Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


  9.3.Tekshirish o’tkazishda shartnoma



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 


178 
9.3.Tekshirish o’tkazishda shartnoma 
Auditorlik xizmatini ko’rsatish bo’yicha 2 tomon o’rtasidagi shartnoma 
boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farq qiladi. Mijoz bilan auditor 
o’rtasidagi o’zaro munosabat shartnoma asosida tartibga solinadi. 
Shartnomada quyidagilar ko’rsatiladi: 
– xizmat ko’rsatish haqida tushuncha; 
– shartnomani bajarish tartibi; 
– xizmat haqi; 
– tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi; 
– shartnomani bajarishda bir tomonning bosh tortishi paytida tomonlarning 
majburiyati. 
Xizmat ko’rsatish haqida tushuncha
. Ko’pgina hollarda auditorlik 
tekshiruvidan maqsad auditorlik xulosasini olish bo’lib hisoblanadi. Masalan, 
majburiy auditorlik tekshiruvida soliq inspektsiyasiga hisobot taqdim etish uchun, 
ochiq turdagi hissadorlik jamiyatining aktsiyalari emissiya prospektini tasdiqlash 
uchun auditorlik xulosasi kerak bo’ladi; 
Shartnomani bajarish tartibi.
Bunda tomonlarning shartnoma bo’yicha 
majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi va unga amal qilishi tushuniladi. 3-shaxsni 
shartnomani bajarishga chaqirish buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Xizmat haqi.
Agar auditor salbiy auditorlik xulosasini bersa ham, unga 
shartnomada ko’zda tutilgan haq berilishi lozim.
Tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi.
Agar ikkala tomon ham 
tekshiruv muvaffaqiyatsiz chiqishida sababchi bo’lmasa, u holda buyurtmachi 
auditorning xarajatlarini qoplashi lozim. 
Shartnomani 
bajarishda 
bir 
tomonning 
bosh 
tortishi 
paytida 
tomonlarning majburiyati.
Agar buyurtma buyurtmachi tomonidan bajarilmasa, 
u holda auditor xizmatiga to’liq haq to’lanadi, agarda auditor tomonidan buyurtma 
bajarilmasa, buyurtmachi faqat auditorning haqiqiy xarajatlarini qoplaydi. 
Auditorlik shartnomasida quyidagilar muhim hisoblanadi: 


179 
1.
Shartnoma bo’yicha ish bajarilishining o’z vaqtidaligi. Shartnomada 
odatda ish bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlari ko’rsatiladi. 
Tomonlarning kelishuviga binoan ish bajarishning alohida bosqichlari muddatlari 
ham ko’rsatilishi mumkin. Shartnomani bajarishning boshlang’ich va oxirgi 
muddatlariga javobgarlik auditorlik firmasi tomonida bo’ladi. Agarda mijozning 
hisobotlari tayyor bo’lmasa va boshqa hollar yuz bersa, shartnomada «suzib 
yuruvchi» muddatlar ko’zda tutiladi. 
2.
Hujjatlarning saqlanuvchanligi. Hujjatlarning saqlanishiga odatda mijoz 
javobgar 
bo’ladi. 
Agar 
tekshirish 
auditorlik 
firmasining 
yordamchi 
manzilgohlaridan o’tsa, u holda auditorlik firmasi hujjatlarning saqlanishiga 
javobgar bo’ladi. Auditorlik tekshiruvida foydalanilgan hujjatlarning mijozga 
qaytarilishiga auditor javobgar bo’ladi. 
3.
Shartnomani bajarish vaqtida buyurtmachining huquqlari. Auditorlik 
tekshiruvi davomida mijoz korxonaning bosh buxgalteri va rahbari auditorning 
ishiga aralashmasligi kerak. Agar auditor tekshiruvga o’z vaqtida kelmasa va 
tekshiruv muddatini uzaytirsa, u holda mijoz shartnomani bajarishni rad qilishi 
mumkin. 
4.
Buyurtmachining hamkorligi. Mijoz korxonaning ma’muriyati auditorga 
tekshirish o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini ta’minlashda sharoit yaratib 
berishi zarur. Auditor inventarizatsiya o’tkazishda, hujjatlarni yig’ish va to’plashda 
va boshqa hollarda mijoz tashkilotdan yordam so’rashi mumkin. 
5.
Tomonlar ma’lumotlarining maxfiyligi. Bunday axborotdan foydalanish 
tartibi va shartlari shartnomada belgilangan bo’ladi. 
6.
Tekshiruv sifati past bo’lganda auditorning majburiyati. Agarda auditor 
tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilsa, u holda mijoz auditorning xizmat haqini 
pasaytirishi mumkin. Agarda auditor sifatsiz tekshiruv o’tkazsa va mijozga, 
davlatga zarar etkazsa, u holda sud yoki arbitraj orqali: 
– xarajatlarni to’liq qoplashi; 
– qayta tekshiruvni auditorlik firmasi hisobidan amalga oshirish; 
– jarima solish kabi hukmlar chiqariladi. 


180 
7.
Auditor tomonidan bajarilgan ishning buyurtmachi tomonidan qabul 
qilinishi. Buyurtmachi auditor bilan birgalikda bajarilgan ish natijasini muhokama 
qilish va qabul qilishga majbur. Agar tekshiruv natijasiga ko’ra kamchiliklar 
aniqlangan bo’lsa, u holda mijoz ularni qisqa muddat ichida to’g’rilashi lozim. 
8.
Ishning sifati. Auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati shartnomaga 
muvofiq bo’lishi lozim. Bunda auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. 
9.
Ish sifati past bo’lganda uni to’g’rilash muddatlari. Agarda ish sifati past 
bo’lsa, uni to’g’rilash muddatlari ish natijasi topshirilgan kundan boshlab 2 yil 
ichida qilinadi. Agar yuqori organlar tomonidan talab qilinsa, to’g’rilash muddati 1 
yildan iborat bo’ladi. 
10.
Ish natijalarini qo’llashning shartlari va chegaralari. Shartnomada 
boshqacha tartib ko’zda tutilmagan bo’lmasa, u holda buyurtmachi va buyurtmani 
bajaruvchi ish natijalaridan o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin. 
Intellektual ijod natijalari bo’yicha haq. Tomonlardan biri intellektual 
ma’lumotlarni saqlashi lozim. Ko’p hollarda ushbu ma’suliyat mijozga tushadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin