13.3. Tokzorlarni sovuqdan saqlash va sovuq urgan tokzorlarni tiklash Toklarni sovuq va qora sovuqlardan saqlash. Tokdan mo„l hosil olish ko„p
jihatdan uni sovuq, qora sovuqlardan saqlash uchun olib boriladigan tadbirlarga
bog„liq. Tok ko„pincha erta kuzgi (oktyabrdagi birmuncha kuchsiz -6, -8
o
C qora
sovuqlardan), ayniqsa, issiq kunlardan keyingi sovuqdan zararlanadi, bu vaqtda hali
tok uncha chiniqmagan bo„ladi. Bunday holda ko„p ko„zchalar nobud bo„ladi,
novdalarning va tupdagi ko„p yillik qismlarning to„qimasi zararlanadi.
Noyabr, dekabr oylarida bo„ladigan 16-18
o
C sovuqlarga Rkatsiteli, Risling,
Sapyeravi, Kabyerni navlari ko„proq chidamli, mahalliy navlarning ko„pchiligi, shu
jumladan Husayni, Nimrang, Kattaqo„rg„on kamroq chidamli bo„ladi.
Quruq yerlarda qora sovuqlar ko„p va nam yerdagiga qaraganda juda zararli
bo„ladi. Pastli joylardagi maydonlarda qora sovuqlar tez-tez va juda kuchli bo„ladi.
Chunki, qishda va erta bahorda u yerga sovuq havo yig„ilib qoladi. Qora sovuqlar
vaqtida yer yuzasiga yaqin joyda 1-2 m balandlikka qaraganda harorat past bo„ladi,
Shuning uchun ham ochiq tuplarning pastki qismi ancha kuchli zararlanadi.
Yoz-kuzda toklar ahyon-ahyonda sug„orilsa, azotli o„g„itlar kech berilsa,
tuplarning kuzgi o„sishi, novdalarning pishishi va qishga tayyorlanishi ancha
kechikadi, bu esa ularning sovuqqa chidamliligini pasaytiradi.
Yerda nam etarli bo„lsa, ular yangi novda va barglarni kam chiqaradi, buning
natijasida tok qishki tinim davriga oziq moddalar zahirasini kam to„playdi va bu bilan
ularning past haroratga chidamliligi pasayadi.
Yer haddan tashqari nam bo„lsa va azotli o„g„itlar katta me‟yorda berilsa,
ayniqsa, tupda kurtaklar yetishmaganda surx novdalar, qo„ltiq novdalar o„sib ketadi,
tuplarning qalinlashishiga va sovuqqa chidamliligining pasayishiga sabab bo„ladi.
Toklarni parvarish qilishda yuqori va o„z vaqtida o„tkaziladigan agrotexnika
(sug„orish, o„g„itlash, xomtok, qo„ltiq novdalarni olib tashlash, chilpish, kasallik va
zararkunandalardan himoya qilish va boshqalar) tuplarning yaxshi o„sishiga va
novdalarning pishishiga, tupning qishlaydigan qismlarida plastik moddalar
zahirasining ko„p to„planishiga yordam beradi, bu bilan tok kurtaklari hamda
novdalarining sovuqqa chidamliligi ortadi.
Toklarni noyabrning boshlaridan kechiktirmay ko„mib bo„lish lozim.
Mexanizatsiyadan foydalanish qiyin bo„lgan kichik tokzorlardagi toklar ketmon
yordamida ko„miladi. Katta maydonlardagi toklarni ko„mishda mashinalardan
foydalaniladi.
155
O„zbekistonda ko„milgan toklar qattiq sovuqlar o„tishi bilan, mart oyining
ikkinchi yarmida ochiladi, lekin yilning kelishiga qarab bu muddatni o„zgartirish ham
mumkin.
Qishki, bahorgi qora sovuqlardan toklarni asrashda sug„orib turishning ham
ahamiyati katta.