Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Topshiriqni bajarish tartibi, usuli va muhokamasi



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə7/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Topshiriqni bajarish tartibi, usuli va muhokamasi. Infeksion fonni yaratilishida birinchi bosqich infeksiyani to‘plash hisoblanadi. Parazitning turiga qarab infeksiya to‘plash jarayoni turlicha o‘tadi. Fuzarioz va vertitsillyoz so‘lish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi yarimparazitlar yoki boshqacha fakultativ parazitlar, kolba yohud boshqa shisha idishlarda bo‘g‘langan boshoqli g‘alla donlarida osonlikcha ko‘payadi. Boshqa parazit zamburug‘lar, masalan, kartoshkaning fitoftoroz, olmaning kalmaraz, g‘allagullilarning gelmintosporioz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini esa mahsus tayyorlangan oziqlantirilgan muhitlarda yoki tabiiy substratlarda (kartoshka bo‘laklari- fitoftoroz uchun, olxo‘ri damlamasi- monilioz uchun va h.k.) to‘plash mumkin.
Sun’iy sharoitlarda ko‘paytirib bo‘lmaydigan yoki ko‘paytirishi qiyin bo‘lgan patogenlarning sporalarini kasallangan o‘simliklardan yig‘ib olib quruq holda muzlatgichlarda saqlash mumkin. Shu usulda zangning uredosporalarini va qorakuyaning xlamidosporalarini infeksionligini yo‘qotmasdan bir necha yil saqlash mumkin.
O‘simlik hujayralaridan tashqarida nafaqat ko‘payish, hatto uzoq muddatda saqlanishga ham moslashmagan viruslarni yig‘ish va saqlash ayniqsa qiyin. Viruslarni yig‘ish va saqlash uchun ularga moyil o‘simliklarni teplitsada zararlantirib keyin izolyatorlarning ichida, boshqa viruslar bilan zararlanmaslik choralariga rioya qilib bu o‘simliklar parvarish qilinadi va shtamm o‘simliklari deb ataladi.
Ikkinchi bosqich – zararlantirish. Bu bosqichda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
  • Iloji boricha parazitning barcha fiziologik rasalari (irqlari) ga chidamliligini sinash, chunki parazitning ayrim rasalariga chidamli o‘simlik boshqa rasalariga chidamsiz bo‘liShi mumkin.


  • Optimal infeksion yuklamani yaratish. Bu degani, o‘simlikka parazitning to‘liq zararlanish darajasini ta’minlaydigan sporalar miqdorini etkazish. Masalan, bug‘doy urug‘larining har bir kilogrammi 1 – 10 gramm qattiq qorakuya xlamidosporalari bilan zararlantiriladi.





Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin