Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə187/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

4.3. Uchinchi izofa. Uchinchi izofa shakliy belgilari bilan konstruksiyaning 1-a’zosi qaratqich kelishigi affiksi mavjudligi bilan boshqa izofalardan farqlanadi: tur. babanin evi (otaning uyi).
Qaratqich kelishigi taraqqiyoti natijasida vujudga kelib, egalik munosabatini yanada aniqroq ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan uchinchi izofa birinchi va ikkinchi izofaga nisbatan ancha toraygan holatga ega.
Gagauz va chuvash tillarida, shuningdek, turkiy tillarning qadimgi yodgorliklarida, genetiv konstruksiyalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, ikkinchi va uchinchi izofa orasida ma’no farqi turk tilinikiga o‘xshab ketadi. Qaratqich kelishikli izofa shakli nisbatan kam ishlatiladi. Gagauz tilida u xuddi shu ma’no va shunday shaklda qo‘llaniladi. Chuvash tilida ikkinchi izofa ancha keng tarqalgan.
Uchinchi izofa, aftidan, turkiy bobotilning ancha keyingi davrida vujudga kelgan bo‘lib, omonimiyadan saqlanish uchun, dastlab, ikkinchi izofa ikkita ma’no –aniqlovchiga egalik ma’nolariga ega: o‘r.ozarb. padshah gїzї: 1) qandaydir podshoh qizi; 2) muayyan podshoh qizi. So‘ngra ma’noning bo‘linishi ro‘y bergan:
1) padshah gїzї–noma’lum podshoh qizi; 2) padshahnї gїzї–muayyan podshoh qizi.
5. Fe’lli so‘z birikmalari. Fe’lli so‘z birikmalarining o‘ziga xos xususiyat-lari shundaki, ular harakat, uning obyekti va holati (hatto gaplar ham bo‘lishi mumkin) ifodalay borib, bundan tashqari, fe’l harakat subyektining grammatik ifodasini o‘zida saqlaydi: o‘r.ozarb. bel gätirin (bel keltiring) yoki har bir fe’l so‘z birikmasi shakl nuqtayi nazaridan–egasi tushirilgan gap bo‘lishi mumkin. Ammo fe’lli so‘z birikmalaridagi harakat bundaylardan farqli o‘laroq, gaplarda predikativlikdan mahrum bo‘lib, harakat subyekti bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Tarkibi jihatdan fe’lli so‘z birikmalari otli birikmalardan farqlanmaydi va: hokim–shakllantiruvchi bo‘lak, shuningdek, tobe–muayyan sintaktik munosabat-lardagi bo‘lak tamoyilida bo‘ladi.
Hokim bo‘lak–fe’l, tobe–ot. Tobe bo‘lakning ifodalanishi quyidagicha:

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin