Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

URBANIZATSIYA SHAHARLASHISH. 
Urbanizatsiya hozirgi zamondagi eng muhim ijtimoiy iqtisodiy jarayonlardan 
biri hisoblanadi. Urbanizatsiya deb mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarning 
o’sishi va shahar aholisini salmog’i ortishi, murakkab shaharchalar shaxobchalari,
tizimlarinin paydo bo’lishi va rivojlanishiga aytiladi. Binobarin, urbanizatsiya. 
Jamiyat hayotida shaharlar ahamiyatining tarixiy o’sish jarayongidan, jamiyatning 
aholi mehnati, turmush tarzi va madaniyatining ko’proq shaharlarga xos bo’lib
o’zgarib borishidan iboratdir. 
Hozirgi zamon urbanizatsiyasi butun jahonga tegishli jarayon bo’lib ko’pchilik
mamlakatlarga xos bo’lgan uchta umumiy xususiyatga ega. 
Birinchi xususiyat - shahar aholisi sonining xususan rivojlanayotgan 
mamlakatlarda tez sur’atlar bilan o’sib borishi. Masalan, 1900 yilda jahon axosilining 
14 % ga yaqini shaharlarda yashagan bo’lsa 1950 yilda 29 % ga, 1990 yilda 45 % ga 
hisobda olganda shaharlar aholisi har yili 50 mln. kishiga ko’payib bormoqda. 
Aholishunoslarning fikriga ko’ra, 2000 yilga kelib, shahar aholisi jahon 
aholisining yarmidan oshib ketdi. 
Ikkinchi xususiyat - aholi va xo’jalikning asosan yirik shaharlarda to’planishi. 
Bunga ishlab chiqarish xususiyati, uning ilm-fan, ta’lim bilan aloqasining 
murakkablashib borayotgani sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari katta shaharlar 
kishilarning ma’naviy ehtiyojlarining odatda to’liqroq qondiradi. 
Hozir jahonning eng yirik shaharlari Mexiko, Tokio, Nhyu-York. Pekin, 
Shanxay kabilardir. Bu shaharlardan Mexikoda 20 mln. kishidan ortiq kishi
qolganlarida 10-20 mln. kishi yashaydi. 
1950-2000 yillarda shahar aholisi sonining o’sishi. 
Uchinchi xususiyat - shaharlar maydonini kengayib ketishi. Hozirgi zamon 
shaharlashishi uchun shaharlarning oddiy bir o’zakli shaklidan shaharlar va 


- 63 - 
qishloqlar tutashib ketib, shaharlar guruhi, shaharlar «uyumi» shakliga, ya’ni 
shaharlar agromeratsiyasi shakliga o’tish xosdir. 
Urbanizatsiya butun jahon jarayoni sifatida umumiy xususiyatlarga ega 
bo’lish bilan birg turli mamlakatlar va hududlarda o’ziga xos xususiyatga ega. Bu 
xususiyatlar urbanizatsiyaning har xil darajada ekanligida va sur’atida aks etadi. 
Urbanizatsiya darajasi ancha past bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda 
shaharlashish eniga o’smoqda, shahar aholisi tez ko’payib bormoqda. Shaharlar 
aholisining yillik o’sishi 4/5 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi. 
Shaharliklarning mutloq soni esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagidan 
anchagina oshib ketdi. Ilm fanda shahar portlashi deb nom olgan bu hodisa 
rivojlanayotgan mamlakatlarning butun sotsial - iqtisodiy taraqqiyotida muhim 
omillaridan biri bo’ldi. 
Shaharlarning tez o’sayotganligiga qaramay jahon aholisining yarmidan 
ortig’i qishloqlarda yashaydi. Qishloqlarning umumiy soni esa 15-20 mln. ga 
yetadi. Qishloq aholisini joylanishida asosan ikki usul mavjud: g’uj va tarqoq 
joylashish. 
Qishloqlarning mavjudligi tarixiy, iqtisodiy rivojlanishga tabiiy sharoitning 
xususiyatlariga bog’liq. Hozirgi vaqtda urbanizatsiya atrof muhitning o’zgarishiga 
katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Katta shaharlar va aglomeratsiyalar ifloslikning 
deyarli asosiy manbai bo’lib, atrof-muhitga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Birinchi
o’rinda atmosfera havosini ifloslanishi kuzatiladi.
Urbanizatsiyalashgan hudud quriklikni 1% egallaydi jaxon aholisini 47 % 
yashaydi. Yalpi ichki maxsulotni 80% zararli chiqindilar va gazlar 80 % 
urbanizatsiyaga to’g’ri keladi. 
Urbanizatsiya 1800 yilda 2,4 % , 1900 yilda 14 %, 1950 yilda 29 %, 1990 
yilda 45 % 2001 yilda 47 % tashkil etdi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin