23
Oyda havo yo‘q. Shuning uchun uning sirtiga
ko‘plab meteoritlar tushib turadi.
Son-sanoqsiz
meteorit larning urilishidan Oyning sirtida ko‘plab
chuqurliklar hosil bo‘lgan.
Yerdan qaraganda Oyning ko‘rinishi turli holatda
bo‘ladi. Ba’zida kechasi Oy ko‘rinmay qoladi. Bir
necha kun o‘tib, ingichka ko‘rinishdagi hilol oy
ko‘rinadi. Kunlar o‘tishi
bilan hilol oy kattalashib,
yarim oyga aylana boradi. Yarim oy kundan kunga
to‘lishib, bir haftadan keyin to‘lin oyga aylanadi
(12-rasm). Bir necha kundan keyin to‘lin
oyning yana
kichrayib borayotganini kuzatish mumkin. Shu tarzda
to‘lin oy yana yarim oyga, so‘ngra hilol oy ko‘rinishiga
kelib qoladi.
Yana bir necha kundan keyin Oy umuman ko‘rinmay
qoladi. Yana bir necha kun o‘tishi
bilan tunda osmon
gumbazida hilol oy paydo bo‘ladi. Oy shu tariqa o‘z
ko‘rinishini o‘zgartirib turadi.
Oy o‘zidan nur chiqarmaydi. U Quyosh nurlarini qayta-
radi. Oyning Quyoshga qarab turgan yarmisi yorug‘,
12-rasm.
Oyning ko‘rinish holatlari: 1
–
1
2
3
orqasi esa qorong‘i bo‘ladi. Tunlari bizga faqat
Quyosh yoritib turgan yorug‘ qismi ko‘rinadi, xolos.
1.
Stol lampasini yoqib, uning nuri yo‘liga koptokni
qo‘ying.
Lampani Quyosh deb, koptokni esa Oy deb
tasavvur qiling. Koptokka lampa tomondan qarang.
Bunda koptokning yoritilgan sirtini to‘liq ko‘rasiz.
To‘lin oy shunday hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: