2.3. ” Aleya shoes export” MCHJtida ishlab chiqarish salohiyatning mehnat salohiyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlili Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi3.
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi haqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo‘q. Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim.
Mehnat resurslarining aksariyat ko‘pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va amalda "nol" vazifasini bajaruvchi shaxslar, mexnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o‘smirlar mehnat resurslarining salmog‘ida u darajada sezilarli rol o‘ynamaydi4.
Hozirgi sharoitda korxona ishlab chiqarish dasturini muvaffaqiyatli bajarilishi, uning faoliyatini natijaviyligi va samaradorligi ko‘p jihatdan mehnat resurslari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxini pasayishiga, foyda miqdori va rentabellik darajasini oshishiga hamda texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanish mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun o‘ta muhimdir. CHunki mehnat qancha samarali bo‘lsa iqtisodiy ko‘rsatkichlar shuncha yuqori bo‘ladi. SHu tufayli ushbu guruh ko‘rsatkichlarni alohida baholash va o‘rganish lozim.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanish jarayonini tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1. Mehnat unumdorligini oshirish evaziga mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini topish imkoniyatlarini aniqlash.
2. Mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash.
3. Unumsiz ish haqini tejash jarayonlarini aniqlash va boshqalar.
Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda band bo‘lgan mehnat resurslarini tahlil qilish iqtisodiy ishlarning eng muhim tomonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. CHunki xodimlar soni, har bir korxonani mehnat salohiyati va malakali ish kuchi bilan ta’minlanganligini ifodalaydi hamda katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Har bir xodimning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ular ishlayotgan korxonalarda ishchilar bandligi, ular ish haqi miqdori va boshqa rag‘batlantirish mexanizmlarining qanday tashkil qilinganligi bilan ifodalanadi.
Mehnat resurslari samaradorligi ham samaradorlikning umumiy tamoyiliga asoslangandir, ya’ni uni aniqlash uchun natijani (Q) mehnat resurslari (Mr) nisbatiga bo‘lish lozim. Mehnat omillarini tahlil qilish uchun kerakli axborot manbasi yillik statistik hisobotning 1-T sonli “Mehnat hisoboti” shakli hisoblanadi. (2.3.1-jadval). “Aleya shoes export” MCHJning statistik ma’lumotlari asosida mehnat resurslari samaradorlik ko‘rsatkichlarini 2.3.1-jadvalda tahlil qildik.