lїg‘ar (sizning yo‘lingiz), söziger (sizning so‘zingiz). Ko‘plikning -ar//-er ko‘rsatkichi bu yerda xakas, tuva va qirg‘iz tilidagidek, ammo unga 2-shaxs birlik affiksi -g‘, -їg‘ varianti to‘g‘ri keladi.
Shor tilida 2-shaxs ko‘plikda xuddi shu 2-shaxs birlik affiksi ishlatiladi, ammo -lar, -tar yoki -nar ko‘plik affiksi mos keladi: tura-larїñ (sizning shaharlaringiz).
-g‘їt,-xїt,-qїt affiksining yoqut tilidagi varianti<-g‘їz. Bu yerdagi oxirgi z jarangsizlanib, so‘ngra tga aylangan.
Chuvash tilida ushbu affiks -ъr//-ir formasiga ega: ud-ъr (sizning otingiz), üdir (sizning gavdangiz).
Turkologiyada egalikning 1- va 2-shaxs birlik affiksi, ba’zan ko‘plikni ham egalik affikslarining qoldiqlari hisoblanishi haqida qarashlar bor. Ayniqsa, dalilli nuqtayi nazar A. M. Sherbakning “Turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi bo‘yicha ocherklar” kitobida keltirilgan. Uning fikricha, predikativ ko‘rsatkichlarga egalik affikslari, predikativ ko‘rsatkichlar esa egalik va egalik–ko‘rsatish olmoshlariga mos keladi. Buni quyidagi sxemasi ko‘rish mumkin:
Birlik Ko‘plik 1-shaxs. -m2-shaxs. -ñ 3-shaxs. -ї(n)~i(n)< їn~in Män-kishi-män, biz-kishi-biz misollarida egalik affiksining tarorlanishi, dastlab, predikativ birikma komponentlari orasida aloqani bog‘lashga xizmat qilgan.
Ayrim turkiy tillarda egalik affiksi, haqiqatan ham, fe’l-bog‘lama (bo‘lmoq) vazifasini bajaradi: qoz. oqushь-mьn (men o‘quvchiman), oqushь-sьñ (o‘quv-chisan), o‘zb. sog‘man, sog‘san. Ma’lumki, yoqut tilida qaratqich kelishigi yo‘q. Ammo min atїm (mening otim) birikmasidagi egalik olmoshi kishilik olmoshi (men) ma’nosida kelgan. Turkiy bobotilda ham xuddi shunday edi.
3. Turkiy tillarda kelishik kategoriyasining talqini.Turkiy tillar bo‘yicha to‘plangan materiallar turkiy kelishik tizimining ikkita: birinchisi–turkiy bobotilning ancha oldingi etapi uchun xaraterli bo‘lsa, ikkinchisi–ancha keyinroq sodir bo‘lib, turkiy bobotil, uniñ tanazzuli davrini o‘zida aks ettiradi.
Qadimgi turkiy kelishik tizimi hozirgi ko‘pchilik turkiy tillardagi kelishik tizimidan ancha farqlañan. Xarakterli xususiyati shundaki, u davrda makon kelishiklari soni ancha ko‘p bo‘lgan. Uni quyidagi sxemada ham ko‘rish mumkin: