11
2011-yil avgust.
CAPTIVA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va 2012-
yilning fevral oyidan boshlab ishlab chiqarildi.
2012-yil mart.
MALIBU avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va 2012-yilning
iyun oyidan boshlab ishlab chiqariladi.
1.3. Yengil avtomobillar haqida umumiy ma’lumot
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin.
Avtomobilni
bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri
ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat
ishonchli va chidamli xizmat qiladi.
Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (
avto-grekcha o‘zi,
mobil-
lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda
relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan
qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan,
kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir.
Dostları ilə paylaş: