SHAMOL ENERGIYASI VA UNI O’ZLASHTIRISH USULLARI.
Shamolning katta kuchi hisobiga ekoligik toza texnologiyali elektr energiya ishlab
chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Kosmosdan olingan rasmlarning
ko’rsatishicha, mustaqil hamdo’stlik davlatlari territoriyasining havo okeani
doimiy shamol ta’sirida turadi. Undan energiya manbai sifatida foydalanib, turli
shamol elektr stansiyalari yaratish fikri maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun
shamoldan foydalanishga maqbul joylarni tanlash va ularni tavsiflash uchun
tegishli ma’lumotlarni to’plash kerak. Shamol elektr stansiyalari uchun yangi temir
yo’llar qurish, yoqilg’i qazib ollish va uni tashib keltirish kerak bo’lmaydi va
hokazo.
Shamol tegirmonlari birinchi marta XII asrda tilga olingan. Bu
tegirmonlar asta-sekin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab,
ular guruh-guruh qilib qurilgan. Bunday tegirmonlar keyinchalik yanada
takomillasha bordi.
Agar asrimizning boshida Rossiya Federatsiyasida mavjud bo’lgan
shamol tegirmonlar o’rniga shu zichlikda yirik energoagregatlar o’rnatilsa, ular
ishlab chiqargan energiya bilan aholisi 500 million bo’lgan hozirgi eng
rivojlangan davlatni energiya ta’minoti me’yoridan 8 marta ko’p ta’minlash
uchun yetgan bo’lar edi.
Shamol energetikasini, avvalambor, qayerda doimiy shamol bo’lsa, o’sha
joyda rivojlantirish maqbul. Jumladan, bizning Respublikamizda Farg’ona
viloyatining O’zbekiston tumanidagi Yaypan va Bekobod shaharlari yaqinida
shamol elektr stansiyalarini joylashytirish mumkin va hokazo.
Shamol energiyasidan foydalanib elektr energiya ishlab chiqarishda
Daniya mamlakatining tajribasi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu mamlakatga
birgina 1990yilda shamol elektr stansiyalari hisobiga 4 millliard kilovatt-soat
elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Amerika Qo’shma Shtatlarining Janubiy Kaliforniya shtatida 20 ming
dona shamol agregatlari ishlaydi. Ular ishlab chiqaradigan elektroenergiya
qariyb 2 ta atom elektr stansiyalarining ishlab chiqargan elektr energiyasiga
teng. Shamol elektr stantsiyalarining kelajagi porloq. Hozirgi vaqtda shamol
elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan 1 kilovatt soat energiyaning
Dostları ilə paylaş: |