Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127
Asosiy tushunchalar:
Vinobop navlar:
Baxtiyoriy, Pushti muskat, Risling, 
Mayskiy chyerniy, Xindogni, Rkatsiteli, Soyaki, Bayoni shirey, Sapyeravi, Asl 
qora, Bishti, Morastel‟, Qora Vassarga, Aligote, Vengriya muskati kabilar kiradi. 
 
Baxtiyoriy.
Bu quvvati oshirilgan vinolar, shampan va kon‟yak materiallari 
tayyorlash uchun ishlatiladigan mahalliy nav. Po„sti yupqa seret, syersuv oddiy 
yoqimli ta‟mli. G„ujumlarning qandliligi 17,8-18,8 % kislotaligi 6-7 mg/%, tupi 
kuchli o„sadi. Qurg„oqchilikka chidamli. Kasallik–zararkunandalarga chidamsiz. 
Bayan shirey.
Bu nav uzumdan shampan va o„rtacha shirin vinolar 
tayyorlash hamda kon‟yak vinolar materiallarini ishlab chiqishga ketadigan, yuqori 
hosil beradigan nav sifatida keng tarqalgan. Uzum boshining o„rtacha og„irligi 250 
g, och-yashil sariq rangda. G„ujum tarkibida 20-22% shakar va 4,2-5,6 mg/% 
kislota bor. Tupi kuchli o„sadi. Zamburug„ kasalligiga o„rtacha chidamli. 
Aleatiko. 
Bu nav Italiyadan kelib chiqqan tig„iz yoki o„rtacha tig„iz bo„ladi. 
G„ujumlari o„rtacha yirik, to„q ko„k rangda bo„lib, binafsha tusda tovlanadi va 
kuchli mumsimon g„ubor bilan qoplangan. Po„sti o„rtacha qalin, pishiq. Eti 
syersuv, karsillaydigan. Sentyabrning o„rtalari-oxirlarida pishadi. Tupi kuchli 


144 
o„sadi, hosildorligi yuqori. Yerda nam yuqori bo„lishini talab qiladi. G„ujumlari 
o„ta pishib ketganda so„linqirab qoladi. Qandligi 25-30%. Sovuqqa va ka-
salliklarga o„rtacha chidamli. Bu navning uzumidan Aleatiko nomli to„q yoqut 
rangli, nozik ta‟mli, kuchli yoqimli muskat hidli ajoyib vino, Shuningdek, desyert 
va o„rtacha shirin vinolar tayyorlanadi. 
Alegote.
Bu nav Fransiyadan kelib chiqqan. Uzum boshlari o„rtacha katta 
(140-175g), silindr–konussimon shaklida, ba‟zan qanotchalari tekis, shakli 
o„zgargan g„ujumlari o„rtacha yirik, yumaloq yashilroq oq, jigarrang mayda 
nuqtalari bilan qoplangan. Po„sti yupqa, seret, syersuv, ta‟mi oddiy, shirrasi (suvi) 
rangsiz avgustning ikkinchi yarmida pishadi. Sentyabrda g„ujumlarning qandliligi 
25 % ga, kislotaligi 8-g/l ga etadi. Tupi o„rtacha yoki kuchli o„sadi. Hosildorligi 
yuqori. Hosil beradigan novdalari yashirin va qishlovchi kurtaklardan rivojlanadi. 
Tog„ etagi xududlaridagi bahorikorlikda yaxshi o„sadi va hosil beradi. Yerda nam 
juda ko„p bo„lsa, uzum boshlari chirib ketadi, sovuqqa chidamliligi o„rtachadan 
yuqori bo„ladi. Nisbatan zamburug„ kasalliklariga chidamli. Bu nav xo„raki 
vinolar, shampan va kon‟yak materiallari tayyorlash uchun tavsiya etiladi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin