-mїshli sifatdosh: ozarb. sїnmїsh ag‘ach, tur. gitmish adam, gag. ba:ldїlmїsh toprak (mustahkam tuproq), yoq. oxtubus mas (yiqilgan daraxt);
-mїsh li sifatdosh hech qachon harakat natijasini anglatadigan fe’ldan yasalgan sifat bo‘lmagan. So‘ngra o‘g‘uz tillarida u o‘tgan zamon sifatdoshiga aylañan. Gap shundaki, uning qipchoq tillari guruhida sifatdosh bo‘lganligi aniq emas, sababi qipchoq tillarida uning sifatdosh sifatida qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi materiallar yo‘q.
5. -r(-їr,-ar), -masli sifatdosh. Ushbu model turkiy tillarning turli areallarida uchraydi: o‘zb. oqar suv, yoq. biler kihi (biladigan kishi), tat. äytär süz (aytiladigan so‘z), tuv. kelir chїl (kelgusi yil);
-r li sifatdoshli aniqlovchili so‘z birikmasining kelib chiqishini bobotil davriga taqash mumkin, sababi -r li sifatdosh barcha turkiy tillarda bevosita yoki qadimgi ko‘rinishda uchraydi. Ammo birorta turkiy tilda ham hozirgi zamondagi boshqa sifatdoshlar almashtirmaganligi uchun u hozirda qo‘llanilmaydi.
6. -achaq//-ejek li sifatdosh: tur. gelejek adam (keladigan odam), ozarb. bölünäjäk mähsül (taqsimlanadigan hosil), gag. gelejek yїl (kelgusi yil);
-achaq li sifatdoshning tarixiy taraqqiyoti ancha murakkab. Turkiy bobotilda -achaq li sifatdosh bilan ifodalangan tobe bo‘lakli so‘z birikmasi modeli bo‘lmagan.
7. -(u)chї//-(u)chi li sifatdoshning: ozarb. bog‘uju bir isti (tinka-madorni quritadigan issiq), qoz. jataqxanada tїrushї studentter (yotoqxonada turuvchi studentlar), tur. tutuju bir adam (konservativ odam).
Aniqlovchili so‘z birikmalarining ushbu tipi ko‘pchilik turkiy tillarda uchraydi, shunday bo‘lsa-da, ancha keyinroq paydo bo‘lgan model hisoblanadi. Dastlab, bu tipdagi so‘z birikmalari nisbatan kam bo‘lib, -chї li so‘zlar otlik xususiyatini yoki nimagadir moyillikni ifodalash bilan chegaralanilgan.