Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Topshiriqni bajarish tartibi va usuli



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə2/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. O‘quv xonalarida yoki issiqxona sharoitida tuvakchalarda o‘stiralayotgan bug‘doy navlari 1-2 barg hosil qilib, tuplanish davriga qadar o‘stirilib tajribada foydalaniladi.
Un shudring zamburug‘ini suspenziyasini tayyorlash uchun kuzda kuchli darajada kasallangan bug‘doy o‘simligi issiqxonaga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bunday o‘simlik barglaridan bir nechtasi dars o‘tkaziladigan kuni olinib, ulardagi konidiyalar kolbadagi suvga aralashtiriladi. Tajriba boshlanishidan oldin barg yuzasidagi mum qavati namlangan paxta bilan artib olinadi. Nazorat uchun mum qavati olinmagan o‘simliklardan foydalaniladi.
Mum qavati olingan va olinmagan o‘simliklarga un shudring zamburug‘i konidiyalari suspenziyasi sepilgandan so‘ng, ular ustidan polietilen plyonkasi yopilib, 10-15o S haroratli xonaga 24 soat davomida qo‘yiladi. Eryziphe graminis. D.S., f. Tritici zamburug‘ining inkubatsion davri 5-6 kun bo‘lganligidan kasallantirilgan o‘simliklarda hosil bo‘lgan zamburug‘ konidiyalarini saqlovchi konidiyabandlar miqdori tajriba va nazorat variantlardagi o‘simliklarda navbatdagi darsda alohida hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari 1-jadvalga yozib boriladi.
Tajriba natijalarining muhokamasi. Darsning oxirida o‘qituvchi doskada har bir partada o‘tirgan talabalar chiqargan tajriba va nazorat variantidagi zamburug‘ sporalari soni va o‘lchamini belilgan jadvalga solib, hisoblab chiqaradi. Natijada mum qavatining bug‘doy o‘simligini un shudring kasalligi bilan zararlanishidagi roli aniqlanadi.


1-jadval


Bug‘doy navi


Variatar


O‘simlik NN



Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin