Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


II BOB. Maktabgacha talim tashkilotida bolalarni qurish-yasashga o‘rgatish



Yüklə 158 Kb.
səhifə6/9
tarix23.03.2023
ölçüsü158 Kb.
#89290
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishiiiii

II BOB. Maktabgacha talim tashkilotida bolalarni qurish-yasashga o‘rgatish.
2.1. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni.

«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi. O'z xarakteriga ko'ra bolalar qurish-yasashi ko'pincha tasviriy va o'yin faoliyati bilan o'xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg'a uchun.
Qurish-yasash faoliyati - amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgHangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog'ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda qurilish materiallaridan, turli xil mayda to'plamlardan foydalaniladi. Masalan, M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7 mazmunli to'plamlar: «Kosmod-rom», «Temir yo'l vokzali» va boshqalar. Mashg'ulot paytida materiallar ko'p bo'lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon; o'simlik va transportni ifodalovchi mayda o'yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagiayrim narsalarni, ya'ni quyon uchun uy, mashinalar va yo'lovchilar uchun ko'prik yasaydilar. O'yinchoqlarni qurish-yasashdaishlatish katta ahamiyatga ega, o'yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Qurilish materiallari ma'lum bir javonlarda, tartib bilan saqlanadi.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga orgatishning vazifalari.
I kichik guruh. Bolalarga qurilish materiali-kubik, g`ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g'ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birining ustiga qo yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o'rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o'rtasidagi o'xshashlikni topishni bolalardan so'raydi.
II kichik guruh. Bolalarga asosiy qurilish materiallarini (kubik, g'ishtcha, plastilin) farqlash bilan birga, ularni nomini aytish, katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past kabi so'zlarning ma'nosini tushunib aytish, g'ishtchalarning orasini teng masofada joylashtirish kerakligi tushuntiriladi.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning mazmuni.
I kichik guruh. Bolalarga 8-10 qurilmalar qurish o'rgatiladi. Masalan, mebel (stolstul, divan, krovat), zinapoya, ko'prik, uycha, tramvay. Birinchi mashg'ulotlarda bolalar oldingi guruhlarda yasalgan qurish-yasash ishlarini qaytaradilar, so'ng bolalar mebel quradilar.Avval bolalar alohida predmetlarni turli variantlarda, so'ng 2-3
qurilmalarni birdaniga qurishni o'rganadilar (stol va stul, divan va hokazo).Keyingi mashg'ulotda bolalar katta uy quradilar, 3-4 kubiklardan, so'ng 6 kubik yoki g'ishtchadan zinapoya quradilar. Ishning keyingi bosqichi - ko'prik qurish, 2 kichik prizmadan ko'prik qurishadilar.
II kichik guruh. Dastlabki mashg'ulotlar ikkinchi kichik guruhda g'ishtchalarni bir tekisda yo'lakcha qilib terib chiqish malakalarini rivojlantirish, mustahkamlashga qaratiladi. Bolalar qisqa yo'lka, keng yo'lkalar quradilar. Keyinchalik tramvay yo'li qurishni bolalardan talab qilish mumkin. Bu mashg'ulotlarning asosiy maqsadi-bolalarga g'ishtchalarni bir tekislikda joylashtirishga vauzun-qisqa,tor-kengkabi tushunchalarni o'rgatish. Keyingi mashg'ulotlarda bolalar g'ishtchalarni vertikal holda joylashtirishni o'rganadilar. Shundan keyin bolalarga tarbiyachi darvozani turli variantda yasashga o'rgatadi
(g'ishtchalarda, kubik, plastilindan). Bularni bolalar ma'lum ketma-ketlikka asoslangan holda bajaradilar. Tor-keng, baland-past tushunchalari darvoza qurish jarayonida bolalarga tushuntirib boriladi: keng darvoza - yuk mashinasi uchun, tori esa-yengil mashina uchun, baland darvoza - katta qo'g'irchoq uchun, pasti esa - kichik
qo'g'irchoq uchun mo'ljallangan. Bolalarga bir necha mashg'ulot davomida sistemali ravishda uychaning yangi konstruksiyasi berib boriladi. Tarbiyachi har gal yangi konstruksiyani oldingi konstruksiya bilan solishtiradi, ular o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarini topadi. Bolalarda namunaga qarab uychani qurish malakasi hosil bo'lganligini tekshirish uchun, namunani o'zlari mustaqil tarzda qurib berishlarini tarbiyachi iltimos etadi. Masalan, tarbiyachi boladan namunada qurilgan uychani, balandroq qilib qurib berishni so'raydi. Masalaning bu turi bolalarda aqliy faollikni yanada oshiradi.
Birinchi kichik guruhda tarbiyachi dastavval bolalarni qurilish materiallari - kub g'isht bilan ularning shakli katta-kichikligi tekis stol yuzasida turlicha joylashishi (ya'ni g'isht yotibdi, g'isht turibdi) va uning mustahkamligi, holatiga bog'liq ekanligi bilan tanishtirib boradi. Gishtlarni ketma-ket, gorizontal joylashtirib (poyezd yo'lkacha) bir-biri ustiga qo'yish orqali oddiy to'siqlar (darvozalar uylarni) qurishga o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarni o'z qurilmalari bilan hayotdagi tanish predmetlar o'rtasidagi o‘xshashlikni topishga, aniqlashga o'rgatib boradi
Birinchi kichik guruhda bolalarni 8-10 oddiy bo'lgan qurilmalarni barpo etishga o rgatiladi, (stol, stul, divan, krovat, minoracha, koprikcha, uycha, tramvay) kablarni qurishga o'rgatiladi. Dastlabki mashg’ulotlarda bolalar oldingi guruhda bajarilgan qurilmalarni qaytadan quradilar, so'ng mebel qurishga o'rganadilar. Oldin bu predmetlar alohida turli xil variantlarda quriladi, so'ng bolalarga birato‘lasiga 2-3 ta qurilmalarni qurish taklif etiladi (stol, stullar, stol va divanlar) bu qurilmalar bilan bolalar o'yin o'ynashlari uchun bolalarga turli xil qog'irchoqlar, idishlar beriladi. Keyingi mashg'ulotlarda bolalar uycha, qurishlar uchun 3-4 kubikdan bir-birining ustiga qo'yish 3 yoqli prizma bilan ustini qoplash orqali quradilar. So'ng kubikdan yoki g’ishtdan yuqoriga taxlash orqali narvoncha quradlar. Bolalar bu qurilmalarni qurish yo‘llarini o'zlashtirib olishgach, ular tarbiyachining so‘zi orqali qirilmalarni qurishga 2ta kubikdan plastinalar va ikki kichik uch yoqli prizma yordamida ko'prik qurishni o'rganadilar. Tarbiyachi bolalarni bog’cha uchastkasida va guruh hovlisida mashg'ulot jarayonida o‘rgangan qirilmalarni qurib, ular bilan o'yinlar o'ynashga qiziqish uyg'otishi kerak. Ikkinchi kichik guruhda dastlab birinchi kichik guruhda olgan bilim va malakalari mustahkamlanadi. Bolalar keng va tor yo'lkachalarni, g'ishtlarni qatorasiga tekislikda joylashtirish orqali quradilar. Keyinchalik tramvay uchun har bir bola kalta yo'lkachani, hammasi bir bo'lib, tramvay yo'lini quradilar. Bu mashg'ulotlardan maqsad bolalarni g'ishtchalarni tartibli qilib bir-biriga ulashga yoki birlashtrrishga, ularning fazoviy belgilarini to'g'ri atashga, uzun qisqa, keng-torligini o'rganadilar. Keyingi 2-3 ta mashg'ulotlarda bolalar g'ishtlarni bir-biriga zich yoki ma'lum bir oraliqda vertikal joylashtirishga o'rganadilar. Bunda g'ishtlarni uzunasiga yoki ensiz, qisqa tomoni bilan joylashtirishni o'rganadilar. Masalan, shu maqsadda bolalar o'z hayvonlaridan o'rdakcha, kuchukcha uchun panjaralar quradilar. Keyingi mashg'ulotlarda bolalar darvozalarning turli variantlari bilan tanishadilar. Bularni kub va plastinalardan quradilar. Tarbiyachi bolalarning keng va tor haqidagi tushunchalarni egallashlari uchun, ularga yuk mashinasi uchun keng darvoza, yengil mashina uchun tor darvozalar qurishni taklif etadi. Bitta qurilma detallarini o'zgartirish orqali uning qurilish yo'llarini o'zgartirish mumkinligini bolalarga tushuntirish maqsadida tarbiyachi bir nechta mashg'ulotlar uyushtiradi. Har bir mashg'ulotda qat'iy sistema asosida yangi qurish konstruksiyasi bilan tanishtiriladi va uni eski konstruksiya bilan solishtirib, ular orasidagi farq aniqlashtiriladi. Bolalar tarbiyachining namunasiga qarab qurishni o'zlashtirib olishgach, tarbiyachi bolalar oldiga xuddi shunday uycha, ammo balandroq yoki uzunroq qilib qurishni taklif etishi mumkin. Avvalo, tarbiyachi shu konstruksiyani saqlab qolib, faqatgina uni uzunroq yoki balandroq qilib qurish yo'llarini oldindan tushuntirib beradi. Bu esa bolalarda aqliy faollikning o'sishiga olib keladi.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhda bolalarni qurishga o'rgatishda kublar, g'ishtlar, plastina va uch yoqli prizmalar to'plarnidan iborat qurilish materiali M.A.Agapova muallifligidagi, shuningdek, № 3-4 bo'lgan qurilish to'plamlaridan foydalanadilar. Yil davomida tarbiyachi birinchi kichik guruhda to'rtta-oltitadan bo'lib, mashg'ulotlarni uyushtiradi. Asta-sekin guruhchalar soni ko'paytiriladi, yilning ikkinchi yarmidan boshlab, butun guruh bolalari bilan o'tkaziladi. Kichik guruh bolalarini qurishga o'rgatishda turlicha metodlardan foydalaniladi. Asosiy o'rinni informatsion-retseptiv va reproduktiv metod egallaydi. Bolalar nimani qurish va qanday qurish kerakligi bilan tanishtiriladi. Shu maqsadda tarbiyachining qurish namunasidan qurish yo'llarini ko'rsatish va to'g'ri tushuntirish jarayoni bilan birgalikda foydalaniladi. Bolalarni u yoki bu qurilmani qurishga o'rgatishdan oldin, tarbiyachi bolalarni o'sha predmet, uning qismlari bilan, ularning amaliy belgilari bilan tanishtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi sayr vaqtida bolalar bilan arg'imchoqni kuzatadi, u ikki qismdan iborat: birinchi qism zinapoya, ya'ni bolalarning tepasiga chiqishlari uchun, ikkinchi qismi esa, tushishi uchun sirg'aluvchi qismi. Bunday maqsad sari ko'rib chiqishlar, uyushtirishlar yordamida bolalar bu narsalarni o'z qurilmalarida ijobiy hal qilishlariga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni qurishga o'rgatishda o'z namunalarini ko'rib, tahlil qilib chiqadi. Oldin namuna yaxshilab ko'rib chiqiladi, butun bir holda, so'ng esa ularni qismma-qism ko'rib chiqiladi. Masalan, uycha devorlari, to'siqlari va tomi. So'ng ularning shakllari va bir-biriga nisbatan joylashishlari ko'rib chiqiladi. So'ng har bir qismning qaysi detallardan qurilganliklari ko'rib chiqiladi. Masalan, uychaning tomi, qatorma-qator qo'yilgan prizmalardan iborat va h.k. Namunani bunday tartibda ko'rib chiqish, qurilmani bunday bunyod etishda ketma-ketlikka rioya qilishga yordam berib, bolalar uchun ham qurish-yasash jarayonini ancha osonlashtiradi. Tarbiyachi bolalarni qurish-yasashning texnik usullariga o'rgatishda, bolalarning o'zlari mustaqil ravishda harakat qilishlari uchun qurish-yasashning xilma-xil variantlaridan va uni qurishning turli yo'llaridan foydalanishga o'rgatib boriladi. Bu vaqtda tarbiyachi reproduktiv va evristik metodlardan birgalikda foydalanadi yoki qo'llaydi. Har bir mashg'ulot oxirida tarbiyachi bolalarni o'zi qurgan ishlari yoki qurilmalari bilan o'yin o'ynashlari uchun ikki-uch daqiqa ajratib beriladi bu esa bolalarda o'yin jarayoniga nisbatan qiziqishni uyg'otadi, unda foydalanadigan o'yinchoqlar esa bolalarni qurish-yasashga chalg'itmay, balki qurish-yasashga nisbatan qiziqish, havas paydo qiladi. Tarbiyachi bolalarga qurilish materiallari detallari nomini faqatgina mashg'ulotlarda emas, balki mashg'ulotdan keyin ularni yig'ib qo'yish jarayonida ham tushuntirishni amalga oshiradi. Masalan, qurilmalarni yig'ib-terganda, oldin kublar, so'ng plastinkalarni va bolalar qurish-yasash jarayonida she'r, qo'shiqlardan, ertaklar mazmunidan («Uch ayiq» ertagida) mebel qurishda foydalanish bolalar qurilish ishlarining yana ham qiziqarli bo'lishiga olib keladi. Shuningdek, qurish-yasash jarayonida ba'zi bolalarga savollarni amaliy harakat orqali berish mumkin. Agarda ko'ngilli bolalar vazifani bajarishga qiynalsalar yoki bilmasalar, unda tarbiyachi qaytatdan tushuntirib beradi. Bolalar ishlarini tahlil qilishda faqatgina bolalar ishlarining toza va to'g'riligi ko'rsatib o'tilmay, balki barcha jarayon, ya'ni namunani qanday ko'rib chiqishligi, material qanday tanlanganligi ayrim harakatlar qanday bajarilganligi haqida tarbiyachi gapirib o'tadi. Har bir mashg'ulotdan so'ng tarbiyachi bolalarga qurilmani joy-joyiga qanday taxlashni, qanday ish qo'yishni tizimli ravishda ko'rsatib beradi. Qurish-yasashning oddiy qurilmalarini yasashda bolalar texnik malakalarga ega bo'ladilar.



Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin