Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Audit standartlarining tarkibiy qismlarini ko’rsating?



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

19. Audit standartlarining tarkibiy qismlarini ko’rsating? 
А. Umumiy qoidalar, asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati, amaliy 
ilova
B. Umumiy qoidalar, asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati 
С. Umumiy qoidalar, asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati, amaliy 
ilova, ochib berish 
D. Asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati, amaliy ilova 
20. Xalqaro audit standarti loyihasining muhokamasi qancha muddatda olib 
boriladi? 
А. 3 yil
B. 2 yil 
С. 1 yil 
D. 10 yil 
 
Tayanch tushunchalar 
Audit standartlari, umumiy malaka va etika standartlari, ob’ektlarining ish 
standartlari, xulosa standartlari, auditning umumiy standartlari, auditning ishchi 
standartlari, hisobot standartlari, maxsus standartlar, xalqaro audit standartlarining 
kontseptual asosi, kasbga doir xizmatlar. 
 


153 
 VIII BOB. AUDITNING AXLOQ KODEKSI 
8.1. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 
Etika – bu biror-bir kishining yoki biror-bir professional guruhning axloq 
me’yorlari tizimidir. Auditning axloq kodeksiga rioya qilish har bir auditorning, 
auditorlik firmasi xodimlari va rahbarlarining oliy burchidir. 
Axloq me’yorlariga rioya etish oliy sifat, professional majburiyat va ma’naviy 
axloqiylikni ta’minlaydi va shu bilan birga jamiyatda auditor kasbiga hurmat va 
ishonch tuyg’usi ortadi. 
Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga 
AICPA (Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal 
qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja 
operatsiyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. 
AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta 
ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish 
qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar. 
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir 
necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamoyillar tahlilidan iborat. Ular 
quyidagilardir: 
1.
Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor 
o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab 
ish tutmasligi lozim.
Mustaqillik auditorning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Auditor faqatgina 
o’z xizmati vazifasini bajarishi davomida audit predmetiga nisbatan mustaqillikni 
saqlashigina emas, balki moliyaviy hisobdan foydalanuvchilar ham auditorning 
mustaqilligiga ishonishlari muhimdir. Ushbu ikki maqsad haqiqiy va tashqi 
mustaqillik deyiladi.
Halollik va ob’ektivlik tamoyiliga ko’ra, auditor dalillarni qasddan buzib 
ko’rsatmasligi, boshqalar fikrini o’zining fikriga bo’ysundirmasligi lozim. 


154 
2.
Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori 
texnik mahoratga ega bo’lish. Bu tamoyilga ko’ra, auditor o’z faoliyati davomida 
quyidagi standartlarga muvofiq ish yuritishi lozim: 
-
kasbiy chuqur malakalilik. Auditor buyurtmalarni kasbiy kom-petentlik 
bilan bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim; 
-
topshiriqni bajarish vaqtida auditor zarur kasbiy sinchkovlikni namoyon 
qilishi zarur; 
-
auditor topshiriqning bajarilishini zaruriy tarzda rejalashtirishi va nazorat 
qilishi zarur; 
-
auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy va 
ilmiy asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak. 
3.
Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va 
ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur; 
4.
Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan 
xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur; 
5.
Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi va 
bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon 
beradigan darajada tutishi zarur. 
O’zini tutish qoidalari. AICPAning «Kasbiy etika kodeksi»dagi mazkur 
qismga har bir auditor bajarishi, zarur bo’lgan, aniq belgilab berilgan qoidalar 
kiritilgan. Jumladan, ular quyidagilardir: mustaqillik, halollik va ob’ektivlik; 
umumiy standartlar; audit standartlari; buxgalteriya hisobi tamoyillari; boshqa 
texnik standartlar; mijozlarning maxfiy ma’lumotlari; xizmat haqi uchun to’lov; 
reklama va ta’sir etishning boshqa usullari; birgalikda olib borib bo’lmaydigan 
mashg’ulotlar.
Axloq me’yorlariga rioya qilmaydigan auditorlar o’z jamoasiga hur-matsizlik, 
ma’naviy hamda moddiy zarar etkazadi. 
Kodeksga muvofiq auditor kasbining maqsadi, asosan jamiyat ehtiyojlarini 
qondirish uchun, eng yuqori samaradorlikka erishish uchun oliy darajadagi 
professionallik me’yorlariga mos ishlashdan iborat.


155 
Auditorlar o’z mahoratidan foydalangan holda mijoz va ish beruvchi 
ko’rsatmalarini, agar ular qiziqqonliksiz, ob’ektiv va jamiyat amaliyotida 
bo’lganida mustaqillik talablariga mos ravishda puxta bajarishlari lozim. Bundan 
tashqari, ular texnik va professional standartlarga mos bo’lishlari lozim. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin