Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Tajriba natijalarining muhokamasi



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə12/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Tajriba natijalarining muhokamasi. Zamburugning har bir rasasi kartoshkaning ma’lum navini kasallantirish xususiyatiga ega. Rasalarning fiziologik ixtisoslashuvida parazit va xo‘jayin-o‘simlik xujayrasining moddalari bir xil bo‘lganida o‘ta sezuvchanlik (ta’sirchanlik) reaksiyasi boshlanib, o‘simlik va parazit orasida nomutanosiblik ro‘y beradi.


Mavzu: BUG‘DOYNING QORA KUYA KASALLIGIGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH UCHUN INFEKSIYALI MUHIT HOSIL QILISH


Topshiriq. Bug‘doy donini Tilletia caries Tul. yoki Tilletia jefis Kuyn. Zamburug‘i teliosporalari bilan zararlash usuli.

Qattiq qorakuya bilan zararlangan bug‘doy boshog‘i (o‘ngda) va sog‘lom boshoq (chapda).


Zarur jixoz va materiallar. Kuzgi bug‘doy doni namunalari, qattiq qorakuya kasalligi bilan kasallangan bug‘doy boshog‘i, hovoncha va chinni likopchalar, sporalarni elash uchun metall elakcha, 100 ml hajmdagi og‘zi yopiladigan kolbalar, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynachalar, texnik va analitik tarozilar.
Topshiriqning qisqacha mazmuni. Bugdoy navlarining qattiq korakuya kasalligiga chidamliligini aniqlash maqsadida, uning doni Tilletia caries zamburug‘i bilan zararlanadi. Buning uchun ekologik sharoitga bog‘liq ravishda 100 g donga 0,1 dan 1 g gacha miqdorda zamburug‘ sporasidan zararlash uchun foydalaniladi. O‘lchab olingan sporalar miqdori og‘zi yopilgan kolbalarga solinib,donlar bilan aralaShtiriladi.
Topshiriqni bajarish tartibi va usuli. Og‘zi yopilgan kolbalarga 50 g miqdorida bug‘doy doni solinadi. Kasallangan boshoqlardagi donlar chinni hovonchalarda maydalanib, uni elakchadan o‘tkaziladi.
Teliosporalar qaysi turga mansubligini bilish uchun preparat tayyorlab mikroskopda ko‘riladi. Qattiq korakuya kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining Tilletia caries turi teliosporalari qoramtirg‘jigar rangda bo‘lib, dumaloq, yuzasi g‘adirg‘budur po‘stli, o‘lchami 16-22 mkm, Tilletia jefis turi esa silliq yuzali, ovalsimon, och jigar rangda bo‘lib, o‘lchami 17-19 mkm ni tashkil etadi.
Korakuya zamburug‘i teliosporalari 0,1, 0,5, 1 g miqdorda tarozida tortib olinib, 100g don bilan aralashtiriladi. Xar bir kolbadagi sporalar miqdoriga qarab urug‘larning zararlanganlik darajasi hisoblab topiladi. Bug‘doy, arpa, tariq, makkajo‘xori, sholi, kabi o‘simliklar qora kuya bilan kasallanib hosili kamayadi va maxsulot sifati keskin yomonlaShadi. Kasallik g‘alla ekinlari to‘p guli etilganidan so‘ng don o‘rnida zamburug‘ sporalari bilan zararlanshi natijasida qorayib ketishi bilan harakterlanadi. Bu changlar qora kuya zamburug‘ining tinchlik davrini kechiruvchi xlamidosporalari hisoblanib, kasallangan urug‘lar vositasida tarqaladi.
Qora kuya kasalligi kelib chiqishi va namoyon bo‘lishiga, ichki va tashqi belgilariga ko‘ra qattiq qora kuya va chang qorakuyaga bo‘linadi. Qattiq qora kuya kasalligida urug‘ning epidermis qismi zaralanib urug‘ po‘sti butunligicha qoladi. Urug‘ po‘stning ichi zamburug‘ning xlamidosporalari bilan to‘lgan bo‘ladi. Changqora kuya kasalligida urug‘ po‘sti yorilib ketib, sporalari shamol yordamida tarqaladi.
Masalan, qattiq qorakuyaning tarqalishini Adham fermer xo‘jaligida tarqalishini 4 ta ekinzorlarda tarqalishini hisoblash natijalari quyidagicha: 400 ga maydonda 0% kasallanish aniqlandi; 300 ga maydonda 0,3 % kasallanish aniqlandi; 200 ga maydonda 1% kasallanish aniqlandi; 100 ga maydonda 2% kasallanish aniqlandi;
Kasallikning tarqalishini o‘rtacha foyizini hisoblash uchun kasallik ning tarqalish foyizini tadqiq qilingan maydonlarga ko‘paytirilib, umumiy maydonlar yig‘indisiga bo‘linganda fermer xo‘jaligining o‘rtacha kasallanish foyizi aniq bo‘ladi.
6- jadval


Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin