Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Mavzu: KASALLIK QO‘ZG‘ATUVCHILARNING IXTISOSLASHUVI. FIZIOLOGIK RASSALAR



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə10/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Mavzu: KASALLIK QO‘ZG‘ATUVCHILARNING IXTISOSLASHUVI. FIZIOLOGIK RASSALAR.


Topshiriq. Fiziologik rasalar ta’rifi, mohiyati va ahamiyati bilan tanishish.
Zarur jixoz va materiallar. Leksiyalar kursi, o‘quv qo‘llanma va tarqatma materiallar, rangli jadvallar va rasmlar.
Topshiriqning qisqacha mazmuni. Talabalar dars vaqtida fiziologik rasalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi, ularning paydo bo‘lishi, soni, zararlashi bilan tanishadi.
Topshiriqning bajarish tartibi va usuli. Fiziologik rasalar bir-biridan xo‘jayin-o‘simliklarda qanday reaksiyalarni qo‘zg‘atishi bilan farqlanadi. Fiziologik rasalarni aniqlashda ishtirok etgan navlar differensiatorlar (tabaqalantiruvchi) deb ataladi.
O‘simlikning chidamlilik geniga parazitni virulentlik geni to‘g‘ri keladi. Masalan, kartoshkaning fitoftorozini qo‘zg‘atuvchi patogenda 11-ta virulentlik geni mavjud, bu esa kartoshkaning chidamlilik genlari shu raqamga teng, ya’ni 11-ta. Demak, tabiatda parazit rasalarining soni 211, yoki 2048 taga teng.
Bunda tabaqalanish zararlanish ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni bitta nav-differensiator ikkita reaksiya berishi mumkin - o‘simlik zararlanadi yoki zararlanmaydi. Bu hodisani matematik tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi - 2n, bunda 2 - rasalar ta’sirida zararlanish reaksiyalar soni, n - foydalanilgan nav-differensiatorlar soni. Yuqoridagi misolga qaytsak, kartoshkaning fitoftora kasalligi 11-ta nav-differensiatorlar yordamida tabaqalashtiriladi.
Lekin eng ko‘p nav-differensiatorlar bug‘doyning poya zangida aniqlangan - 20-ta, ya’ni raslar soni 220 ga teng, raqamlarga aylantirsa - 1mln 48 ming 576 tani tashkil etadi. Agar har bitta fiziologik rasa ma’lum muayyan navni zararlashini inobatga olsa, bu kasallikni bartaraf qilish juda qiyin ishdir.
Rasalar ham o‘z navbatida biotiplarga bo‘linadi, ularning soni har bir rasa uchun turlicha bo‘lib, 2-3 tadan 12-15 tagacha bo‘lishi mumkin. Biotip fiziologik rasadan deyarli farq qilmaydi, farq qilsa ham buni oddiy ko‘z bilan payqab bo‘lmaydi: zang yostiqchalari rangi sal xiraroq, birmuncha kichikroq va hokazo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin