8
2007
11. Hoshimov, O‘. Ikki eshik orasi : Roman / O‘. Hoshimov; Muharr. Sh. Ergasheva.
– Toshkent: Sharq, 2007 (Matbaa). – 576 b.
Ushbu asarda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va
murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti,
qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.
2008
12. Hoshimov, O‘. Dunyoning ishlari : Qissa / O‘. Hoshimov; Muharr. Г. Зокирова.
– Toshkent: Sharq, 2008 (Sharq). – 206 b.
Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik tarona uning “Dunyoning ishlari” qissasida eng
baland pardalarda jarangladi. Bu asar ona haqidagi, ona qalbining cheksiz sahovati
to‘g‘risidagi o‘ziga xos qasidadir. Asardagi Ona - farzandi, uning oromi, baxti uchun
jonini, jahonini berishga tayyor. U ming-minglab o‘zbek onalarining timsoliga
aylandi. Har bir o‘zbek kitobxoni unda o‘z onasining qandaydir fazilatini topgandek
bo‘ladi.
13. Hoshimov, O‘. So‘qqabosh bevagina : Hajviy hikoyalar / O‘. Hoshimov; Muharr.
K. Qayumov. – Toshkent: Sharq, 2008. – 220 b.
Elimizning ardoqli va atoqli adibi O‘tkir Hoshimovning salmoqli asarlari, o‘nlab
hikoyalari xalqning ma’naviy mulkiga aylangan. Shu bilan birga adibning ko‘pgina
hajviy hikoya va qissalari, komediyalari ham borki, ular kitobxonga hushchaqchaq
kayfiyat bag‘ishlaydi. Ushbu kitobga yozuvchining eng sara hajviy hikoyalari
kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: