Akademik yahyo g’ulomovning arxeologiya faniga qo’shgan xissasi


«O’zbekiston xalqlari tarixi»



Yüklə 24,2 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü24,2 Kb.
#200560
1   2
Muhammadiyev Sayfiddin. Maxsus tarix

«O’zbekiston xalqlari tarixi» asarining ikki tomligini yaratishga kirishdi. Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan ushbu asar fundamental tadqiqot bo’lib,1-tomning bosh muharriri S.Tolstov, maxsus muharrir esa Yag’yo G’ulomov qilib belgilangandi.Bu orada urush tugab yuqoridagi olimlar o’z yurtlariga jo’nab ketishadi.
Garchi yuqoridagi asar o’sha davr mafkurasi va talabi asosida yozilgan bo’lsada, keyingi davrda yaratilgan O’zbekiston xalqlari tarixiga poydevor vazifasini o’tadi.Bu orada Yahyo aka Moskvadagi sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining Moddiy madaniyat (arxeologiya) instituti doktoranturasiga kiradi.
Urushdan so’ng Yahyo G’ulomov, ko’p yillar davomida Quyi Amudaryo bo’ylarida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarini umumlashtirgan holda, 1950 yili Moskvada doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Ana shu ilmiy ishi asosida 1957 yilda ruscha, 1959 yilda bo’lsa o’zbekcha «Xorazmning sug’orilish tarixi» monografiyasi yuzaga keldi.Ushbu fundamental, ilmiy akademik asar Yahyo G’ulomovning tarixshunoslikda g’oyat teran tadqiqotchi ekanligini ko’rsatdi.Chunonchi, sun’iy sug’orishga asoslangan quyi Amudaryo xalqlari hayotida obi hayotning tutgan o’rni, asrlar mobaynida u bilan bog’liq bo’lib o’tgan voqea hodisalar monografiyada haqqoniy yoritilgani sabab, asar keng shuhrat qozondi. Dunyoga mashhur Ermitaj muzeyi direktori , akademik B.B.Piotrovskiy ta’kidlaganidek, “Yahyo G’ulomovning O’rta Osiyo xo’jalik hayotining asosi hisoblangan sug’orish sohasidagi tadqiqotlari haqiqatan ham buyukdir”.
Bundan tashqari, “Xorazmning sug’orilish tarixi” mavzusidagi doktorlik ishi va monografiyasini yozish jarayonida arab, fors tilidagi qo’lyozma asarlar, rus tilidagi kitoblardan 267 tasini o’qib o’rgandi, o’z asarida ana shu manbalardan iqtibos keltirib o’tdi.

Yahyo G’ulomov shu tariqa suv xo’jaligi tizimidagi yutug’u kamchiliklarni o’rganib, soha xodimlarining tajribalarini , o’zining ekspeditsiyada to’plagan ma’lumotlarini boshqa manbalarga taqqoslagan holda “Xorazmning sug’orilish tarixi” monografiyasini yaratdiki, ushbu asar mavzuga har tomonlama keng yondoshilganligi bilan e’tiborli, umri boqiy asardir. Garchi mavzu sug’orilish tarixi bo’lsada, suv bu hayot ekan, daryo bo’yida barpo etilgan qa’lalar, ulardagi turmush tarzi, umuman olganda Amudaryo, uning quyi qismidagi hayotning, odamzotning ilk izlaridan tortib to 1950 yilgacha bo’lgan tarix sadolari monografiyada yoritilgan.


Yahyo G’ulomov 1950 yil kuzida qadim Buxorodagi ko’hna madaniyat osori-atiqalarini izlab topish maqsadida shogirdlari Zarafshon vodiysining quyi qismiga yo’l oladi. Fanda Moxondaryo ekspeditsiyasi deya atalgan va moziy bag’ridagi ko’plab sirlarni kashf qilgan arxeologlar guruhining tadqiqot ishlariyam natijali bo’ldi. Arxeologlar Varaxsha, Moxondaryo, Gurdush va Bujayli kabi Zarafshondan ajralib chiqqan o’zanlarda tadqiqotlar olib borib, katta natijalarga erishdilar. Biroq dastlab arxeologlar hafta davomida ko’lning atrofida qazishma ishlarini olib borib biron natijaga erishaolmay tashvishga tusha boshlashdi. Biroq hammadan ham ko’p Yahyo G’ulomov topilmalardan umidvor edi. Nihoyat, YA.G’ulomovning fikri to’g’ri bo’lib chiqdi. Haftaning oxiriga borib palatkani yonidan maydalanib ketgan suyaklar va sopol idish parchalari sochilib yotgan joy topildi. Ularda qo’l-oyoqlari bukilib, g’ujanak holda ko’milgan odam skeletlari bilan birga, sopol idishlar va chaqmoqtoshdan yasalgan kamon o’qi paykonlari, turli xil toshmunchoq va marjonlar, jez zebi-ziynatlar qo’shib ko’milgan edi. Bu miloddan avvalgi 2 minginchi yillikning o’rtalarida dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechirgan ibtidoiy qishloq ahlining qabristoni bo’lib, fanga “Zamonbobo madaniyati” nomi bilan kiritildi” . Bunday noyob topilmalar ekspeditsiyaning keyingi yillardagi faoliyatida yana topildi. Xullas, Moxondaryo ekspeditsiyasi tufayli katta va kichik Tuzkonda neolit davriga ( miloddan avvalgi 5-3 ming yillik ) mansub ovchilar va baliqchilar manzilgohi, bronza davrida ( miloddan avvalgi 2 ming yillik) yashagan ko’chmanchi chorvadorlar qarorgohi, antik zamonlarga oid ashyolar, Axsikentdagi nodir topilmalar o’rganildi. Shu kabi Obirahmat, Ko’lbuloq, Takalisoyda ko’plab ibtidoiy manzilgohlar topildi. Ushbu obidalarni tadqiq qilish tufayli ibtidoiy davrda yashagan ajdodlarimiz hayoti, ibtidoiy dehqonlar yaratgan qadimgi madaniyat, urf-odatlari, e’tiqodi, xo’jalik yuritish tizimiga oid ma’lumotlar, o’zbek fanining , tarixshunosligining obro’si oshishiga xizmat qildi. Yahyo G’ulomov umri davomida erishgan ilmiy yutuqlari quyidagichadir: 1950-yilda Tarix fanlar doktori, 1955-yilda professor, 1958- yilda Ozbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi,1958- yilning 18-iyunda Ozbek SSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan, yahyo G’ulomovga Ozbek SSR xizmat ko’rsatgan fan arbobi sharafli unvonini berilgan. 1966-yil o’zbekiston fanlar akademiyasi akademiki, 2002-yil esa vafotidan so’ng “Buyuk xizmatlari uchun” , orden bilan taqdirlangan. Mustaqqillik yillarida ham bu buyuk olim, akademikni ilmiy merosi chuqur o’rganilmoqda. Uning asarlari shu bugungi kunda Arxeologiya izlanishlariga bir nazariy – amaliy maktab bo’ldi desa ajab emas. Yahyo G’ulomov kabi buyuk Arxeolog olimlarimizning ilmiy merosi Ozbek tarixini shaklanishida muhim devocha bo’lib xizmat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. A/Muhammadjonov . “Yahyo G’ulomovni xotirlab”, Toshkent 2008, “sharq” nashriyoti/
2. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, - Toshkent.2008.
3.O’zbekiston Milliy ensklopediyasi.(2000-2005)
4. Hamid Ziyoyev. “Tarixning ochilmagan sahifalari”, - Toshkent mehnat nashriyoti- 2003.
Yüklə 24,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin