Akademiya


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə15/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar


    1. Diniy tizimlarning yuzaga kelishi sabablari nimalardan iborat?

    2. Diniy tizimlarga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?

    3. Qadimgi Mesopotamiya diniy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

    4. Qadimgi Shumer xudolariga sig‘inish qachon paydo bo‘lgan?

    5. Qadimgi Mesopotamiya diniy ta’limoti va marosimlari nimalarda aks etgan?

    6. Qadimgi Misrda fir’avnlar nima sababdan xudo sifatida ulug‘langan?

    7. Qadimgi Misrning diniy marosimlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?

    8. Yakkaxudolik to‘g‘risidagi g‘oya dastlab qayerda yuzaga kelgan?

    9. Qadimgi Misrda nega odam o‘lganidan keyin mumiyolangan?

    10. G‘arbiy Yevropa madaniyatining rivojlanishiga qaysi qadimgi din katta hissa qo‘shgan?

    11. Qadimgi Gretsiya diniga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan iborat?

  1. mavzu ZARDUSHTIYLIK DINI

Zardushtiylikning kelib chiqishi sabablari va muqaddas bitigi


Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va boshqaruvi urug‘-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari yuzaga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarning hosilasi bo‘lgan. Ular ta’sirida jamiyatda tutgan o‘rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot vazifasini bajargan.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat, shu jumladan diniy e’tiqod ham mos kelmagan. Shu bois, mavjud diniy e’tiqodni yangi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy munosabatlarga moslashtirish zarur edi. Zardushtiylik esa mazkur talablarga mos diniy ta’limot va o‘ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan.
Zardushtiylikning yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat:

  • jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarning yangi davr talablariga mos kelmay qolishi;

  • tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, vazifalari noaniq g‘ayritabiiy kuchlarni ifodalaydigan urug‘-qabilaviy din, o‘z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga ko‘ra guruhlashgan qudratli xudolar bilan almashtirish zarurati;

  • ma’naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash ehtiyoji.

Zardushtiylikning qayerda vujudga kelganligi masalasida muta- xassislar turlicha ma’lumot beradilar. G‘arb (Yevropa va Shimoliy Amerika) mutaxassislarining aksariyat qismi zardushtiylikning Eronda yuzaga kelganligi e’tirof etadilar. Sharqda ham ushbu masalada munozaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zardushtiylik Xorazm yoki Baqtriya da yuzaga kelgan. Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan keyin Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi bilan bu masaladagi bahslar yanada kuchaydi.
Bizning fikrimizga ko‘ra, tarixiy diniy va boshqa manbalar zar- dushtiylikning Xorazm vohasida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi. Avestoda:
«Birinchi muqaddas olov – Atarxurra Eran-vej (ba’zi manbalarda Ayrian vedja)da yoqildi deyiladi3. Mazkur hudud geografik va iqlimiy tavsifiga ko‘ra Xorazmga to‘g‘ri keladi.
Zardushtiylikka taxminan 2700 yil oldin Xorazmda yashagan tarixiy shaxs Zardusht Sepitoma asos solgan. Zardusht ilohiyotshunos, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim va mutafakkir sifatida jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan qabilaviy diniy e’tiqodlarning o‘rniga, elatlarni birlashtiruvchi, yakkaxudolik belgilariga ega, yangi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga mos diniy tizimning asosini ishlab chiqqan. O‘zining diniy qarashlarini oddiy mehnat ahliga tushunarli tilda yozilgan
«Gotlar» she’riy to‘plamida bayon qilgan. Mazkur to‘plam keyinchalik zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning «Yosin» deb atalgan qismiga kiritilgan.
«Zardusht» so‘zi qadimgi fors tilida ushtra – tuya, zarat – sariq, ya’ni keksa tuyachi, tuyachilar avlodi degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi Grek manbalarida mutafakkir zoroastr (grekcha actron – yulduz degan ma’noni anglatadi), ya’ni donishmand munajjim deb yuritiladi.
«Zardushtiylik» atamasi mazkur dinga nisbatan O‘rta asrlardan boshlab qo‘llanilgan. Zero, Zardushtning diniy ta’limotni ishlab chi- qishdagi beqiyos xizmatlari inobatga olingan bo‘lsa kerak. Bungacha u Mazda Yasna, ya’ni mutlaq oqil zotga sig‘inish deb atalgan4.
Diniy rivoyatlarga ko‘ra, Zardusht odamlarni yangi dinga da’vat qilish faoliyatini boshlashdan oldin ibodatxonada kohinlik xizmatini bajargan va qirq yoshida ilohiy haqiqatga erishgan. Zardusht kunlarning birida (erta tong pallasida) muqaddas ichimlik «haoma» (hushyorlik, tiyraklik baxshida etuvchi muqaddas ichimlik)ni tayyorlash maqsadida daryodan suv olish uchun kelgan. Bu yerda unga unga porloq xilqat – Vaxumana ko‘ringan. Vaxumanadan taralib turgan nurdan Zardusht soya tashlamagan. Porloq xilqat uni ortidan ergashtirib, xudo Ahura Mazdaning (Avestoda Ahuro Mazdoh – qadimgi fors tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi – oqil, donishmand xudo degan ma’noni anglatadi) oldiga olib borgan. Ahura Mazda uni odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazishi uchun tanlaganini ma’lum qilgan. Shu vaqtdan u xudo Ahura Mazda hikmatlarini yoyuvchi vakil, ya’ni payg‘ambarlik (ezgulik haqida darak beruvchi kishi)



3 Kapaнг: Myлдonxyжaeв X. вa 6onń. Диншyнocлик: Maъpy%aлap мaтни. – T., 2000. – Б. 38.
4 Aвecтo: Яшт китo6и / M. Иc oкoв тapжимacи. – T., 2001. – Б. 36.
faoliyatini boshlagan5. Lekin avvalida Zardushtning da’vatkorlik faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqqan. O‘z yurtida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Zardusht maqsadiga erishish uchun vatanini tark etishga majbur bo‘lgan. Qo‘shni Baqtriya davlatida Zardushtga omad kulib boqqan. Baqtriya malikasi Xutosa va Shoh Vishtaspa zardushtiylikni qabul qilganlar. U Baqtriyaning davlat dini sifatida tan olingan.
Zardushtiylikning Sharq mamlakatlarida keng yoyilishi Ahmoniylar imperiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniylar shohi Kambiz zardushtiylikni davlat dini deb e’lon qilgan. Bu voqea mazkur dinning butun imperiya hududiga yoyilishiga shart-sharoit yaratgan. Diniy ta’limot yanada rivojlantirgan. Diniy marosim va urf- odatlarni ishlab chiqish jarayoni yakunlangan.
Zardushtiylik ta’limoti asoslari muqaddas Avesto (qadimgi fors tilida
– o‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar degan ma’nolarni anglatadi) to‘plamida bayon qilingan. Avesto matnini to‘plash ishlari taxminan 2700 yil oldin boshlangan. To‘plamning matni dastlab midiya, baqtriya, so‘g‘diyona tillarida yozilganligi taxmin qilinmoqda. Miloddan avvalgi IV asrda to‘plamni tuzish ishlari yakunlangan, lekin matniga qo‘shimchalar kiritish asrlar osha davom etgan. Shu bois Avesto biz uchun o‘ziga xos yilnoma vazifasini o‘taydi.
Bizgacha yetib kelgan Avesto matnlarining eng qadimgi qo‘lyozma- lari milodiy III–IV asrlarda dastxat qilingan. Shuningdek, Eron va Hindistonda hozirgi zardushtiylar jamoalarida qo‘llaniladigan muqaddas to‘plamning matnlaridan ham foydalanilgan. Zardushtiylikka e’tiqod qiladigan har qaysi elat yoki millat Avestoga qo‘shimchalar kiritganlari sababli matnlarda tafovutlar bo‘lishi mumkin. Yevropa olimlari tarjima qilgan muqaddas to‘plamning nusxalari asosan Hindistondagi zardushtiylar jamoalarida saqlanib qolgan nusxalaridir.
Tarixiy manbalarda qayd etilishiga ko‘ra, Ahmoniylar imperiyasini va Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 334–327 yillar) 12 ming buqa terisiga yozilgan Avestoning nodir nusxasini qo‘lga kiritgan. Matnlar Iskandarda katta qiziqish uyg‘otgan. Shu bois uning bir qismini grek tiliga tarjima qildirgan. Tarjima qilinmagan matnning katta qismi esa yo‘q qilingan. Lekin Avesto matnining keng ko‘lamda yo‘q qilinishi islomning yoyilishi davridan boshlangan.





5 Acńapoв A. Y%6eкиcтoн тapиxи. – T., 1994. – Б. 105.
Avesto 21 qism (nask)dan iborat to‘plam bo‘lib, bizga qadar uning to‘rtta qismi yetib kelgan: «Vandidot», «Yasna», «Visprat», «Yasht» nasklari1.
Yasna naski xudolarga hamdu sano, munojot va qurbonlik qilish duolaridan tuzilgan. Uning matni 72 bobga bo‘lingan bo‘lib, bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Zardushtning she’riy uslubda yozgan xatnoma (got)lari 17 bob hajmda shu qismga kiritilgan.
Yashtlar naski – zardushtiylarning xudolarini madh etuvchi qo‘shiq. Ahura Mazda yaratgan ma’bud va ma’budalar (Avestoda yazatlar deb yuritiladi) sha’niga o‘qiladigan duo va alqov she’rlaridan tuzilgan. Nask 22 bobdan iborat bo‘lib, shundan 10 tasi saqlanib qolgan.
Visporad naski (barcha boblar degan ma’noni anglatadi) yashtlarga qo‘shimcha tarzda yozilgan bo‘lib, 25 bobdan iborat. Uning qismlari bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Visporad namoz vaqtida o‘qiladigan oyat va suralardan, olamni bilishga oid pand-nasihatlardan tuzilgan.
Vandidot (viydaivadota so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lib, devlarga qarshi qonun degan ma’noni anglatadi) 22 bobdan iborat bo‘lib, ular bizgacha to‘liq yetib kelgan. Vandidot asosan devlarni mahv etishga mo‘ljallangan duolar, poklanish tartibi, Ahura Mazda va Zardushtning savol-javoblaridan tuzilgan.
Avesto matnining hajmi juda katta bo‘lib, dindorlarga tushunish juda qiyinligi sababli, diniy ta’limotning asosiy g‘oyalarini qisqa va sodda tilda bayon qiluvchi kitobga ehtiyoj tug‘ilgan. Tarixiy zarurat natijasida dindorlar kundalik ibodatlarda foydalanadigan duolar va boshqa asosiy diniy marosimlardan tuzilgan «Xurda Avesto» («Kichik Avesto») to‘plami yaratilgan. Unda bizgacha yetib kelmagan nasklarning matnlari ham mavjud.
Avestoda O‘rta Sharq davlatlarining miloddan avvalgi II ming yillikning boshlaridan milodiy I ming yillikning o‘rtalarigacha va undan keyingi tarixiy davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Matnga qadimgi davrning xalq og‘zaki ijodi namunalari (afsonalar, rivoyatlar, ertaklar va matallar) kiritilgan. Unda ma’bud va ma’budalarning vazifalari, o‘zaro kurashlari va taqdirlari aks ettirilgan.
Muqaddas Avesto diniy va ilmiy ahamiyatga ega yozma manbadir. Unda zardushtiylik qabul qilingan qadimgi davlatlarning iqlimi, geografik o‘rni, xo‘jaligi, ularda yashagan qabilalar va elatlarning urf-odatlari, an’analari, o‘zaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Xulosa qilib aytish mumkinki, zardushtiylik ishlab chiqarishning rivojlanishi, mulkiy tengsizlik, sinflar va davlat bilan bog‘liq yangi
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni aks ettiruvchi diniy ta’limot vazifasini bajargan. Uning yuzaga kelishida Zardushtning xizmati katta bo‘lgan va diniy ta’limotida adolat, axloq, mas’uliyat, mustaqil fikrga hurmat, soflik kabi qadriyatlar ustuvorligi sababli u katta hududga yoyilgan, asrlar osha odamlar ongida saqlanib qolgan.
Mustaqillik yillarida mazkur bitikning ahamiyatiga munosib baho berildi. Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlab xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalarida qator ilmiy va ilmiy ommabop maqolalar chop etildi, turkum ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlandi.



Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin