Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Mavzu O‘SIMLIK URUG‘LARIDA UCHRAYDIGAN INFEKSIYA MIQDORINI ANIQLASH USULLARI. TUPROQ VA ZARARLANGAN O‘SIMLIK QOLDIQLARIDA SAQLANADIGAN INFEKSIYA MIQDORINI ANIQLASH



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə8/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Mavzu O‘SIMLIK URUG‘LARIDA UCHRAYDIGAN INFEKSIYA MIQDORINI ANIQLASH USULLARI. TUPROQ VA ZARARLANGAN O‘SIMLIK QOLDIQLARIDA SAQLANADIGAN INFEKSIYA MIQDORINI ANIQLASH.


Topshiriq. Bug‘doy urug‘laridagi Tilletia caries Tul. Teliosporalar miqdorini sentrifuga usulidan foydalanib aniqlash.
Zarur jixoz va materiallar. Mikroskoplar, okulyar mikrometr, buyum va qoplagich oynachalar, sentrifuga va uning probirkalari, shpatel, 15 sm lik probirkalar, pipetkalar, filtr qog‘ozi.
Topshiriqning qisqacha mazmuni. Urug‘ yuzasidagi infeksiya miqdorini aniqlash uchun sentrifugalash usulidan foydalaniladi. U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: urug‘ namunasini olish, undagi sporalarni yuvish, yuvmani sentrifugalash, suv hajmini aniqlash, bir tomchi suvdagi sporalar sonini aniqlash, umumiy suv hajmdagi sporalar sonini va nihoyat, bitta urug‘ yuzasidagi sporalar sonini hisoblash. Bu usuldan foydalanib, urug‘ nazorat laboratoriyalarida urug‘dagi zamburug‘ turlari (sifat tahlili) va urug‘ning sporalar bilan zararlanganlik darajasi (miqdor tahlili) aniqlanadi.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. Tahlil qilinishi lozim bo‘lgan urug‘ namunasidan 100 tadan ikkita namuna ajratib olinadi va probirkalarga joylashtiriladi. Namunalarga 10 ml suv solinib, 5 minut davomida aralashtiriladi. Urug‘lar yuzasini yuvishdan hosil bo‘lgan suspenziya minutiga 50 marta aylanish tezligida 3 minut davomida sentrifugalanadi. Natijadaprobirkaning ustki qismida hosil bo‘lgan suvning shaffof qismi to‘kib tashlansa, ostki qismiga tushgan qoldiqqa 15 tomchi suv tomizilib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmadan bir tomchi olinib,buyum oynachasiga tomiziladi va mikroskopning kichik ob’ektivida quyidagi sxema asosida kuzatilib, sporalar soni sanaladi.
1 2 3
4 5
6 7 8
9 10
Har bir kuzatish maydonidagi sporalar soni sanalib, bir tomchidagi sporalar sonining o‘rtachasi hisoblab topiladi. Buning uchun andozali qoplagich oynachaning sathi 18x18x24 mm bo‘lganligidan, mikroskopning kichik ob’ektivida kuzatish mumkin bo‘lgan maydonchalar soni aniqlanadi.
Masalan. Qoplagich oynachaning sathida mikroskopning kichik ob’ektivida 17 ta maydonchani kuzatish mumkin bo‘lsa, uning kuzatish maydoni diametri 1,7 mm (1111,0x17); radiusi – 0,85 (1,x2). Pi-formula asosida mikroskopning kuzatish maydonchasi hisoblanadi – 3,14x0,85k 2,27 mm. Bitta qoplagich oynachaning kuzatish maydonchasidagi yuzasi 324:2,27x1411,4 ga teng.
Bir tomchidagi sporalar soni bir kuzatish maydonchasida mavjud sporalarning o‘rtacha soniga nisbatan hisoblab topiladi. Masalan, 10 ta kuzatish maydonchasida o‘rtacha 0,8 teliospora bo‘lsa, bir tomchidagi sporalar soni 0,8x141,4x113,12 ga teng 15 tomchidagi sporalar 113,1x15x1696,8. Bitta urug‘dagi sporalar miqdori 1696,5:100x16,965 ta, yoki yaxlitlab olsak, 17 tani tashkil qiladi.
Bitta urug‘ yuzasidagi sporalar sonini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: X=AK.
Bunda, A-mikroskopning bitta kuzatish maydonchasidagi o‘rtacha sporalar soni; K-bitta qoplagich oynachaning kuzatish maydonchasi, 15 ga ko‘paytiriladi.
Xk= 0,8x(141,4x15) =16,98, yoki yaxlit =17.100

Tilletia caries suspenziyasining infeksiyalangan darajasini hisoblab, aniqlangandan keyin tadqiqot uchun olingan bug‘doy doni namunasining o‘rtacha infeksiya darajasi quyidagi 5-jadval asosida hisoblanadi.




Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin