Kelishiklar Ko‘rsatkichlari 1. Bosh kelishik -
2. Tushum kelishigi - ї//-i, -їg‘//-ig‘ 3. Jo‘nalish kelishigi (-a) -a//-ä 4. Jo‘nalish kelishigi (-qa) -qa//-kä 5. Jo‘nalish kelishigi (-ra) -ra//-rä, -rї//-ri, -arї//-äri, -g‘arї//- gäri 6. Jo‘nalish kelishigi (-cha) -cha//-chä 7. Jo‘nalish yelishigi (-n) -n 8. Chiqish-o‘rin kelishigi -ta//-te, -da//-de 9. Vosita kelishigi -їn//-in 10. Birgalik kelishigi -lї:g‘//-li:g‘, -la//-lä, -lan//-län 11. Qiyosiy kelishik -cha//-che Turkiy tillarda bosh kelishik hech qachon alohida qo‘shimchaga ega bo‘lmagan. U so‘zning o‘zagi holatida bo‘lgan. Bu holat hozir ham saqlangan. Qaratqich kelishigi turkiy tilning dastlabi davrida mavjud bo‘lmagan. Uning o‘rnida izofali konstruksiya qo‘llanilgan. Ikki ot so‘z turkumidagi so‘zdan biri aniqlovchi, ikkinchisi aniqlanmish bo‘lib, oddiy bitishuv usulida birikkan. Aniqlanmishning aniqlovchiga aloqasini ko‘rsatuvchi ikkinchi ot egalik affiksini olgan. Vujudga kelish qoidasi bo‘yicha ushbu konstruksiyada dom otsa ruscha so‘z birikmasi otes dom yego tarzida ifodalanishi mumkin edi. Hozirgi turkiy tillardan faqat yoqut tili ana shu qadimgi holatni saqlagan bo‘lib, unda qaratqich kelishigi ishtirok etmaydi: yoq. aot baha (ot kallasi~ot kallasi uning)~tat. aot bashь (ot kallasi).
Turkiy bobotilda, shunigdek, hozirgi turkiy tillarda ham tushum kelishigi ikkita vazifani bajargan. U harakat obyektini ko‘rsatibgina qolmay, ayni paytda, ushbu obyektni so‘zlovchiga u yoki bu darajada ma’lum bo‘lmagan muayyan obyekt sifatida belgilangan. Agar obyekt noma’lum bo‘lsa, unda uni ifodalash bosh kelishik formasidan hech qanday farqlanmagan. Tushum kelishigi ko‘rsatkichi sifatida -ї//-i affiksi, dialektlarda esa -їg‘//-ig‘ bo‘lgan.
Ayrim turkologlar tushum kelishigining turkiy tillardagi ancha qadimgi formanti deb -їg‘//-ig‘ni hisoblaydilar. Bu forma qadimgi turkiy yodgorliklarda va mo‘g‘ul tilida uchraydi.
Qaratqich kelishigining qo‘shimchasi -ї//-i tarixan<-їg‘//-ig‘. Ko‘pchilik turiy tillarda -їg‘//-ig‘ bilan tugagan qadimgi sifatlar -ї//-i li sifatlarga aylangan: sarїg‘ (sariq)~tat., no‘g‘., qoz. sarь, tur., qirg‘. sarї; tirig‘ (tirik)~tat. tiri, tur., ozarb., turkm. diri (tirik) kabi. Ammo tuva va xakas tillari materiallari buni inkor etadi. Ushbu tillarda -їg‘//-ig‘ hozirda ham saqlangan: xak. tirig, sarїg‘, tuv. sa-