Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Ot tushum kelishigida: ozarb. Burada kishi kostyumlarї vä plash tikirlar



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə188/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

1. Ot tushum kelishigida: ozarb. Burada kishi kostyumlarї vä plash tikirlar, tat. jir sördim (yer haydadim), chuv. radio tїrїxsike xїbarzem, konsertsem ishletpir (Radio orqali yangiliklarni eshitamiz, konsertlar tinglaymiz).
Tobe bo‘lagi tushum kelishigidagi fe’lli so‘z birikmalarini turkiy bobotil davriga taqash mumkin.
Tushum kelishigi -ї//-i, -u//-ü ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan model janubiy arealdagi barcha turkiy tillarda uchraydi.
Fe’lli so‘z birikmalarining -ї li tushum kelishigidagi modelini turkiy bobotil davriga xos deyish mumkin.
Ushbu ko‘rsatkichning qoldig‘i barcha turkiy tillarda tarqalgan kishilik olmoshlaridagi -ї li tushum kelishigi affiksi hisoblanadi: o‘r.qoz. Meni masqara qїldїñ, turkm. Men s‘eni s‘öyyärdim (Men seni sevardim).
Turkiy tillarda -їn li tushum kelishigi variantiga duch kelinadi. Uning kelib chiqishi ma’lum emas.
Ba’zan ikkita unlining qo‘shilishini bartaraf qiluvchi vosita sifatida bufer (ikki orada qalqon bo‘lgan) -n paydo bo‘ladi: ozarb. Bu balanї görüräm (Bu bolani ko‘raman), olt. Köp arag‘їnї üchpe (Ko‘p aroq ichma), qoz. Annanї oyattї (Annani uyg‘otdi).
Qipchoq guruhidagi ko‘pchilik turkiy tillarda tushum kelishigi egalik affikslaridan so‘ng -n ko‘rsatkichini qabul qiladi: boshq. Jälil sanїlarїn ma°ylay (Jalil chang‘ilarni moylaydi), qirg‘. Qїz bashїn kötürdü (Qiz boshini ko‘tardi). Bunday bufer (n) qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda ham uchraydi.
Bufer, haqiqiy yasama xarakterdagi -n va -nї ko‘rsatkichidan qipchoq tillaridagi tushum kelishigi varianti -nini o‘zaro farqlash kerak: o‘r.tat. Min bu qїznї kürdim (Men bu qizni ko‘rdim).
Ushbu variant, aftidan, olmoshlarning qayta ajralishi natijasida vujudga kelgan. Kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligidagi tushum kelishigi shaklida (mäni, säni) o‘zaklarining qayta ajralishi ro‘y berishi natijasida -n elementi affiksga aylangan va tushum kelishigining yangi -ni affiksi otlarga birika boshla-gan. -li tushum kelishigidagi fe’lli so‘z birikmalari modeli turkiy bobotil davriga borib taqaladi, chunki uning tarqalishi hududiy chegaralañan.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin