Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Chidamlilikni sun’iy invaziya fonida baholaSh



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə19/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Chidamlilikni sun’iy invaziya fonida baholaSh. Chidamlilikni baholashda bir nechta sun’iy invaziya usullari mavjud. Masalan, g‘alla urug‘i maxsus atrofi doka yoki setka bilan o‘ralgan qutilarda maysa paydo bo‘lgancha o‘stirilib, keyin Gessen pashshasi doka yoki setka ichiga qo‘yib yuboriladi.
AQSH da g‘alla ekinlarning shilimshiq qurtga chidamliligini aniqlash uchun laboratoriya uslubi ishlab chiqilgan. Sinash uchun mo‘ljallangan o‘simliklar urug‘lari tuvaklarga yoki qutilarga eqiladi. Bir xaftalik nihollar keyin mahsus katakka qo‘yiladi. Bu erda havo namligi 40-60%, harorat 26 - 270S va keraglicha yorug‘lik sharoitlari ta’minlanadi. Katakning ichiga zarakunandaning lichinka va etuk formalari ham kiritiladi.

Ushbu usul yordamida hasharotning tuxum quyishdagi tanlovchanligi, urg‘ochilarning serpushtligi, lichinkalarning hayotchanligi va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Bu usulning ishonchliligi dala sharoitida olinadigan natijalarga yaqin bo‘ladi.




Entomologik baholashda hisobga olish usullari. Zararkunanda va uning zarar etkazishiga qarab ko‘z bilan chamalash (o‘simlik bitlari, burgalar va b.q.) yoki o‘simlik tahlili (gessen, shved, bug‘doy pashshalari va b.q.) yordamida hisobga olish usullari qo‘llaniladi.
Hisobga olish va kuzatishlar entomologik tajriba o‘tkazish jarayonida zararkunandaning rivojlanishiga qarab bir-necha marta o‘tkaziladi.
Kuzgi bug‘doy ekinlarining gessen, shved va bug‘doy pashshalari tomonidan zararlanishini hisobga olish 3 marta o‘tkaziladi: kuzda, ekinlar qishga kirishidan oldin, bahorda, ekinlar yoppasiga zararlanganda va donning sut pishish davrida.
Zararli hasva zararlashini hisobga olish 2 marta o‘tkaziladi: bahorda, o‘simlik poyalarining nobud bo‘lishi eng yuqori bo‘lganda, va g‘alla pishganda zararlangan don miqdoriga qarab.
O‘simliklarning chidamlilik darajasini aniqlash uchun maxsus shkalalar ishlab chiqilgan. Masalan, g‘alla bitlariga chidamlilik darajasini aniqlash uchun quyidagi shkala qo‘llaniladi (Chesnokov, 1956):
13-jadval.



Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin