Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


-dїr affiksining bog‘lamaga aylanishi boshqa shaxslarda ham kuzatiladi: turkm. Men s‘tudentdirin



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə191/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   195
O‘zbek tilshunosligi

-dїr affiksining bog‘lamaga aylanishi boshqa shaxslarda ham kuzatiladi: turkm. Men s‘tudentdirin (Men studentdirman), S‘en s‘tudentdirs‘iñ. Ol s‘tudentdir. Biz‘ s‘tudentdiris‘.
-dїr ning 3-shaxsda bog‘lama sifatida kelishi nafaqat turkiy tillar yodgor-liklarda, balki ularga turkiy tillarning keyingi bosqichida ham duch kelinadi: esk.o‘zb. Itiñ durman. XIV asr Xorazm yodnomalarida: Men Jabroil turur män.
6.2. Fe’lli gaplar. Turkiy bobotil davrida otli gaplar bilan birga fe’lli gaplar ham mavjud bo‘lgan. Fe’lli gaplarning qiyosiy-tarixiy tahlili bunday gaplarning asosiy bo‘lagi sanalgan fe’l-kesimlar tarkibida tarixiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ularni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:
1.Kesim -a elementi, keng va tor unlilar variantlari - -a//-e, - ї//-i, -u//-ü orqali ifodalangan hozirgi-kelasi zamon shakli bilan kelgan kesimli fe’lli gaplar modeli: tat. båra-m (boraman), qoz. ala-mьn (olaman), no‘g‘. bara-man, o‘zb. yozaman, q.balq. ala-ma (olaman) kabi.
Hozirgi-kelasi zamonning -a ko‘rsatkichli hosilasi nisbatan keyinroq yuzaga kelgan. Chunonchi, bara idim (borar edim) tipidagi formalar hududiy jihatdan chegaralangan bo‘lib, faqat qumiq, no‘g‘oy, qorachoy-balqar, tatar va boshqird tillarida uchraydi. Hozirgi-kelasi zamonning keyingi hosilasi o‘z tarkibida -t elementiga ega: qoz. aladь (oladi), qirg‘. alat (oladi), chuv. s‘їradьp (yozaman), olt. baradїrїm (borayotirman) kabi.
-a elementli yordamchi fe’llar orqali ifodalangan hozirgi-kelasi zamondagi birikmalar keyingi hosilalar sanaladi: no‘g‘. bara jatьrman (borayotirman), o‘zb. yoza turibman kabi.
2. Hozirgi-kelasi zamonning -ar//-їr elementni umumturkiy shakli orqali ifodalangan kesimli fe’lli gaplar modeli: ozarb. alarmїn (olarman), xak. alarbїn, salar. alїr kabi. Ushbu model turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Sababu u turkiy tillarning ertagi yozma yodgorliklarida ham saqlangan.
3. Kesimi o‘tgan zamon formasi -orqali ifodalangan fe’lli gaplar modeli: tur. aldїm (oldim), qoz. aldьm, tat. a°ldьm, qirg‘., ozarb., turkm. aldїm kabi.
Barcha turkiy tillarda noaniq zamon formalari bilan ifodalangan kesim bo‘lgan fe’lli gaplar modellari hududiy chegaralanishga ega. -g‘an ko‘rsatkichli modellar, asosan, oltoy, boshqird, qozoq, qoraqalpoq, qorachoy-balqar, qirg‘iz, qumiq, no‘g‘oy, tatar, tuva, o‘zbek, uyg‘ur, xakas, shor tillarida tarqalgan. Ushbu modelli sodda gaplar turkiy runik yozuv obidalarida uchramaydi. U arab yozuvida yaratilga asarlarda, uyg‘ur, qipchoq tillarining ertagi yodgorliklarida uchraydi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin