Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Muhokama uchun savollar 
1.
Tokzorlarda uzum hosili necha marta, qachon va qanday usulda aniqlanadi? 
2.
Uzum hosilini tyerishda, tashishda va saqlashda qanday idishlardan 
foydalaniladi? 
3.
Uzum hosili qanday tartibda tyerib olinadi va tyerish texnikasi? 
4.
Uzum hosili xo„jalik sharoitida qanday saqlanadi va zarur bo„lgan shart 
sharoitlar? 


151 
5.
Uzumni qaysi navlaridan mayiz tayyorlash mumkin va quruk meva chiqishi 
qancha? 
13. TOKZORLARNI QAYTA TIKLASH (REMONT, REKONSTRUKSIYA 
QILISH) VA SOVUQDAN SAQLASH 
 
13.1. Remont va rekonstruksiyalarning ahamiyati 
 
Tayanch iboralar - Toklarni qayta tiklash, xatosini to„g„rilash, Yoshartirish, 
parxish qilish, toklarni ko„chirib o„tqazish, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, 
toklarni sovuqlardan shikastlanishi, qish va bahorgi sovuqlardan toklarni saqlash 
tadbirlari. 
Respublikamizning xo„jaliklarida Yosh tokzorlardan tashqari eski (keksa) 
tokzorlar ham bo„lib, ular ayrim hollarda siyrak, har xil nav ekilgan, qatorlar noto„g„ri 
joylashtirilgan, yerni mexanizatsiya yordamida ishlash qiyin bo„lgan mayda 
uchastkalardan iborat. Ayrim hollarda tok tuplari katta (qari) asosiy zangi ko„p 
mexanik shikastlangan, ko„pincha tok o„stirish usuli eskirgan bo„lib, so„riga 
ko„tarmasdan ishkomda o„stiriladi va hokazo. Bu kamchiliklarni tugatish va mo„l 
hosil olish uchun tokzorni maydon birligida tuplar miqdori me‟yorida bo„lgan, sof 
navli bir xil yoshdagi tok ekilgan yirik massivlar barpo qilishga yordam beradigan, 
ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgani holda so„rida o„stirishga 
moslab qayta tiklash zarur.
Qayta tiklash oldidan xo„jalik geodezik syomka qilinadi, ayrim maydonlar 
bo„yicha tokzorlar puxta inventarizatsiya qilinadi va qayta tiklashning umumiy rejasi 
tuziladi, bunga quyidagilar: maydonning nomi va raqami, tokzorning yoshi, asosiy 
nav ekilgan maydon, aralash navlar va ular egallagan maydon, toklarning siyrakligi
o„tqazish usuli (qator qilib, har xil) va tuplar hamda qatorlar orasidagi masofa, tok 
tuplarini o„stirish usuli (so„riga ko„tarmay, ishkomda va boshqa), tuplarga shakl 
berish, so„ngi uch yilda tokzorning hosildorligi, tokzorni sug„orish usullari (ariqdan, 
bostirib va egatdan sug„orishlar) kiradi.
Tekshirish ma‟lumotlariga qarab, ayrim maydonlarning holati aniqlanadi va 
tokzor butunlay yoki qisman qayta tiklanadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin