandan so„ng ikkinchi
yildan hosilga kiradi. Hosilga
kirgach bir tupda 100-130 kurtak
qoldiriladi. 
Hosildorlik 
yillar 
davomida kam o„zgaradi (bir tupda 8-
11 kg). O„rtacha hosildorlik 1 ga dan 
220 s/ga tashkil etadi. 
 
 
 
Bu navlar bir qancha biologik, morfologik va xo„jalik belgilari bilan bir-biridan 
farq qiladi. Masalan, vinobop, uzum navlari uchun umumiy bo„lgan quyidagi 
xususiyatlarni keltirish mumkin: ularning ko„pchiligi tok tuplari kuchsiz o„suvchi, 
novdalari nozik va bo„g„im oraliqlari qisqa, uzum donalari-mevalari asosan yumaloq 
shaklda 
bo„lib, zich joylashgan. Ko„pchilik vinobop navlar kasalliklar 
zararkunandalarga chidamli, noqulay tashqi muhit omillariga ham chidamli. 
Mevalarning biokimyoviy tarkibida esa kislotalar ko„p, qatdorligi nisbatan past, vino 
va sharbat chiqishi yuqori. Vinobop navlarda hosildor novdalar umumiy chiqargan 
novdalarga nisbatan 60% gachani tashkil etadi, hosildorlik koeffitsienti 1,3-1,6 ga 
teng. Shuning uzum boshlari kichik bo„lishiga qaramasdan hosildorligi yuqori. 
Xo„raki-mayizbop navlarda esa tok tuplari asosan kuchli o„suvchi, novdalari 
yo„g„on, bo„g„im oralari uzun, uzum boshlari yirik, uzum mevalari har xil rangda va 
shaklda bo„ladi, hamda mevalar uzum boshida sochilib joylashadi. Bu navlar 


134 
kasalliklarga nisbatan chidamsiz, sovuqqa va noqulay iqlim sharoitlariga ham 
chidamsiz. Umumiy ko„kargan novdalarga nisbatan hosildor novdalar 30-40 % dan 
ortmaydi, hosildorlik koeffitsienti 1,0-1,1 ga teng. Shuning uchun, bu novlarda uzum 
boshlari yirik bo„lishiga qaramasdan hosildorlik ancha past, gektaridan ba‟zi novlarda 
100-110 s dan oshmaydi.
Hozirda O„zbekiston tokzorlarining nav tarkibidagi asosiy kamchiliklari deb 
quyidagilarni ko„rsatish mumkin: 
1. Bitta xo„jalikda aralash o„tqazilgan navlarning juda ko„p bo„lishi qayta 
ishlashga ko„pincha aralash navlar hosili kelishiga sabab bo„ladi. Bunday tokzorlarda 
har bir navga xos agrotexnikani qo„llash mumkin bo„lmaydi.
2. Tokzorlarda past sifatli mahalliy va iqlimga to„g„ri kelmaydigan tok 
navlarining bo„lishi.
3. Gullari funksional urg„ochi tipda bo„lgan, changlovchi navlarga va sun‟iy 
changlashda extiyoj sezadigan tok navlarining nisbatan ko„p bo„lishi. 
4. Juda ertagi va ertagi navlarning kamligi va kechki navlarning nisbatan 
ko„pligi.
5. To„la qimmatga ega bo„lgan rangli kuchli vinolar tayyorlanadigan qizil 
vinobop navlar ekilgan maydonning kichikligidir. 
Bo„lajak agronom O„zbekistonda o„stiriladigan barcha uzum navlarining 
morfologik, biologik va xo„jalik belgilarini bilishlari va har qaysi xo„jalik uchun mos 
keladigan uzum navini tanlay bilishi kerak. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin