Tajriba natijalarining muhokamasi. Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turiptiki,bir urug‘ yuzasidagi sporalar miqdoriuning infeksiya darajasiga bog‘liqdir. Infeksiya darajasining ortishi urug‘ sporalar miqdorini ortishiga sabab bo‘ladi.
Infeksiya darajasining ortishi urug‘ unish davrida uning kasallanishi ortishiga sabab bo‘ladi va nihoyat o‘simlikning qattiq qorakuya kasalligi bilan kasallanish hollari ko‘payadi.
5-jadval
Bug‘doy donining o‘rtacha infeksiyalangan darajasi.
Topshiriq. Ekinlarning kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda ularning chidamliligi, boshqa belgi va xususiyatlarini baholashda faqat o‘simlik bilan patogen munosabati bilan ifodalanishini hamda bevosita va bilvosita usullarni tuproq va o‘simlik qoldiqlarida qishlab qoluvchi kasalliklar misolida o‘rganish.
Zarur jixoz va materiallar.Tarqatma materiallar, rangli plakat va rasmlar, tegishli o‘simliklar kasalliklari gerbariysi, rangli qalam, lineyka.
Topshiriqning mazmuni, bajarish tartibi va muhokamasi. Seleksiya amaliyotida navlar tabiiy yoki sun’iy, ya’ni patogen rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda sinab ko‘riladi..
Tabiiy sharoitda har yili bir xil tarzda kasallik chidamliligini baholash uchun inokulyum zahirasi kerakli miqdorda yig‘ilmaydi. Shuning uchun bunday yillarni kutish seleksiya jarayonining cho‘zilib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, tabiiy sharoitda chidamlilikni baholash jarayonining cho‘zilishini boshqa sabablari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, monogen tipidagi chidamlilikni faqat patogenning aynan shu shtammi mavjud sharoitda baholash lozim. Lekin bu shtammlar ob-havo sharoiti va boshqa omillarga qarab ba’zi yillari umuman paydo bo‘lmasligi, ba’zan esa faqat o‘sim liklarning usuv davri oxirida paydo bo‘lishi mumkin.
Poligen tipidagi chidamlilikni baholash ham dala sharoitida doimo kutilgan natijalarni beravermaydi. Bir necha chidamliligi har xil bo‘lgan navlarni bitta dalada yonma-yon etishtirish bilan baholashda ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki chidamsiz navlarga katta miqdorda inokulyumning to‘g‘ri kelishi chidamli navlarda past ko‘rsatkich belgilanishiga olib keladi. Bu qiyinchiliklarga qaramay navlarni kasalliklarga chidamliligini baholashda aniq usullarining ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi seleksion jarayonning muhim bosqichlari hisoblanadi. Bu usullar infeksion, invazion, provokatsion muhitlar yaratish va chidamlilikni baholaShning maxsus laboratoriya usullarining iShlab chiqilishiga asoslanadi. Bunday usullarining ishlab chiqilishi seleksion jarayonni, yangi navlarni yaratishni jadallashtirilishiga qaratilgan.
Ularning ko‘pchiligi ekspress-usullardir (ya’ni tez usullar) bo‘lib, qisqa muddatda chidamlilik to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ko‘pgina laboratoriya usullari bilvosita usullarga asoslangan. Ya’ni chidamlilik kasallanish yoki zararlanish darajasiga qarab emas, balki chidamlilik
bilan korrelyativ bog‘liqlikda bo‘lgan boshqa ko‘rsatkichga qarab baholanadi. Masalan, bug‘doy va arpaning chang qorakuyasiga chidamliligini baholash uchun gulning urug‘ tumshuqchasida sporalarning o‘sish va donning zararlanish xarakteriga qarab baholashga asoslangan ekspress-usul bilan aniqlanishi mumkin. Baholashning laboratoriya usullari faqat chidamlilikni baholash uchun emas, balki o‘simlikning ba’zi himoya omillari (mexanizmlari) va chidamlilik tiplarini aniqlash uchun ham qo‘llaniladi. Masalan, laboratoriya usullari yordamida patogenning o‘simlikda tarqalishiga chidamliligi kabi xususiyatlari baholanadi.