1. Tog‘ jinslariga nimalar kiradi? Minerallarga-chi?
2. Foydali qazilma deb nimaga aytiladi?
3. Yoqilg‘i foydali qazilmalarga nimalar kiradi? Rudali
va noruda foydali qazilmalarga-chi?
4. O‘lkamiz hududida qanday foydali qazilma konlari
mavjud?
5. Foydali qazilmalarni muhofaza qilish uchun nima-
lar qilish kerak?
Daftaringizga tog‘ jinslari, minerallar, foydali qa-
zilmalarning turlarini yozing.
XARITALAR Yer yuzini va uning ayrim qismlarini
xaritadan foydalanib o‘rganish qulaydir.
Globusda Yer yuzi shar sirtida tasvirlansa,
xaritada joylar yassi shaklda tasvirlanadi.
Xarita Globus sirtini ikkiga bo‘lib, doira shaklidagi ikkita
yarimshar xaritasi tuziladi.
- yarimsharlar xaritasi Ulardan biri –
g‘arbiy yarimshar xaritasi , ikkinchi-
si –
sharqiy yarimshar xaritasi deyiladi. Bu haqda
Xaritalarda okean, dengiz, ko‘l kabi suv havzalari
ko‘k rangda tasvirlanadi. Daryolar ko‘k rangdagi egri
chiziqlar bilan aks ettiriladi.
Quruqliklar, ya’ni materiklar va orollar balandligiga
qarab yashil, sariq, jigarrangda tasvirlanadi.
Xaritalarda Yer yuzi yoki uning qismi necha marta
kichraytirilgani maxsus shartli belgi orqali ko‘rsatiladi.
Bunday shartli belgi
masshtab deb ataladi. Masshtab
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mas-
-
makki, xaritaning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi 1 cm
uzunlik Yer yuzining o‘sha ikki joyi orasidagi masofa
Yer yuzidagi barcha dengizlar okeanlarga tutash-
gan. Shuning uchun Yer yuzidagi barcha dengiz va
okeanlarning sathi bir xil bo‘ladi. Yer yuzidagi quruq-
liklarning balandligi ana shu dengiz sathiga nisbatan
hisoblanadi. Yer yuzidagi quruqliklar sirti notekisdir,
ba’zi joylar pastroq bo‘lsa, boshqa joylar balandroq
bo‘ladi. Ayrim joylar esa juda balanddir. Yer yuzining
baland-pastligi tabiiy xaritada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Tabiiy xaritada Tabiiy xaritada tasvirlangan joyning rangiga qarab,
shu joyning dengiz sathidan qancha balandligini bilsa
bo‘ladi. Xaritadagi balandlik shkalasida har bir rang
dengiz sathidan necha metr balandlikni ifodalashi
yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
Yarimsharlar tabiiy xaritasida butun Yer yuzi tasvir -
langan. Yer yuzining bir qismi tasvirlangan tabiiy
xaritalar ham mavjud. Bizning mamlakatimiz –
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi shunday
xaritadir. Bu xaritada o‘lkamiz hududining yer yuzasi
balandligiga ko‘ra turli ranglarda tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida turli
Xaritadagi balandlik shkalasi yordamida o‘lkamiz hu-
dudining yer yuzasi tuzilishini aniqlash mumkin.
Tabiiy xaritada mamlaka timiz hududining g‘arbiy
qismi, asosan, yashil rangda tasvirlangan. Bu joylar-
ning balandligi dengiz sathidan 200 m gachadir.