Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
 
 
 
XINDOGNI navi. 
Ozarbayjon 
mahalliy navi. 1959 yildan Toshkent
1967 yildan Jizzax, Sirdaryo
viloyatlari bo„yicha Davlat reestriga 
kiritilgan. Nav o„rtapishar, tupi
katta, vinobop. Sovuqqa chidamli,
qurg„oqchilikka 
bardoshli.
Zamburug„ kasalliklari bilan o„rtacha
kasallanadi, tok barg o„rovchisi
bilan kuchli zararlanadi. Uzum
boshlari katta, konussimon, ko„p
shingilli, mevasining o„rtacha vazni
– 162 g. G„ujumi o„rtacha va yirik, 
dumaloq, rangi qora yoki to„q ko„k,
ba‟zan binafsharang. Eti syershira, 
xushxo„r. Kurtak Yozilishidan mevasi 
pishgungacha bo„lgan davr 144
kundan iborat. Hosildorligi – 161,7
s/ga, eng yuqori hosildorligi 230,0 
s/ga ni tashkil etadi.
 
 
 


132 
BUDESHURI 
navi. 
Kelib
chiqishi – Gruziya. O„rtapishar
(avgustning oxiri – sentyabrning 
boshlarida 
pishadi). 
Bargi 
yirik, 
dumaloq, beshbarmoq shaklida,
rangi to„q yashil. Guli qo„shjinsli,
kuchli o„suvchi. Uzum boshlari
o„rtacha (240-280 g), tig„iz. G„ujumi 
oval-cho„ziq shaklda, sarg„ish yashil 
rangda, po„sti yupqa, o„rta
pishiqlikda, eti syersharbat, ta‟mi 
oddiy. 
Budeshuri 
navining
hosildorligi yuqori, gektaridan 220-
280 s hosil olish mumkin. Kasallik va 
sovuqqa o„rtacha chidamli. Texnik
pishib etilganda, avgustning uchinchi
dekadasida qandning miqdori 17-
18%, kislotaliligi 7-8 g/l. Yuqori
sifatli xo„raki va shampan vinolari 
tayyorlanadi. 
 
 
 
KABYERNE 
FRAN 
navi. 
O„rta-kechpishar (avgustning ikkinchi
yarmi). Navning kelib chiqishi – 
Fransiya. Bargi dumaloqsimon, besh,
ba‟zida uch bo„lakli, asimmetrik,
o„ng tomoni kuchliroq rivojlangan.
Guli qo„shjinsli. Uzum boshi 
kichikroq – 120 g, tub qismi
konussimon. G„ujumi dumaloq, qora 
tusda, mum g„uborli. Po„sti qalin,
pishiq. Eti syersuv, sharbati rangsiz.
To„liq pishganda qandlilik darajasi 20-
22%, kislotaliligi esa 4,4-6,4 g/l gacha
etadi. Tupi o„rtacha o„sadi.
Hosildorligi gektaridan 120-160 s ni
tashkil etadi. Xo„raki va yuqori sifatli 
desyert vinolar tayyorlanadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin