Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


II. Hokim so‘z–ot, tobe–olmosh



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə181/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

II. Hokim so‘z–ot, tobe–olmosh. Ular quyidagicha:
1. Egalik olmoshlari: tat. onїñ a°tasї (uning otasi), q.qalp. meniñ atїm, no‘g‘. onїñ sözi, turkm. meniñ ishim, olt. onїñ bichigi (uning xati va hokazo).
Ushbu tipdagi so‘z birikmasining keng tarqalganligini bobotilning keyingi davriga taqash mumkin. Qaratqich kelishigi vujudga kelgunga qadar, ushbu tipning boshqa modellari mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin: ozarb. bizim at (bizning ot) yoki yoq. min at (mening otim).
2. Ko‘rsatish olmoshlari: qoz. osї qїz (o‘sha qiz), o‘zb. o‘sha kuni, chuv. pu til (bu joy), tur. bu yalї (bu qirg‘oq), ozarb. bu keja (bu kecha) va hokazo.
So‘z birikmasining bu tipini bobotil davriga tegishli deyish mumkin.
3. Aniqlovchi–olmosh: xak. pray (hamma), chuv. xam, tur. bütün, tuv. tödü va hokazo. Ushbu modelning ancha keng tarqalganligi bobotil davriga oidligiga shubha tug‘diradi.
III. Bosh bo‘lak–ot, tobe–sifat. Ular:
1.Yasama sifatlar (shakllarsiz): ozarb. mavi kök (zangori osmon), tat. a°q a°t (oq ot), qoz. kök orman, shor. a:r shanaq (og‘ir chana), olt. dash ulus (yosh xalq), chuv. xura laja (qora ot) va hokazo. Ushbu model barcha turkiy tillarda uchraydi.
Sifat+ot aniqlovchili so‘z birikmasi modeliga komponentlari orasiga bir so‘zini kiritish mumkin. Bunda uning ajratuvchi urg‘u roli bo‘lishi, shubhasiz: o‘zb. uzun bir maktub.
2. Nisbiy sifatlar (morfologik ko‘rsatkichlari bilan):
a) aniqlovchili so‘z birikmasi -lї:g‘//-li:g‘ li nisbiy sifatlar bilan. -lїg‘li aniqlovchili so‘z birikmalari tipi tuva, xakas, shor va tofalar tillarida saqlangan: tuv. ta:ralїg‘ shöl (bug‘doy dalasi), xak. nanmїrlїg‘ kün (yomg‘irli kun), shor. qanattїg‘ qush (qanotli qush) va hokazo. Sifatlarning ushbu affiksi qadimgi turkiy tillarda ham uchraydi. U bobotil davriga taqalishi ham mumkin. Uning asosida birgalik kelishigi qo‘shimchasi -lї:g‘//-li:g‘ yotadi;
b) -lї li nisbiy sifat bilan aniqlovchili so‘z birikmasi (fonetik variantlari–dї, -tї, -nї ...) bo‘lib, turli xarakter belgilari–mavjudlik, egalilik, mo‘ljal, ehtimol kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bu model turkiy tillarda keng tarqalgan: ozarb. tärävatli yapraglar (tarovatli yoproqlar), q.qalp. baxїtlї semyabiz (bizning baxtli oilamiz), turkm. og‘lanlї öy (o‘g‘illi uy), chuv. chaplї shїv (katta daryo), tat. qїmlї tufraq (qumli tuproq), olt. su:lu qar (suvli qor), o‘zb. kuchli ot, tur. saqallї ihtiyar (soqolli chol), q.balq. bilimli adam va hokazo;

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin