Aksonomеtrik proеksiyalar


Qiyshiq burchakli gorizontal izometriya (zenit aksonometriyasi)



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə7/9
tarix14.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#177932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Aksonomеtrik proеksiyalar

Qiyshiq burchakli gorizontal izometriya (zenit aksonometriyasi). Agar P aksonometriya tekisligi X O Y koordinatalar tekisligiga parallel bo‘lsa, u holda hosil bo‘lgan tasvir gorizontal izometriya (zenit aksonometriyasi) deyiladi (13.17-rasm). Bunda φ burchak ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.

13.17-rasm. 13.18-rasm.
OpXp va OpYp o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffitsientlari kx=ky=1 bo‘lib, Opzp o‘q bo‘yicha o‘zgarish koeffitsienti kz- esa 0,7 dan 1 gacha deb olinishi mumkin. Ko‘p hollarda kz=l deb olinadi.
Zenit aksonometriyasi juda katta qurilish maydonida joylashgan binolar, yo‘llar, acrodromlar va hokazolarning o‘zaro joylashuvini kichik masshtabda ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 13.18-rasmda minoraning zenit aksonometriyasi tasvirlangan. Minoraning plani α burchakka burilgan.


Aylanish sirtlarining ocherklarini aksonometriyada yasash


Parallellar usuli. Bu usul asosan aylanish o‘qi bo‘ylab cho‘zilgan aylanish sirtlarning aksonometriyalarini yasash uchun qo‘llaniladi. 13.19,a-rasmdagi chizmada berilgan aylanish sirtining bir necha paralellari (aylanalari) o‘tkaziladi. Bu paralellarining aksonometriyalari bo‘lgan ellipslar chiziladi. Bu ellipslarni o‘rab oluvchi m egri chiziq aylanish sirtining ocherki bo‘ladi. Sirtning aksonometriyasi 13.19,b-rasmda to‘g‘ri burchakli izometriyada yasalgan.
Meridianlar usuli. Aylanish o‘qlari bo‘yicha siqiq bo‘lgan sirtlarning aksonometriyasini yasashda bu usuldan foydalanish mumkin. Sirtning bir necha meridianlari o‘tkazilib, ularning aksonometriyasi yasaladi. 13.20,a-rasmda tor sirtining aksonometriyasi to‘g‘ri burchakli izometriyada ko‘rsatilgan. Bunda tor meridianlari(aylana)larning aksonometriyalari bo‘lgan ellipslarni o‘rab oluvchi chiziq aylanish sirtining ocherkini ifodalaydi.
13.21,a-rasmda berilgan yarim tor (halqa) ning aksonometriyasini yasash 13.21,b-rasmda to‘g‘ri burchakli izometriyada bajarilgan.
Bunday torning aksonometriyasini yasash uchun,dastlab H tekislikka tegishli bo‘lgan,markazlari A(A′,A″) va B(B′,B″) nuqtalarda bo‘lgan ikki yasovchi aylananing aksonometriyalari bo‘lgan ellipslar chiziladi. So‘ngra bu ellipslar markazlari Ap va Bp nuqtalar orqali o‘tuvchi frontal vaziyatdagi A″B″ yarim aylananing aksonometriyasi chiziladi. Bu yarim aylana tor yasovchilari markazlari harakat qiluvchi chiziq bo‘lib, unda bir necha (yetarli miqdorda) nuqtalar olinadi. Markazlari mazkur nuqtalarda bo‘lgan m(m′,m″) kabi ellipslar yasovchi aylanalarning aksonometriyalari chiziladi. Ushbu aylanalar aksonometriyalarini o‘rab (qamrab) oluvchi egri chiziq torning konturi hisoblanadi. Yasovchi aylanalarning aksonometriyalari o‘rniga ushbu markazlar bo‘yicha radiusi yasovchi aylana radiusi bilan bir xil bo‘lgan sferalarning aksonometriyalari (aylanalar) chizilsa ham bo‘ladi.


Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin