Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Topshiriq. Fitoftora infestans D.B. zamburug‘ining fiziologik rasalari farqini aniqlaSh. Zarur jixoz va materiallar



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə11/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Topshiriq. Fitoftora infestans D.B. zamburug‘ining fiziologik rasalari farqini aniqlaSh.
Zarur jixoz va materiallar. Fitoftorai nfestans D.B. zamburug‘ining sof kulturasi (2,4 va 1. 2. 3. 4 rasalari), smterilizatsiya qilingan Petri likopchalari, ikki xil navdagi kartoshka tugunaklari, spirtovka, skalpel, pipetka, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynachalar, sterilizatsiya qioingan suvli kolbalar.
Topshiriqning qisqacha mazmuni. Fitoftorai nfestans D.B. zamburug‘i morfologik belgilarining ikkita rasalari farqining yo‘qligi mikroskopda aniqlanadi. Fitoftora infestans D.B. zamburug‘ining rasasi bilan kartoshka tugunagi zararlanadi.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. Fitoftora infestans D.B. zamburug‘ining ikkita rasasi sporangiysidan alohida preparatlar tayyorlanadi. Har bir rasaning mitseliy va konidiyalari mikroskopda o‘lchanadi, morfologik belgilari solishtirilib, konidiya bandlari va koniyalari rasmi chiziladi.
Petri likopchasida hosil qilingan nam kameralarga ikki xil navdagi qirqib qo‘yilgan kartoshka tugunaklari bo‘lakchalari joylashtiriladi. Har bir zamburug rasasidan tayyorlangan konidiyalar suspenziyasiga kolbadagi sterilizatsiya qilingan suv aralashtirilib, konidiyalar miqdori aniqlanadi. Konidiyalar miqdori, soni mikroskopning kichik ob’ektivida qaralganda, 20 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Qirqilgan kartoshka tugunaklari orasiga Fitoftora infestans D.B.zamburug‘i konidiyasi suspenziyasidan pipetka bilan tomiziladi. Birinchi Petri likopchasidagi ikkala nav kartoshka tugunagi yo1. 2. 3. 4. Rasa bilan, ikkinchi likopchadagi kartoshka tugunagi 2. 4 rasa bilan kasallantiriladi.
Petri likopchalari yopilib, ustiga talabaning guruh raqami, familiyasi, zaralantirilgan kun belgilanib, qog‘ozga o‘ralib 18-20oS haroratdagi termostatga qo‘yiladi.
Tajribaning 6-7 kuni o‘tgandan so‘ng tugunak bo‘lakchalarida hosil bo‘lgan nekroz va zamburug‘ sporalarining hosil bo‘lishi kuzatilib aniqlanadi. Har bir rasaning kartoshka tugunagiga ta’siri natijasida hosil qiladigan kasallantirish xususiyatiga qarab navlar chidamliligi aniqlanadi.

Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin